Islom Karimov: различия между версиями

Материал из УзЭнц
Содержимое добавлено Содержимое удалено
м (1 revision imported)
Метка: новое перенаправление
Строка 1: Строка 1:
#YOʻNALTIRISH [[Karimov, Islom Abdugʻaniyevich]]
{{familiyadoshlar|Karimov}}
{{Davlat arbobi
| ismi=Islom Abdugʻaniyevich Karimov
| tasvir=Karimov Latvia.jpg
| uzunlik=250px
| lavozimi = [[Oʻzbekiston Prezidenti]]
| premyer = [[Shukrullo Mirsaidov]]<br/>[[Abdulhoshim Mutalov]]<br/>[[Oʻtkir Sultonov]]<br/>[[Shavkat Mirziyoyev]]
| boshlanish davri=[[1991-yil]] [[29-dekabr]]
| tugash davri=[[2016-yil]] [[2-sentabr]]gacha
| oʻtmishdoshi = lavozim taʻsis etilgan; uning oʻzi [[OʻzSSR]] Prezidenti sifatida
| vorisi={{small|[[Nigʻmatilla Yoʻldoshev]] (muvaqqat prezident)}}<br>{{small|[[Shavkat Mirziyoyev]] (muvaqqat prezident)}}<br>[[Shavkat Mirziyoyev]]
| lavozimi_2 = [[OʻzSSR: Markaziy Komitet|OʻzSSR KP MQ]] birinchi kotibi
| boshlanish davri_2=[[1989-yil]] [[23-iyun]]
| tugash davri_2=[[1991-yil]] [[14-sentabr]]gacha
| oʻtmishdoshi_2 = [[Rafiq Nishonov]]
| vorisi_2= lavozim tugatilgan
| tavallud sanasi={{birth date|1938|1|30}}
| tavallud joyi={{TavalludJoyi|Samarqand}}, [[Oʻzbekiston SSR]]
| vafot sanasi= {{death date and age|2016|9|2|1938|1|30}}
| vafot joyi={{VafotJoyi|Toshkent}}, [[Oʻzbekiston Respublikasi]]
| partiya=[[Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi]]<ref>[http://news.uzreport.com/uzb.cgi?lan=u&id=39935 news.uzreport.com]</ref>
| otasi=Abdug'ani Karimov
| onasi=Sanobar Karimova
| turmush ortogi=[[Tatyana Karimova]]
| bolalari='''qizlari:'''[[Gulnora Karimova]]<br>[[Lola Karimova-Tillayeva]]
| mukofotlari =
{{{!}} style="background: transparent"
{{!}}{{Oʻzbekiston qahramoni}}
{{!}}}
{{{!}} style="background: transparent"
{{!}}{{Mustaqillik ordeni}}
{{!}}-
{{!}}{{Buyuk xizmatlari uchun ordeni}}{{!!}}{{Doʻstlik ordeni}}
{{!}}}
{{{!}}
{{!}}{{Amir Temur ordeni}}
{{!}}}
{{{!}} style="background: transparent"
{{!}}{{Mehnat qizil bayroq ordeni}}{{!!}}{{Xalqlar doʻstligi ordeni}}
{{!}}}
{{{!}} style="background: transparent"
{{!}}{{Buyuk Vitatuas zanjirli ordeni}}{{!!}}{{Stara planina ordeni}}{{!!}}{{Xizmatlari uchun katta xochli ordeni}}
{{!}}-
{{!}}{{Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli va lentali ordeni}}{{!!}}{{Oltin burgut ordeni}}{{!!}}{{Oltin moʻyna ordeni}}
{{!}}-
{{!}}{{Uch yulduz ordeni}}{{!!}}{{І darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni}}{{!!}}{{Ukraina Prezidentining faxriy nishoni}}
{{!}}-
{{!}}{{Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni}}{{!!}}{{Serbiya Respublikasi lentali ordeni}}
{{!}}}
{{{!}} style="background: transparent"
{{!}}{{Mugunxva ordeni}}{{!!}} {{Shaxsiy toʻpponcha (Ukraina)}}
{{!}}}
{{{!}} style="background: transparent"
{{!}}{{I darajali muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni}}{{!!}}{{Shayxulislom ordeni}}
{{!}}}
| sayt = http://islomkarimov.uz/
| imzo=
}}
'''Islom Abdugʻaniyevich Karimov''' ([[1938]]-yil [[30-yanvar]], [[Samarqand]] shahri — [[2016]]-yil [[2-sentabr]], [[Toshkent]] shahri<ref>http://www.bbc.com/russian/news-37254125</ref>) — davlat va siyosat arbobi, [[Oʻzbekiston Respublikasi]]ning birinchi [[Oʻzbekiston Prezidenti|prezidenti]]. [[Oʻzbekiston Qahramoni]] (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va [[Oʻzbekiston prezidentlik saylovlari (2007)|2007-yilgi prezidentlik saylovlari]] gʻolibi, [[Oʻzbekiston prezidentlik saylovlari (2015)|2015-yilgi prezidentlik saylovlari]] gʻolibi. Oʻzbekiston [[mustaqillik|mustaqilligi]] eʼlon qilingunga qadar [[OʻzSSR]] kommunistik partiyasi birinchi kotibi. [[1991-yil]]dan umrining oxiriga qadar [[Oʻzbekiston Prezidenti]]. Islom Karimov boshchiligida [[Oʻzbekiston Konstitutsiyasi|Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga]] ega boʻldi, [[BMT]]da tan olindi va [[MDH]] davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.

