Gagarin, Yuriy Alekseyevich

Материал из УзЭнц
Yuriy Alekseyevich Gagarin
Юрий Алексеевич Гагарин
Gagarin, Yuriy Alekseyevich
Kosmonavt
Tavallud sanasi: 9-mart 1934-yil(1934-03-09)
Tavallud joyi: SSSR, RSFSR, Klushino
Vafot sanasi: 27-mart 1968-yil(1968-03-27)
(34 yoshda)
Vafot joyi: SSSR, RSFSR, Novosyolovo

Yuriy Alekseyevich Gagarin (рус. Ю́рий Алексе́евич Гага́рин;[1] 1934-yil 9-mart1968-yil 27-mart) — Koinotga uchgan tarixdagi birinchi odam. sovet uchuvchisi va kosmonavti boʻlgan. 1961-yili 12-aprelda Vostok fazoviy kemasida Yer orbitasini aylanib chiqib, koinotdagi ilk inson boʻldi.

Gagarin butun dunyoda tanilgan, koʻplab medal va ordenlar, jumladan, "Sovet Ittifoqi qahramoni" ordeni bilan taqdirlangan. Gagarin keyinchalik Moskva yaqinida joylashgan Kosmonavt Tayyorlash Markazining boshliq oʻrinbosari boʻldi; ushbu markaz hozirda uning nomi bilan ataladi. Gagarin 1968-yili Mig 15 samolyotini boshqarayotib, halokatga uchradi va vafot etdi.

Gagarin sharafiga xotira tangalari, pochta markalari zarb etilgan, haykal va monumentlar oʻrnatilgan,[2] uning sharafiga maktab, kinoteatr, topografik joylar nomlangan. Har yili 12-aprelda Kosmonavtika kuni nishonlanadi. Ushbu kun har yili keng nishonladi.

Gagarin Yuriy Alekseevich (1934.9.3, Smolensk viloyati, Klushino qishlogʻi — 1968.27.3) — sovet kosmonavti va uchuvchisi, dunyoda birinchi boʻlib kosmik fazoga parvoz etgan. Qahramon (1961), polkovnik. Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo muhandislik akademiyasini bitirgan (1968). 1961 yil 12 aprelda "Vostok" kosmik kemasida parvoz qilib, 1 soat 48 daqiqada yer sharini aylanib uchdi. Kosmonavtlar ekipajlarini oʻqitish va mashq qildirishda qatnashdi. Samolyotda mashq qilayotgan vaqtida falokat yuz berib halok boʻldi. Xalqaro aviatsiya federatsiyasi qarori bilan 1968 yilda Yuriy Alekseevich Gagarin nomidagi oltin medal taʼsis etildi. Jahondagi koʻp shaharlarda Sovet Ittifoqi qahramoni Yuriy Gagarin nomi abadiylashtirilgan. Jumladan Oʻzbekistonning Jizzax viloyatida shahar uning nomiga qoʻyilgan; Toshkent shahrida haykali oʻrnatilgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga Gagarin nomi berilgan.


Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[править | править код]

Manbalar[править | править код]

  1. Uning ismi baʼzan Yuri, deb ham yoziladi.
  2. Toshkentdagi Yuriy Gagarin haykali