Finikiy tili
Finikiy tili | |
---|---|
Milliy nomi: | -{}- |
Mamlakatlar: | |
Mintaqalar: | |
Rasmiylik holati: | |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | |
Alifbosi: | |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | }- |
-{ISO 639-2 | }- |
-{ISO 639-3 | }- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
Finikiy tili — som tillarining xanaan guruxchasiga mansub va miloddan avvalgi 2—1ming yillik — milodiy 1ming yillikda Finikiyada hamda Oʻrta dengiz soqillaridagi finikiy mustamlakamanzilgohlari (Kipr, Sitsiliya, Sardiniya, Messaliya, Ispaniya, Shim. Afrika)da tarqalgan (keyinchalik ulik) til. Finikiy tili Finikiyaning oʻzida milodiy 2-asrda isteʼmoldan chiqqan; Shim. Afrikada esa soʻnggi davr Finikiy tili (yangi puna tili) arablar istilosi davri (8-asr)gacha saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 2ming yillik oʻrtalaridan milodiy 2-asr gacha (Finikiya) va milodiy 3—4-asrlargacha (Oʻrta dengizning garbi) boʻlgan davrga mansub yozma yodgorliklar orqali maʼlum; dialektal jihatdan shim. finikiy, jan. finikiy, kipr, puna lahjalariga boʻlinadi. Finikiy tilining morfologiyasi va leksikasi boshqa som tillariniki, xususan, ivritnikiga oʻxshash. Finikiy tili fonetikasining u mansub boʻlgan guruhchadagi boshqa tillardagidan oʻziga xos tomonlari bor. Umumsomiy 28 undoshdan, grafikasiga koʻra, 22 tasi saqlanib qolgan. Vokalizm (unlilar) sohasida ham anchagina farqlar boʻlgan.