== Hayoti va faoliyati ==
Islom Karimov xizmatchi oilasida tugʻilgan. [[Toshkent davlat texnika universiteti|Oʻrta Osiyo politexnika instituti]] ([[1960]]), [[Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti|Toshkent xalq xoʻjaligi instituti]]ni ([[1967]]) tugatgan.

=== Mehnat faoliyati ===
Mehnat faoliyatini [[1960-yil]]da Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ("Tashselmash") zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. [[1961-yil]]dan [[1966-yil]]gacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. [[1966-yil]]da Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. [[1983-yil]]dan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, [[1986-yil]]dan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. [[1986]]—[[1989|89]]-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. [[1990-yil]] 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov [[Oʻzbekiston SSR]] Prezidenti etib saylandi.

=== Siyosiy faoliyati ===
[[1991-yil]] 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov [[Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti]] etib saylandi. [[1995-yil]] 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi]]ning Raisi, [[Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari]]ning [[Oliy Bosh qoʻmondon]]idir.

=== Ilmiy faoliyati ===
Karimov [[Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi]] ([[1994]]), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy [[fan doktori]], [[professor]] hamda [[akademik]]ligiga saylangan. Uning
# "Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli" ([[1992]]),
# "Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang" ([[1993]]),
# "Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli" ([[1993]]),
# "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" ([[1994]]),
# "Istiqlol va maʼnaviyat" ([[1994]]),
# "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" ([[1995]]),
# "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" ([[1997]]),
# "Barkamol avlod orzusi" ([[1998]]),
# "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" ([[1998]]),
# "Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq" ([[1998]]),
# "Olloh qalbimizda, yuragimizda" ([[1999]]),
# "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz" ([[2000]]),
# "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" ([[2001]]),
# "Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari" ([[2002]])
va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari [[ingliz tili|ingliz]], [[rus tili|rus]], [[fransuz tili|fransuz]], [[ispan tili|ispan]], [[nemis tili|nemis]], [[hind tili|hind]], [[xitoy tili|xitoy]], [[arab tili|arab]], [[koreys tili|koreys]], [[turk tili|turk]] va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.

