Esperanto

Материал из УзЭнц
Esperanto
Milliy nomi: -{Esperanto}-
Mamlakatlar: Polsha
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 2 000 000 - 20 000 000
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi: lotin
Til kodlari
-{ISO 639-1 eo}-
-{ISO 639-2 epo}-
-{ISO 639-3 epo}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik
Esperanto bayrog‘i

Esperánto (esper. -{Esperanto}-) — eng keng tarqalgan sun’iy til (loyihaviy, deb ham ataladi; turli manbalarga ko‘ra hozirda dunyoda 2 milliondan 20 milliongacha esperantistlar yashaydi). Varshavalik okulist Lazar (Lyudvig) Markovich Zamenhof tomonidan 1887 yili o‘n yillik mehnat natijasi o‘laroq yaratilgan. Nashr qilingan birinchi kitobi «D-ro Esperanto. Lingvo internacia. Antaŭparolo kaj plena lernolibro» («Doktor Umidvor. Xalqaro til. Muqaddima va to‘liq darslik»), deb atalgan. Zamenhofning taxallusi — Esperanto — tez orada shu tilning nomiga aylandi.

Esperanto — xalqaro sunʼiy tillardan eng koʻp tarqalgani (q. Xalqaro tillar, Interlingvistika). 1887 yilda varshavalik vrach L.L.Zamengof tomonidan yaratilgan. Uning laqabi — "Esperanto" (E.da yezregapgo — ishonuvchan demakdir) tilning nomiga aylangan. E. dastlab Rossiya va Polshada tarqalgan, lekin 20-asr boshlariga kelib Fransiya, Angliya va boshqalar mamlakatlarda koʻplab muxlislarga ega boʻlishi oqibatida esperantochilar harakati xalqaro darajaga koʻtariladi.

E. baynalmilal leksika (asosan, roman tillari, qisman german va slavyan tillari materiallari) asosida tuziladi. Cheklangan miqdordagi oʻzaklardan tilning butun lugʻat tarkibini ishlab chiqish imkonini beradigan soʻz yasovchi affikslar muhim ahamiyatga ega. E. grammatikasi tabiiy tillar grammatikasiga qaraganda sodda va qatʼiy meʼyorlashgan: unda soʻz turkumlarini ifodalovchi 11 tagina variantlashmagan qoʻshimcha mavujud. Bopgqa koʻplab affikslar ham muayyan shakllarni ifodalash uchun "ixtisoslashgan". E.da urgʻu, asosan, soʻz oxiridan 2boʻgʻinga tushadi.

E. oʻzining paydo boʻlgan davridan hozirgi gacha tadrijiy rivojlanib keldi: u dastlab slavyan tillari materiallariga asoslangan boʻlsa, keyinchalik bu tamoyil milliy taʼsirlardan holi boʻlgan xalqaro standartni ishlab chiqish bilan almashinadi; tildan foydalanishning yangi sohalari oʻzlashtiriladi; turli funksional (soʻzlashuv, ilmiy, badiiy, publitsistik) uslublar paydo boʻldi; E.ning dastlabki asosiy lugʻaviy boyligi va grammatik qurilishi aynan saqlanib qolgan holda, lugʻaviy zaxira yangi oʻzaklar (koʻproq ilmiytexnik terminlar) bilan boyib, 1887 yildagi 927 oʻzak 1984 yil da 16 ming oʻzakka yetadi. E. fonetikasi, grammatikasi va soʻz yasalishida ham, uning koʻp millatli muhitda qoʻllanishi munosabati bilan bir qancha oʻzgarishlar roʻy beradi: baynalmilal boʻlmagan tovushlar va tovush qoʻshilmalari bartaraf etiladi, uzun soʻzlar qisqartiriladi, ularning morfologik qurilishi soddalashtiriladi va boshqalarE.da koʻplab original (jumladan, sheʼriy) adabiyot mavjud. Tarjima asosidagi badiiy adabiyot esa 50 dan ortiq tillardan tarjima qilingan antik va hozirgi adabiyotlar asarlaridan iborat (Sofokl, Ezop, Dante, Shekspir, Gyote, Pushkin, L.Tolstoy, Yesenin, Mayakovskiy va boshqalarning asarlari); maxsus, ilmiytexnikaviy adabiyot ham bor. E., shuningdek, matbuot (140 ga yaqin davriy nashr) va radioeshittirishlarda (9 ta radiostansiya eshittirishlari) ham qoʻllanadi.

Koʻplab mamlakatlar vakillarini oʻz ichiga olgan xalqaro Esperanto akademiyasi (1908 yilda tashkil topgan) E.ni meʼyorlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi hamda E.ga kiritiladigan yangi oʻzaklarni tasdiqlovchi tashkilot hisoblanadi.

Adabiyot[править | править код]

  • Problemm interlingvistiki, M., 1976; Isayev M.I., Yazmk esperanto, M., 1981; Semenova Z.V., Isayev M.I.,Uchebnik yaznka esperanto, M., 1984.

Til[править | править код]

Esperanto har qanday ziyoli kishi uchun ikkinchi (ona tilidan so‘ng) til bo‘lib, universal xalqaro til bo‘lishi maqsadida yaratilgan (Istisno: bugungi kunda esperantoni o‘z ona tili, deb tan oluvchilar (denaskuloj) ham mavjud, ularning soni 200 dan 2 minggachadir). Esperanto tilini o‘rganish nisbatan osonligi hamda uning neytralligi, etnik emasligi tillararo to‘siqni bemalol yengib o‘tishga yordam qiladi.

Alifbo va talaffuz[править | править код]

Alifbo: A, B, C, Ĉ, D, E, F, G, Ĝ, H, Ĥ, I, J, Ĵ, K, L, M, N, O, P, R, S, Ŝ, T, U, Ŭ, V, Z.

Har bir harfga bitta tovush mos keladi (fonetik xat). Xarf o‘qilishi uning so‘zdagi joylashishiga bog‘liq emas (xususan, so‘z oxiridagi jarangli undoshlar o‘qilmaydi).

Urg‘u doim oxirgidan oldingi bo‘g‘inga tushadi.

C (co) ts, deb talaffuz qilinadi: centro — markaz, sceno — sahna. Ĉ (ĉo) ch, deb talaffuz qilinadi: ĉefo — shef, boshliq; ĉokolado — shokolad. G (go) doim g, deb talaffuz qilinadi (ba’zi tillardagi kabi j emas): grupo — guruh, geografio — jo‘g‘rofiya. Ĝ (ĝo) j, deb talaffuz qilinadi: ĝardeno [jardéno] — bog‘, etaĝo [etájo] — qavat. H (ho) inglizchadagi h kabi bo‘g‘iq talaffuz qilinadi: horizonto — ufq. Ĥ (ĥo) o‘zbekchadagi x kabi talaffuz qilinadi: ĥameliono — buqalamun, ĥirurgo — jarroh, ĥolero — o‘lat. J (jo) — y,deb talaffuz qilinadi: jaguaro — yaguar, jam — allaqachon. Ĵ (ĵo) ruschadagi j kabi talaffuz qilinadi: ĵargono — jargon, ĵaluzo — rashk, ĵurnalisto — muxbir. Ŝ (ŝo) sh, deb talaffuz qilinadi: ŝi — u, ŝablono- shablon. Ŭ (ŭo) — inglizchadagi w kabi talaffuz qilinadi: paŭzo — pauza, Eŭropo — Yevropa.

Talaffuz namunasi ("Hazrat" duosi)

Lug‘at[править | править код]

So‘zlarning ko‘pchiligi roman-german tillaridagi so‘zlar bilan o‘zakdosh. Ba’zi so‘zlar slavyan tillaridan olingan. Ularning boshlang‘ich orfografiyasi esperanto tilida saqlanib qolmagan.

Grammatika[править | править код]

Esperanto grammatikasini istisnolarsiz 16 qoida ko‘rinishida tasniflash mumkin (birinchi darslikda aynan 16ta qoida yozilgan edi). Yozuv uchun lotin alifbosi asosidagi fonematik alifbo ishlatiladi.

Esperantistlar[править | править код]

Esperantistlar, ya’ni esperanto tilida gaplashuvchilar soni aniq emas. Lekin, shunisi aniqki, esperanto tili sun’iy tillar ichida eng omadlisidir. 2004 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Universala Esperanto-Asocio (Butunjahon Esperanto Assotsiatsiyasi) 114 ta mamlakatda o‘z a’zolariga ega, har yili o‘tkaziladigan Universala Kongreso (Butunjahon Esperantistlar Kongressi) esa 5 ming nafargacha ishtirokchi yig‘adi.

Havolalar[править | править код]