Import

Материал из УзЭнц

1. Import (lot. importare — „olib kirish“) — biror molni mamlakatga sotish uchun olib kirish. Import mamlakati, deganda import qilinayotgan mol ishlab chiqarilgan mamlakat tushuniladi.

2. Import (ing . import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qogozlar va boshqalarni keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnika bilimlari va boshqa xizmatlar harajatlari ham import tarkibiga kiradi.

Import bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va boshqa notarif tarzdagi vositalar bilan tartibga solinadi. Importning eksportdan ustunligi mamlakatning tashqi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi.[1]

Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli toʻsiq sifatida bojxona bojlarini oshirish va cheklovlar qoʻyilishi tushuniladi.

Shuningdek qarang[править | править код]

turkum:iqtisodiyot

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil