Feruz

Материал из УзЭнц
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Feruz, Muhammad Rahimxon II (1845 Xiva 1910) - Xiva xoni (1864—1910); shoir va bastakor. Koʻngʻirotlar sulolasidan. Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasiaa tahsil koʻrgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va olim Doiy, Yusufxoʻja oxun va boshqalardan oʻrgangan. Ogahiy F.ga ustozlik qilgan, unga sheʼriyat sirlarini urgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan. Otasi Sayid Muhammadxon vafotidan soʻng (1864) Xiva taxtiga oʻtirgan. Bu voqea munosabati bilan Ogahiy F.ga bagʻishlab qasidalar bitgan. 1873 yil Xiva xonligiga K.P. fon Kaufman boshchiligidagi Rossiya armiyasi hujum qilib, xonlikning asosiy shaharlari va poytaxtni bosib olgan. Gandimiyon shartnomasi (1873 yil 12 avg .)ga koʻra, Xiva xonligi podsho Rossiyasiga qaram boʻlib qolgan. F. ana shunday murakkab sharoitda yarim asrga yaqin muddat davomida Xiva xonligini boshqargan. F. saroyga adabiyot va sanʼat arboblarini toʻplagan. Ogaqiy, Komil, Tabibiy va boshqa taʼsirida oʻzi ham Feruz (baxtli, gʻolib) taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.

F. kitobat ishlariga katta ahamiyat bergan: devon tuzish, tarix yozish, tarjima ishlarini rivojlantirgan. Xorazmda tarjima maktabi yaratgan. Fors va arab adabiyotining eng nodir tarixiy, adabiy, ilmiy asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildirgan. Uning hukmronligi davrida Ogahiy va Bayoʻniyl&r tomonidan Xorazm tarixiga oid asarlar yozilgan. Komil Xorazmiy mumtoz maqomlar uchun nota yozuvini ixtiro qilgan. Xivada bosmaxona (toshbosma) tashkil ettirgan. Unda Xorazm shoirlari haqidagi "Majmuat ushshuaro" tazkirasi, Alisher Navoiy asarlari, Xorazm shoirlari devonlari nashr qilingan. F. Hindiston, Arabiston, Eron, Turkiya savdogarlari orqali Xorazmga chet ellardan noyob kitoblar keltirtirgan va ularni koʻp nusxalarda koʻchirtirgan, tarix va adabiyotga oid kitoblardan iborat boy kutubxona yaratgan. F. meʼmorlik, naqqoshlik, xattotlik kabi sanʼat turlarini ham rivojlantirgan. Bu davrda fotografiya va kino sanʼati vujudga kelgan, obodonchilik ishlari amalga oshirilgan. F. 1871 yil Kyxira Ark karshisida oʻz nomi bilan ataluvchi 2 qavatli Madrasa qurdirgan (q. Muhammad Rahimxon madrasasi). F.ning bevosita raxbarligi va tashabbusi bilan 30 dan ortiq Madrasa, masjid, minora, xonaqolar qad rostlagan. F. yerlarni suv bilan taʼminlash, bogʻrogʻlar barpo etish ishiga ham alohida ahamiyat bergan. Uning buyrugiga muvofiq, Qoʻngʻirot tumani sarhadida katta ariq bunyod etilgan. Hozirda ushbu ariq "Xon arigi" deb ataladi.

F. mumtoz sheʼriyatning anʼanaviy janrlarida lirik sheʼrlar yaratgan. Sheʼrlari, asosan, ishqmuhabbat mavzuida. I neon va hayot, sevgi va sadokat F. ijodining gʻoyaviy asosini tashkil qiladi. Ular ohangdorligi, tasviriyifodaviy boʻyoqlarga boyligi va shaklan rangbarangligi bilan ajralib turadi. Uning koʻpchilik gʻazallari oʻz zamonasida sozandalar va guyandalar tomonidan kuyga solib kuylanib kelingan. Sheʼrlariga "Devoni Feruz" nomi bilan tartib bergan (1879). Bu devon Muhammad Sharif tomonidan qayta kuchirilgan (1900). F.ning uzi Paxlavon Mahmudning 350 ruboiysini qoʻlda kuchirib, kitob holiga keltirgan. F. Shashmaqom kuylarini oʻrgangan, saroyda maqom ansamblini tuzgan. "Navo", "Dugoh", "Segoh" maqomlariga bogʻlab kuylar yaratgan. F. Sayd Mahruyjon majmuasitsati Sayid Mohi Ruyi Jahon maqbarasida dafn qilingan. Sheʼrlar devoni nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. № 3442, 1119)da saklanadi.

Manbalar[править | править код]

  • Elga shohu Haqqa qul, T., 1997.

Ad. Davlatyor Rahim, Shixnazar Matrasul , Shohva shoir qismati, T., 1993. Habib Abdunazar, Ibrohim Karimov.

Feruz (Muhammad Rahimxon II) (1844—1910) shoh-shoir. Xiva xoni. Adabiyot va sanʼat rahnamosi, musiqashunos, mohir sozanda va bastakor, sanʼatkor ham talabchan muxlis boʻlgan.

Shoir sheʼriyatining bosh mavzui — ishq. Uning «Ul oy vasfini vird etsam zabonda», «Olsa jonim qoshu ko`zing, ikki lab», «Soldi olam ichra g`avg`o, ey malaksiymo, ko`zing», «Gulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur» kabi ishqiy gʻazallari juda mashhur.

Nashr qilingan asarlari:[править | править код]

  • Feruz Muhammad Rahimxon. Ne boʻldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1991.
  • Feruz Muhammad Rahimxon. Ne boʻldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1994.
  • Feruz. Elga shohu ishqqa qul. Toshkent.

Ilmiy adabiyotlar:[править | править код]

  • Rahim Davlatyor, Matrasul Shoʻxnazar. Feruz. Shoh va shoir qismati. Toshkent, 1993.
  • Avaz Komil. «Garchi erurman toleʼi Feruz». «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» gazetasi, 1994 yil 30 sentyabr.
  • Jumaxoʻja Nusratullo, Adizova Iqboloy. Feruz adabiy muhiti. «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» gazetasi, 1994 yil 1 iyul.