GUAM

Материал из УзЭнц

Demokratiya va iqtisodiy rivojlanish tashkilot — GUAM (рус. ГУАМ; oldingi nomi рус. ГУУАМ) — 1997-yilda tuzilgan mintaqaviy tashkilot (atama tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar ruscha nomlari bosh harflarini bildiradi). 1999-2005-yillarda GUAMga Oʻzbekiston ham aʼzo edi.

Ushbu tashkilotga kuzatuvchi sifatida Latviya va Turkiya ishtirok etadi. Tashkilot shtab-kvartirasi Ukraina poytaxti Kiyevda joylashgan. Rasmiy tillar bu: ingliz va rus tillaridir[1][2].

Unga 1996-yilda Vena shahrida (Avstriya) Gurjiston, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova davlat rahbarlari tomonidan asos solingan. 1999 yil aprelida tashkilotga Oʻzbekiston ham qoʻshildi. Tuzilmaning asosiy maqsadi, 1993 yilda Bryusselda asos solingan, Osiyo-Kavkaz-Yevropa yoʻlagini (TRASEKA loyihasi) ishga solish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish deb jar solingan edi. Oʻzbekistan ushbu tuzilma tarkibiga kirishi tufayli Turkmanboshi (Turkmaniston) portidan Kaspiy dengizi orqali Bokuga, undan temir yoʻl vositasida Gruziya gʻarbiy portlariga chiqish va nihoyat, Qora dengiz orqali Bolgariya, Ruminiya, Turkiya, Gretsiya hamda Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilish, mahsulotlarni kam chiqim bilan xorijiy sheriklarga yetkazib berish imkoniyatidan foydalanadi. GUUAM hech qanday siyosiy yoxud harbiy-siyosiy maqsadlarni koʻzda tutmaydi va hech bir davlatga yoki xalqaro tashkilotga qarshi qaratilgan emas deb hisoblangan edi.

Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlarining Yalta (2001-yil iyun) uchrashuvida GUUAM hartiyasi qabul qilindi. GUUAM doirasida yagona axborot makonini, erkin savdo zonasini vujudga keltirish masalalari, transport kommunikatsiyasi, savdo-iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda ilm-fan, texnologiya va ijtimoiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari toʻgʻrisida kelishib olingan.[3]

Oʻzbekiston Respublikasi aʼzoligi[править | править код]

Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov oʻzining maxsus farmoni bilan, 2005-yilning oxirida, GUUAM tashkiloti doirasida imzolangan bir nechta hujjatlarni bekor qildi, jumladan Yalta hartiyasini, savdo va transportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha memorandumni hamda GUUAMga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida bojxona ishlari boʻyicha oʻzaro koʻmak berish va hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi shartnomani. Bu farmon, 2005-yilda may oyida davlat toʻntarishi uyushtirishga urinish va u natijasida qilingan xulosalar bilan bogʻlanadi. Siyosatshunoslar GUUAM tashkiloti qisqartmasi aslida "zargʻarldoq inqiloblar" roʻy berishi kutilgan ketma-ketlikda joylashtirilgan degan fikrni olgʻa surishgan.

Mazkur shartnomalarni bekor qilish bilan Oʻzbekiston oʻzini ularda aks ettirilgan majburiyatlardan ozod qildi. Rasmiy Toshkent Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon hamda Moldovadan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish hamda MDH doirasida Rossiya bilan munosabatlarning buzilishi maqsadida AQSh koʻmagi bilan tuzilgan tashkilotga 1999 yili aʼzo boʻlgan edi. Tashkilotning asl maqsadi ayon boʻlganidan soʻng, 2002 yilga kelib Oʻzbekiston tashkilot doirasidagi faoliyatini toʻxtatgan. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻshanda oʻz qarorini, tashkilot haddan ziyod siyosiylashayotgani va GUUAM aʼzolari tomonidan qoʻyilgan vazifalarni bajarmay kelayotgani bilan izohlagandi. Keyinchalik 2005 yilning aprel oyida uni butunlay tark etgan.

Shundan soʻng GUUAM tashkiloti Demokratiya va iqtisodiy rivojlanish tashkilot — GUAM nomini oldi.

Manbalar[править | править код]