George Boole

Материал из УзЭнц

George Boole (1815.2.11, Linkoln — 1864.8.12, Ballintempl, Korka yaqinida) — ingliz matematigi va mantiqchisi. Matematik mantiqqa asos solgan. Maxsus matematik maʼlumotga ega boʻlmay, 1849 yilda matematika professor boʻlgan. "Mantiqning matematik taxlili" (1847), "Mantiqiy hisoblash" (1848), "Tafakkur qonunlarini tekshirish" (1854) asarlari muallifi. Alohida sistemalar (Bul algebralari) B. nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil