Goldbax muammosi

Материал из УзЭнц

Goldbax muammosi — sonlar nazariyasining hali toʻla yechimini topmagan muammolaridan biri.

X.Goldbax 1742 yil 7 iyunda L.Eylerga yozgan xatida „Menimcha har qanday n>5 natural son uchta tub son yigʻindisidan iborat“ degan fikrni bayon qilgan. Eyler oʻzining javob xatida: „Har qanday n>2 juft son ikkita tub son yigʻindisidan iboratligiga aminman, lekin afsuski, juda koʻp uringan boʻlsamda, men buni isbot qilolmayapman“ deb yozgan. Bu gipotezalar birgalikda Goldbax-Eyler gipotezalari yoki Goldbax-Eyler muammosi deb yuritiladi.

Agar Goldbax gipotezasini juft sonlar va toq sonlar uchun alohida yozilsa, u holda Goldbax-Eyler gipotezalarini quyidagicha bayon qilish mumkin:

Goldbaxning kuchli binar gipotezasi (yoki Eyler gipotezasi):

„Har qanday n>2 juft son ikkita tub son yigʻindisidan iborat“.

Juft sonlar uchun Goldbaxning kuchsiz ternar gipotezasi:

„Har qanday n>4 juft son uchta tub son yigʻindisidan iborat“.

Toq sonlar uchun Goldbaxning kuchsiz ternar gipotezasi:

„Har qanday n>5 toq son uchta tub son yigʻindisidan iborat“.

Juft sonlar uchun Goldbax muammosining yechimini ushbu veb-sahifada koʻring [1].

Adabiyot[править | править код]

  • B.Y.Yagudayev „Ajoyib sonlar olamida“ „Oʻqituvchi“ Toshkent 1973 y.

Manbalar[править | править код]