Hind tili

Материал из УзЭнц
Hind tili
Milliy nomi: -{हिन्दी}-
Mamlakatlar: Hindiston
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Hindiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 180 000 000 (1991)
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Hindyevropa
Alifbosi: devanagari
Til kodlari
-{ISO 639-1 hi}-
-{ISO 639-2 hin}-
-{ISO 639-3 hin}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Hind tili (hindi. -{हिन्दी}-), h i n d i y — hind tillaritn biri; Hindistonning rasmiy tili va Hindistonda tarqalgan asosiy adabiy tillardan biri. Uttar-Pradesh, Madhya-Pradesh, Hariyana, Bihar, Rajasthan, Himachal-Pradesh shtaglarida hamda Dehli ittifoqiy hududida tarqalgan. Unda 250 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (oʻtgan asrning oxirlari). H. lahjalari struktura jihatidan farqlanuvchi 2 guruhga ajraladi: khari boʻli, hariyani, braj, kanaoʻji, bundeli lahjalaridan iborat gʻarbiy guruh va avadhi, bagheli, chhat-tisgarhi lahjalaridan iborat sharqiy guruh.

Yaqin qarindosh tillar orasida Hind tili ham geografik, ham tipologik jihatdan markaziy oʻrinni egallaydi: gʻarbroqda joylashgan tillarga qaraganda Hind tilida eski flektiv shakldar kamroq, ayni paytda unda agglyutinatsiya sharqiy (mas, bengal tili) tillardagidek rivojlanmagan. Fonetikasida un-lilarning choʻziqligi va burunlashu-vi (nazalizapimsi) maʼno farqlash xususiyatiga ega. Undoshlar, aksari \ind-oriy tillaridagi kabi, 5 lokal qator boʻyicha taqsimlanadi. Morfologiyasida otlarning koʻmakchilar yordamida yasaladigan va feʼllarning yordamchi feʼllar bilan hosil qilinadigan analitik shakllari koʻplab uch-raydi. Hind tilida sanskrit tilining lugʻaviy va soʻz yasovchi vositalari keng qoʻllanadi. Shu jihagi bilan arabcha va forscha lugʻaviy va boshqa unsurlar qoʻlla-iadigan urdulyai farq qiladi.

Khari boʻli (hipdistoniy) lahjasiga asoslangan hozirgi Hind tili 19-asrdan shakllana boshlaydi. Hind tilidagi zamonaviy nasrning asoschisi Bharatepdu Harishchandra (1850—85) hisoblanadi; sheʼriyatham 19a. oxirida shakllangan. Hind tili devanigari yozuvidan (|yuydalanadi.

Adabiyot[править | править код]

  • Katemina T.G.. Yashk xindi, M., 1960; Chernshsi V. A. Dialekgm i litsragurnii xindi, M., 1964; Hindiychauzbekcha lugʻat (O.Shomatoi va 6.). Dshli, 2003.