Fayzulla Xoʻjayev: различия между версиями

Материал из УзЭнц
Содержимое добавлено Содержимое удалено
м (1 revision imported)
(Ko‘chirish)
Метка: новое перенаправление
Строка 1: Строка 1:
#YOʻNALTIRISH [[Xo‘jayev, Fayzulla Ubaydullayevich]]
{{Davlat arbobi
| ismi = Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev
| asl ismi =
| tasvir =Fayzulla Xojayev.png
| lavozimi = [[Oʻzbekiston SSR]] nomidan [[SSSR]] Markaziy Ijroya Qoʻmitasi Raisi
| bayroq = Coat of arms of the Soviet Union (1923–1936).svg
| tartib =
| boshlanish davri = [[21 may]] [[1925-yil]]
| tugash davri = [[17 iyun]] [[1937-yil]]gacha
| oʻtmishdoshi = lavozim joriy etilgan
|vorisi = lavozim bekor qilingan
|lavozimi_2 = [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]] Xalq Nozirlar Kengashi Raisi
| bayroq_2 = Emblem of the Bukharan Peoples' Republic.svg
|boshlanish davri_2 = [[2 sentabr]] [[1920-yil]]
|tugash davri_2 = [[27 oktabr]] [[1924-yil]]gacha
|oʻtmishdoshi_2 = lavozim joriy etilgan
|vorisi_2 = lavozim bekor qilingan
|tartib_2 =
|lavozimi_3 = [[Oʻzbekiston SSR]] Xalq Komissarlari Soveti Raisi
|bayroq_3 = Emblem of the Uzbek SSR (1931).svg
|boshlanish davri_3 = [[27 oktabr]] [[1924-yil]]
|tugash davri_3 = [[17 iyun]] [[1937-yil]]gacha
|oʻtmishdoshi_3 = lavozim joriy etilgan
|vorisi_3 = [[Abdulla Karimov|Karimov Abdulla Karimovich]]
|premyer_3 =
|tartib_3 =
| tavallud sanasi = [[1896]] yil
| tavallud joyi = [[Buxoro]] shahri, [[Buxoro Amirligi]], [[Rossiya imperiyasi]]
| vafot sanasi = [[1938]] yil 15 mart
| vafot joyi = [[Moskva]], [[RSFSR]]
| millati = o‘zbek
|mukofotlari =
{{{!}} style="background:transparent"
{{!}}[[Tasvir:Order of the Red Star Bukhara Soviet Republic, 1 degree.png|30px|Buxoro XSR I darajali Qizil Yulduz Ordeni]]
{{!}}-
{{!}}[[Tasvir:Order_of_Lenin_Ribbon_Bar.svg|40px|Lenin Ordeni]]{{!}}{{!}}[[Tasvir:Order_of_Red_Banner_ribbon_bar.png|40px|Qizil Bayroq Ordeni]]{{!}}{{!}}{{!}}[[Tasvir:Order_of_Red_Banner_ribbon_bar.png|40px|Qizil Bayroq Ordeni]]{{!}}
{{!}}}
}}

<b>Fayzulla Ubaydullayevich Xo‘jayev</b> ([[1896]].06.01., [[Buxoro]], [[Buxoro Amirligi]], [[Rossiya Imperiyasi]] – [[1938]].03.15., [[Moskva]], [[SSSR]], shuningdek, Fayzulla Xo‘jao‘g‘li ham deyilgan).
Atoqli davlat va siyosat arbobi, [[Buxoro]] [[jadidchilik|jadidchiligining]] faol ishtirokchisi, "[[Yosh buxoroliklar]]” partiyasining rahbarlaridan biri. [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]]ning Nozirlar Kengashi raisi.

== Asosiy maʼlumotlar ==
[[Buxoro]]da savdogar oilasida tugʻilgan. Buxoro [[madrasa]]sida 2 yil tahsil olgach, 1907—1912 yillarda [[Moskva]]da xususiy maktabda oʻqigan. Buxoroga qaytgach, 1912 yildan „Yosh buxoroliklar“ partiyasining, 1913 yildan partiya Markaziy Qoʻmitasining aʼzosi boʻldi. Otasidan meros qolgan katta boylikni yangi usul maktablari ochishga, „Yosh buxoroliklar“ siyosiy faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlashga sarfladi. 1917 yildan boshlab Fayzulla Xoʻjayev va [[Fitrat]] partiyaning soʻl qanotiga boshchilik qilib, Buxoroda avval [[konstitutsion monarxiya]], soʻngra [[demokratik respublika]] tuzish uchun kurashdilar. „Yosh buxoroliklar“ Buxoro amiri tomonidan taʼqib qilingach, Xoʻjayev va uning safdoshlari Buxoroni tark etishga majbur boʻlishdi. Xoʻjayev 1920 yil yanvarda [[Toshkent]]da tuzilgan inqilobchi „Yosh buxoroliklar“ partiyasi [[Turkiston]] Markaziy byurosi raisi, „Uchqun“ gazetasining muharriri (1920 yil aprel-sentabr). 1920 yil 14 sentabrda [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]] hukumati — Xalq Nozirlar Shoʻrosi tuzilib, Xoʻjayev hukumat boshligʻi qilib saylandi. BXSR tashqi ishlar noziri (1920—22), harbiy ishlar noziri (1921—24), ichki ishlar noziri (1922), BXSR Mehnat va mudofaa kengashi raisi (1922—24). Shuningdek, Sharqiy Buxoro Inqilobiy harbiy kengashi raisi (1923—24), [[SSSR]] Harbiy Dengiz ishlari xalq komissarligining [[Oʻzbekiston SSR]] boʻyicha rasmiy vakili (1925 yildan).

== Faoliyati ==
Xoʻjayev BXSRning mustaqil ichki va tashki siyosat yuritishiga, iqtisodiy islohotlar oʻtkazish va demokratik erkinliklarni joriy kilishga alohida eʼtibor qaratib, Sovet Rossiyasidan tashqari [[Eron]], [[Turkiya]], [[Afgʻoniston]], [[Xitoy]], [[Ozarbayjon]], [[Xorazm Xalq Sovet Respublikasi]], shuningdek, [[Germaniya]] va [[Yaponiya]] bilan [[diplomatik aloqalar]] oʻrnatgan. U talabalarni xorijga joʻnatib oʻqitishning tashabbuskorlaridan biri boʻlgan.[[Oʻzbekiston SSR Inqilobiy qoʻmitasi]] (Revkom) — Muvaqqat ishchi-dehqon hukumati raisi (1924 yil noyabr — 1925 yil fevral), OʻzSSR XKS raisi (1925-1937), SSSR MIQ raislaridan biri.

Xoʻjayev oʻz faoliyati davomida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U [[VKP(b)]] MQ [[Oʻrta Osiyo]] byurosi va [[Oʻzbekiston]] KP MQga nisbatan muxolifat mavqeida turgan „Oʻn sakkizlar guruhi“ (1925 yil noyabr)ga xayrixoh boʻlgan. „Quloq“larni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. Oʻzbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. Oʻzbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor boʻlgan.

Xoʻjayev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsist, jurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning „Buxoro inqilobining tarixiga materiallar“ (1926), „Buxorodagi revolyutsiya va Oʻrta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir“ (1932) kitoblari, „BXSRdagi iqtisodiy ahvol“ (1924), „Yosh buxoroliklar toʻgʻrisida“ (1926), „Jadidlar“ (1926), „Bosmachilik“ (1930) maqolalarida Oʻzbekiston tarixining XX asr 1-choragidagi jiddiy muammolar koʻrsatilgan. Xoʻjayev 1937 yil 9 iyulda [[Moskva]]da qamoqqa olindi. Unta Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ faoliyatiga qoʻshilganligi hamda „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, „bosmachilik“ harakati va qoʻrboshilarni qoʻllab-quvvatlaganlik, [[Fitrat]], [[Choʻlpon]], [[Abdulla Qodiriy]] va boshqa oʻzbek ziyolilariga gʻamxoʻrlik koʻrsatganlik kabi ayblar qoʻyildi va otishga hukm qilindi. Hukm [[Moskva]] atrofidagi [[Butovo]] qatlgohida ijro etilgan.

