Grek tili

Материал из УзЭнц
Grek tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Grek tili — Hind-yevropa tillari oilasining grek guruhiga mansub. Jan. Balqon ya. o. va unga chegaradosh Ioniya va Egey dengizi boʻylarida hamda Jan. Albaniya, Misr, Jan. Italiya hududlarida tarqalgan. Bu tilda Gresiyada 9,3 mln., Kiprda 530 mingdan ziyod kishi soʻzlashadi (1990-y.lar oʻrtalari). Gresiya va Kiprning (turk tili bilan bir qatorda) rasmiy tili. G. t. Qad. Maketon tili bilan qarindoshdir. U tarixan 3 davrga boʻlinadi: qad. (yunon tili), oʻrta (5—7-a.lar), yangi (15-a.dan boshlab) G. t. Bu tilda turli shevalar mavjud. Mazkur til boy adabiyotga ega. Qad. grek (yunon) tilida yozilgan tarixiy va madaniy yodgorliklar saqlanib qolgan.

G. t.da 5 unli fonema, yuqori va quyi tishlar oraligʻida talaffuz qilinuvchi undoshlar mavjud. Morfologiyasida murakkab feʼl zamonlari va buning analitik shakllari bor. Gap tuzilishiga koʻra soʻzlar erkin tartibga ega. G. t. lugʻat tarkibida roman, slavyan va turkiy tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Yozuvi yunon alifbosi asosida.

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil