Gʻazalkent

Материал из УзЭнц
Shahar
Gʻazalkent
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Toshkent viloyati
Tuman Boʻstonliq tumani
Koordinatalari 41°33′45″N 69°46′30″E / 41.56250°N 69.77500°E / 41.56250; 69.77500Koordinatalari: 41°33′45″N 69°46′30″E / 41.56250°N 69.77500°E / 41.56250; 69.77500
Aholisi 20 700 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yer uchun hali jyolashuv xaritasi mavjud emas.

GʻazalkentToshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi shahar (1964 yil dan), tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi. Chirchiq daryosining chap sohilida, Toshkent shahridan 58 km shim.-sharqda, Oqsoqotasoyining Chirchiq daryosiga quyilish joyida, oʻrtacha 700 m balandlikda, seysmik zonada joylashgan (8—9 ball). Aholisi 20,7 ming kishi (2004). Gʻ. toponimi prof. H. Hasanovning fikricha, gʻizol (ohu) soʻzidan tarkib topgan. Shahar 1932 yilda Chirchiq GESlar kaskadi bosh inshooti quruvchilarining shaharchasi sifatida bunyod etilgan. Gʻ.da qandolatchilik f-kasi, meva-konserva, meva sharbati va h.k. ishlab chiqaruvchi "Gʻazalkent" oziqovqat korxonasi, vino k-ti, sut-yogʻ, oynashisha zavodlari, yoʻl-qurilish va sozlash korxonalari, metallsozlik, qurilish materiallari, toshga ishlov berish k-tlari, avtokorxona, dehqon bozori bor. "Konmit" va "Konvin" qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kolleji, akademik litsey, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, "Yoshlar markazi", stadion va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻ-ruqxona, poliklinika, sil kasalliklari dispanseri va boshqa tibbiy muassa-salar, bolalar va kattalar sanatoriylari, dam olish uylari aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻ. dan Toshkent, Chirchiq shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Toshkent — Chorvoq elektrlashtirilgan temir yoʻl shahar yonidan oʻtadi.