Eynshteyn, Albert

Материал из УзЭнц
Albert Einstein

Oren J. Turner olgan surat (1947)
Tavalludi 14-mart 1879-yil(1879-03-14)
Ulm, Wyurttemberg, Germaniya
Vafoti 18-aprel 1955-yil(1955-04-18)
(76 yoshda)
Prinston, Nyu Jersi, AQSH
Istiqomat joylari Germaniya, Italiya, Shveytsariya, AQSH
Fuqaroligi Nemis (1879–96, 1914–33)
Shveytsariya (1901–55)
Amerika (1940–55)
Millati Yahudiy
Sohasi Fizika
Alma mater ETH Zürich
Akademik rahbarlari Alfred Kleiner
Mashhur ishlari Umumiy nisbiylik nazariyasi
Xususiy nisbiylik nazariyasi
Brow harakati
Fotoelektrik effekt
Massa-energiya ayniyati
Einstein maydon ayniyatlari
Bose–Einstein statistikasi
Mashhur sovrinlari Fizikadan Nobel mukofoti (1921)
Copley medali (1925)
Max Planck medali (1929)
[[File:{{{imzo}}}|150px|alt={{{imzo_izoh}}}|{{{imzo_izoh}}}]]

Albert Eynshteyn (рус. Альбе́рт Эйнште́йн, nem. -{Albert Einstein}-; 1879-yil 14-mart, Ulm, Germaniya — 1955-yil 18-aprel, Prinston, AQSh) — yahudiy, nazariyotchi fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direktori (1914-33). 1933 yildan to umrining oxirigacha Prinston institutida (AQSH) ishlagan.

Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. Eynshteyn massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida Eynshteynning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyar-statistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida temperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni)ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). Eynshteyn jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). Eynshteyn gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Butoʻn spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933 yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. E. ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. Eynshteyn 1940 yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. Eynshteynning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).

Manbalar[править | править код]




Шаблон:Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari