Geografik koordinatalar

Материал из УзЭнц

Geografik koordinatalar - yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlangich meridian tekisligiga nisbatan oʻlchangan kenglik va uzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari.

Astronomik va geodezik geografik koordinatalar boʻladi.

Referens-ellipsoid sirtida geodezik oʻlchashlar natijasida olingan va hisoblangan kenglik va uzunlik geodezik koordinatalar deyiladi. Ular, odatda, V va J harflari bilan belgilanadi.

Astronomik koordinatalar oʻsha nuqtalarning referens-ellipsoid sirtida osmon yoritqichlarini kuzatish orqali aniqlangan koordinatalarga aytiladi. Bu koordinatalar r va u bilan belgilanadi.

Geodezik koordinatalar berilgan nuqtadan referens-ellipsoid ustiga tushirilgan normal chizigʻiga bogʻliq, Geografik koordinatalar esa oʻsha nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻiga nisbatan olinadi. Kengliklar meridian boʻylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shimolidagi kengliklar shimoliy, janubidagilari — janubiy kengliklar deb ataladi. Masalan, Toshkent shahri 4GZS shimoliy kenglikda joylashgan. Uzunliklar boshlangʻich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (sharqiy uzunlik), yoxud gʻarbga (gʻarbiy uzunlik) hisoblanadi. Masalan, Samarqand shahri 67° sharqiy uzunlikda joylashgan. Shuningdek, boshlangʻich meridian 0° dan 180° gacha sharqqa va gʻarbga hisoblashda ham qoʻllaniladi. Ular parallellar boʻylab hisoblanadi.

Xalqaro kelishuvga muvofiq, London chekkasidagi eski Grinvich astronomik observatoriyasidan oʻtuvchi meridian "boshlangʻich meridian", "nolinchi meridian" deb qabul qilingan. Qadimda uzunliklarni oʻlchashda turli joylardan oʻtgan meridianlar — Ferro orollari (Kanar orollarida), Parij, Berlin, Rim, Nankin observatoriyalari, Rossiya uchun 19-asrgacha Pulkovo observatoriyasidan oʻtgan meridian bosh meridian qilib olingan. Sharqda Oʻrta asrlarda xarita tuzishda hozirgi Tojikistondagi Xoʻjand shahridan oʻtgan meridianni bosh meridian deb qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.

Manbalar[править | править код]