Gel tili

Материал из УзЭнц
Gel tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Gel tili (gael, shotland, er tili deb ham ataladi) — hind-yevropa tillari oilasining kelt tillari guruhiga mansub. Shim.-Gʻarbiy Shotlandiya, Gebrid o.lari va Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyatida tarqalgan. G.t.da 100 mingga yaqin kishi soʻzlashadi (1991). G.t. irland tilinnng dialekti hisoblanadi, 11 — 13-a.larda irland tilidan ajralib chiqqan. Fonetik xususiyatlariga koʻra G. t. 3 sheva (sharqiy, jan.-gʻarbiy va gʻarbiy)ga ajraladi. Bu shevalar oʻrtasida farq kam. G.t.da skandinav tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. G.t.dagi yozuv yodgorliklar 16-a. boshlariga oid. Badiiy adabiyot, matbuot, radioeshittirishlar shu tilda olib boriladi, taʼlim sohasida qoʻllaniladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil