Huquqiy davlat

Материал из УзЭнц

Huquqiy davlat – bu barcha faoliyati huquqiy normalarga, shuningdek, inson qadr-qimmati, erkinligi va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan, fundamental huquqiy prinsiplarga boʻysunadigan davlat.[1][2]

Huquqiy davlat gʻoyasini antik mutafakkirlar ilgari surgan edilar. Immanuil Kant esa unga ilmiy-falsafiy taʼrif bergan. Huquqiy davlatda davlatning quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yurgizishi va amal qilishi shart hisoblanadi:

  • xalq suvereniteti;
  • shaxsning huquq va erkinliklarining hech kim, shu jumladan, davlat tomonidan ham har qanday holda buzilmasligi;
  • Konstitutsiya va qonunning ustunligi;
  • hokimiyatning boʻlinishi tamoyiliga amal qilish;
  • sudlarning mustaqilligi;
  • xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustun boʻlishi.


рус. Закон — владыка над правителями,
а они — его рабы

Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham ularga amal qilishi huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir.

Oʻzbekistonda[править | править код]

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab oʻzining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi taʼkidlab oʻtilgan.

Oʻzbekistonning mustaqil davlatchiligi davrida konstitutsiya va qonunlarning ustunligi gʻoyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylanishi kerak. Qonunni chetlab oʻtish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda. Davlat inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashning izchil huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini amalga oshirishi kerak (yana qarang Qonun ustuvorligi).

Manbalar[править | править код]

  1. Марченко М. Н. Правовое государство // Энциклопедия юриста. 2005.(rus.)
  2. Червонюк В. И. Правовое государство // Конституционное право России: энциклопедический словарь. М.: Юрид. лит., 2002.(rus.)




Ssilkalar[править | править код]