1965 yil 6 martda [[SSSR]] Oliy sudi harbiy kollegiyasi Xoʻjayevni aybsiz deb topdi va oqladi. Oʻzbekistonda uning 100 yillik yubileyi nishonlandi (1996). Xoʻjayev asarlari va u haqidagi tadkiqotlar nashr etildi. „Buxoroning jin koʻchalari“ ([[Asqad Muxtor]]) qissasi, „Inqilob tongi“ ([[Komil Yashin]]) dramasi, „Men yashashni istayman“ (N. Naymov) roman-xronikasi va boshqa asarlar Xoʻjayev faoliyatiga bagʻishlangan. [[Buxoro Davlat universiteti]], Buxoro shahridagi pedagogika kolleji, Buxoro shahridagi koʻcha, Toshkentdagi metro bekati, koʻcha, koʻplab shirkat xoʻjaliklari, maktab va mahallalar, [[Navoiy shahri]]dagi koʻcha va maktab Xoʻjayev nomi bilan ataladi. Buxoroda haykali bor. BXSRning Qizil yulduz (I darajali) ordeni bilan mukofotlangan (1922)<ref>Qahramon Rajabov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.

== Hayot yoʻli ==
[[File:Fayzulla Xojayev haykali Buxoro.jpg|thumb|Buxorodagi Fayzulla Xo‘jayev haykali.]]
Fayzulla Xoʻjayev [[1896-yil]]i [[Buxoro Amirligi]]ning yirik savdogar oilasida tugʻilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida oʻqigan. 1907—1912-yillarda F.Xoʻjayev [[Moskva]]da shaxsiy oʻqituvchilardan taʼlim olgan. [[1913-yil]]dan [[jadidlar]] safida faoliyat koʻrsatgan va xalq orasida [[maʼrifat]] tarqatish bilan shugʻullangan. [[1917-yil]]dan u „Yosh buxoroliklar“ partiyasi tashkilotchilaridan biri. Buxoro jadidlari soʻl qanotining inqilobiy ruhdagi aʼzolaridan boʻlib, [[1920-yil]]da Buxoro amiri [[Said Alim|Said Olimxon]]ni taxtdan agʻdarishga harakat qiladi.

1920-yilda [[Turkiston]]da [[muhojir]]likda boʻlib, „[[Yosh buxoroliklar]]“ partiyasining [[Turkiston]] byurosini tashkil qilgan. Fayzulla Xoʻjayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi [[shariat]] asosida boʻlib, xalqning milliy anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qoʻygan edi.

Buxoro amiri taxtdan agʻdarilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qoʻliga oʻtgandan soʻng, Fayzulla Xoʻjayev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, [[Rossiya]] va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. [[1922-yil]]da u [[Germaniya]]ga chet el savdo kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.

1925-yilda Xoʻjayev [[Oʻzbekiston Xalq nozirlari kengashi]]ning raisi etib saylandi. U oʻz faoliyatida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. Xoʻjayev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur boʻldi. 1926-yilda jadidchilik tarixiga bagʻishlangan „Buxoro inqilobi tarixiga materiallar“ kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq taʼqibga olindi.

Fayzulla Xoʻjayev hukumat rahbari sifatida Oʻzbekistonning xalq xoʻjaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojiantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi.

F.Xoʻjayev [[1937-yil]]da [[qatagʻon]] qilindi va 1938-yil 15-martda<ref>[http://www.hrono.ru/dokum/1938buharin/1938proces.html Hrono.ru:Uchinchi Moskva jarayoni stenogrammasi]</ref> Moskvada oʻlimga mahkum etildi.
Qabrining qayerdaligi nomaʼlum.

== Manbalar ==
* Izbrannie trudi, t. 1—3, T., 1970— 73;
* Tanlangan asarlar, 1—3j.lar, T., 1976— 80;
{{Manbalar}}

== Adabiyot ==
* Politicheskaya jizn russkix musulman do fevralskoy revolyutsii, Oksford, 1987;
* Fayzulla Xoʻjayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar, T., 1997;
* Fayzulla Xodjayev. 100 let, Navoi, 1996;
* Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000;
* Eshonov O. E., Fayzulla Xoʻjayev, T., 1973;
* Hasanov M., Fayzulla Xoʻjayev, T., 1990;
* Baqoyev M., Fayzulla Xoʻjayevjurnalist va publitsist, T., 1992;
* Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

[[Turkum:Kishilar]]
[[Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar]]
{{Oʻzbekiston Bosh vazirlari}}
{{Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari}}
{{DEFAULTSORT:Xoʻjayev, Fayzulla}}

Версия от 22:33, 9 ноября 2018