== Amalga oshirgan ishlari ==
{{quote|''Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak.'' <ref>http://www.javob.uz/quote/713</ref>}}

Oʻzbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻzbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. Karimov Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u dunyoda "[[oʻzbek modeli]]" deb eʼtirof etilgan. Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida Oʻzbekiston turli-tuman "sakrash"lar, "falaj qilib davolash"lardan voz kechib, [[bozor iqtisodiyoti]]ga oʻtishda oʻziga xos yoʻldan bordi va puxta oʻylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mamlakat [[neft]] va neft mahsulotlari, [[gʻalla]] mustaqilligiga erishdi. Oʻzbekiston Respublikasida yuksak sifatli [[oltin]] va [[gaz]] qazib olish keskin darajada koʻpaydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, mas., [[avtomobilsozlik]] sanoati barpo etildi. Karimov Oʻzbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. [[KPSS MK]] boshchiligidagi mustabid kuchlar Oʻzbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda oʻzbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy gʻururini tiklashda fidoyilik namunasini koʻrsatdi.
[[Fayl:SCO 2012.jpeg|thumb|440px|2012-yilgi ShHT sammitida]]
Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilgʻor fikrlarni ilgari suradigan, tashabbuskor, oʻz nuqtai nazarini qatʼiy himoya qilib, oldiga qoʻyilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. U sobitqadamlik bilan tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib keldi. Karimov yuksak xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan boʻlib 21-asr vabosi hisoblanmish [[terrorchilik]]ka va u bilan chambarchas bogʻliq [[narkobiznes]]ga qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va [[Markaziy Osiyo]] mintaqasida "xavfsizlik kamari"ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini taʼkidlab keldi. Xalqaro maydonda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi. Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlib kirdi (1992 yil, 2-mart), deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekiston oʻzining tinchliksevar tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, mintaqa mamlakatlari oʻrtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, [[Orol dengizi]] muammolarini jahon hamjamiyati koʻmagida har tomonlama hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslari bilan xalqaro maydonda tanildi, oʻz nufuziga ega boʻldi. Jamiyatda maʼnaviy poklanish va yuksalishga erishish, eski aqidalardan xalos boʻlish, shu asosda milliy istiqlol gʻoyasini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun maʼnaviy qadriyatlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, xalqqa oʻzining muqaddas dini, urf-odatlarini qaytarib berish, tarixiy merosini tiklash, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish vazifalarini Karimov yurtimizda davlat siyosati darajasiga koʻtardi. Karimovning 21-asr boʻsagʻasida oʻzbek millatining oʻzligini anglashi, uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish, oʻzbek nomini butun dunyoga tarannum etishda qoʻshgan hissasi ayniqsa beqiyosdir. U odamlarning tafakkurini oʻzgartirish, ularning ongida yangi milliy gʻoya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. [[Mahalla]]ning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat va huquqlarini kengaytirish, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish tizimi sifatida uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tashabbuskori boʻldi. Karimov yangi turar joylar qurish, shu jumladan, ulugʻ ajdodlarimizning qadam-jolarini obod qilish, iqtisodiy salohiyatni oshirishda katta oʻrin tutadigan yirik-yirik korxonalarni bunyod etish, shahar-qishloqlar, avvalambor, poytaxt [[Toshkent]]ning shakl-qiyofasini tubdan oʻzgartirish ishlariga bevosita rahbarlik qilib keldi.

Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqdi, yorugʻ istiqbol yoʻlida xalqni birlashtirib, uni ulugʻ maqsadlar sari boshlab borgan.

== Xorijiy davlatlarga tashriflar ==
Quyida Prezident Islom Karimovning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan<ref>[http://islomkarimov.uz/uz/page/tashqi-siyosat Хорижга ташрифлар]</ref>:

{|class="wikitable sortable"
!#
!Davlat
!Tashrif sanasi
!Sabab
|-
|125||{{RUS}}||03-05.01.2013||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|124||{{LAT}}||10-12.10.2013||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|123||{{TKM}}||14-17.09.2014||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|122||{{ISR}}||20-21.03.2015||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|121||{{SWI}}||10-12.06.2015||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|120||{{FRA}}||23-26.09.2015||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|119||{{TKM}}||15-16.10.2012||[[Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi]] (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi
|-
|118||{{AZE}}||15-16.10.2012||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|117||{{TKM}}||01-02.10.2012||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|116||{{KAZ}}||06-07.09.2012||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|115||{{CHN}}||05-07.06.2012||Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 12-majlisi
|-
|114||{{RUS}}||20-21.12.2011||Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi oliy organlarining Moskva shahrida bo’lib o’tgan sessiyalari
|-
|113||{{KAZ}}||14-15.06.2011||[[Shanxay hamkorlik tashkiloti]]ga (ShHT) a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi
|-
|112||{{IND}}||17-18.05.2011||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|111||{{CHN}}||19-20.04.2011||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|110||{{JPN}}||18.02.2011||Imperator [[Akihito]], Bosh vazir [[Naoto Kan]], Yaponiya Parlamentining yuqori va quyi palatalari raislari bilan uchrashuv
|-
|109||{{BEL}}||24.01.2011||[[NATO]] Bosh kotibi [[Anders Fogh Rasmussen]] bilan uchrashdi
|-
|108||{{RUS}}||10.12.2010||ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi
|-
|107||{{QAT}}||23-24.11.2010||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|106||{{TKM}}||19-20.10.2010||ikki tomonlama munosabatlar, O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarining do‘stlik festivali
|-
|105||{{USA}}||20.09.2010||[[BMT Bosh Assambleyasi]]ning Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisi
|-
|104||{{KOR}}||10-12.02.2010||ikki tomonlama munosabatlar, [[Ustyurt gaz-kimyo majmui]]ni qurish va konni o‘zlashtirish loyihasi
|-
|103||{{TKM}}||13-14.12.2009||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|102||{{OMN}}||04-05.10.2009||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|101||{{RUS}}||14-16.06.2009||Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti
|-
|100||{{BRA}}||26-28.05.2009||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|99||{{RUS}}||04.02.2009||[[Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti]] (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasi
|-
|98||{{KGZ}}||09-10.10.2008||[[Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi]] Davlat rahbarlari kengashi, [[Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati]] Davlatlararo kengashi majlislari hamda [[Markaziy Osiyo]] davlat rahbarlarining uchrashuvi
|-
|97||{{AZE}}||11-14.09.2008||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|96||{{RUS}}||05-06.09.2008||ikki tomonlama munosabatlar, [[Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti]] (ODKB) sammiti
|-
|95||{{TJK}}||27-28.08.2008||[[Shanxay hamkorlik tashkiloti]] Davlat rahbarlari majlisi
|-
|94||{{CHN}}||08-09.08.2008||[[Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008]] ochilish marosimi
|-
|93||{{KAZ}}||22-23.04.2008||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|92||{{ROM}}||03-04.04.2008||[[Buxarest]]da [[NATO]]/[[Yevroatlantika hamkorlik kengashi]] sammiti
|-
|91||{{UAE}}||17-18.03.2008||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|90||{{KOR}}||24-26.02.2008||[[Lee Myon-bak]]ning o‘z lavozimini bajarishga rasman kirishish marosimi
|-
|89||{{RUS}}||05-06.02.2008||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|88||{{TKM}}||18-19.10.2007||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|87||{{TJK}}||05-06.10.2007||Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari majlisi, [[Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati]] Davlatlararo kengashining majlisi, [[Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti]] Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi
|-
|86||{{EGY}}||17-19.04.2007||ikki tomonlama munosabatlar qo‘shma bayonoti
|-
|85||{{SIN}}||25.01.2007||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|84||{{BLR}}||22-25.06.2006||[[Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati]] majlisi
|-
|83||{{KAZ}}||17.06.2006||Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHICHK) sammiti
|-
|82||{{PAK}}||02-05.05.2006||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|81||{{KOR}}||29-30.03.2006||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|80||{{KAZ}}||10-11.01.2006||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|79||{{RUS}}||14.11.2005||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|78||{{RUS}}||06-09.10.2005||"Markaziy Osiyo hamkorligi" majlisi
|-
|77||{{MDA}}||02-03.10.2005||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|76||{{KAZ}}||04.07.2005||[[Shanxay hamkorlik tashkiloti]]ga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlari sammiti
|-
|75||{{RUS}}||28.06.2005||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|74||{{CHN}}||25.05.2005||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|73||{{IND}}||04.04.2005||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|72||{{SLO}}||15.03.2005||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|71||{{TJK}}||17-18.08.2004||"Markaziy Osiyo Hamkorligi" majlisi
|-
|70||{{KAZ}}||02-03.07.2004||[[MDH]] davlatlari sammiti
|-
|70||{{RUS}}||02-03.07.2004||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|69||{{RUS}}||15-18.04.2004||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|68||{{LAT}}||07-08.04.2004||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|67||{{KUW}}||19-20.01.2004||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|66||{{GEO}}||09-10.10.2003||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|65||{{UKR}}||18-19.09.2003||Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining Kengashi
|-
|64||{{KAZ}}||05-06.07.2003||"Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti davlat rahbarlari sammiti
|-
|63||{{IRN}}||17-18.06.2003||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|62||{{RUS}}||29.05.2003||Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ishtirokchi-davlatlar rahbarlari sammiti
|-
|61||{{ESP}}||27-29.01.2003||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|60||{{JPN}}||27.12.2002||"Markaziy Osiyo hamkorligi" (MOH) tashkilotining ishtirokchi-davlatlari rahbarlari sammiti
|-
|59||{{CZE}}||21.11.2002||ikki tomonlama munosabatlar, [[NATO]]-yevroatlantik sheriklik Kengashi sammiti
|-
|58||{{HUN}}||27.10.2002||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|57||{{MDA}}||07.10.2002||[[Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi]] (MDH) sammiti
|-
|56||{{TJK}}||05-06.10.2002||"Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkilotining sammiti
|-
|55||{{LIT}}||23.09.2002||do‘stlik va hamkorlik haqidagi bitim
|-
|54||{{JPN}}||29.07.2002||ikki tomonlama munosabatlar
|-
|53||{{RUS}}||06.06.2002||[[MDH]] sammiti<ref>http://islomkarimov.uz/uz/page/tashqi-siyosat-2002-yil</ref>
|-
|52||{{RUS}}||17.05.2001||[[MDH]] sammiti
|-
|51||{{USA}}||08.09.2000||[[BMT]] "Mingyillik majlisi" sammiti
|-
|50||{{TJK}}||05.07.2000||"Shanxay beshligi" sammiti
|-
|49||{{RUS}}||21-23.06.2000||oʻzaro hamkorlik, MDHga a’zo davlatlar boshliqlari kengashining majlisi
|-
|48||{{IRN}}||09-11.06.2000||[[Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti]] sammiti
|-
|47||{{IND}}||03.05.2000||oʻzaro hamkorlik
|-
|46||{{RUS}}||24-25.01.2000||Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining sammiti<ref>http://islomkarimov.uz/uz/page/tashqi-siyosat-2000-yil</ref>
|-
|45||{{TUR}}||18-19.11.1999||Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha sammit
|-
|44||{{CHN}}||08-09.11.1999||oʻzaro hamkorlik
|-
|43||{{USA}}||23-25.04.1999||oʻzaro hamkorlik, [[NATO]]ning 50 yilligi, [[Yevroatlantik sheriklik kengashi]] majlisi
|-
|42||{{RUS}}||02.04.1999||oʻzaro hamkorlik, [[MDH]] sammiti
|-
|41||{{FRA}}||06.11.1998||oʻzaro hamkorlik, [[UNESCO]] Ijroiya kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi
|-
|40||{{TUR}}||29.10.1998||mamlakat Respublika deb e’lon qilinganligining 75 yilligi
|-
|39||{{ISR}}||14-16.09.1998||oʻzaro hamkorlik
|-
|38||{{AZE}}||08.09.1998||oʻzaro hamkorlik
|-
|37||{{KAZ}}||10.06.1998||[[Ostona]] shahri
|-
|36||{{RUS}}||05-07.05.1998||oʻzaro hamkorlik
|-
|35||{{RUS}}||28-29.04.1998||[[MDH]] majlisi
|-
|34||{{USA}}||05.02.1998||[[Solijon Sharipov]]ni kutib olish
|-
|33||{{TKM}}||05.01.1998||[[Markaziy Osiyo]] sammiti
|-
|32||{{TKM}}||14.05.1997||[[Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti]] (IHT) sammiti
|-
|31||{{POR}}||02-03.12.1996||[[Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti]] sammiti
|-
|30||{{USA}}||23-28.06.1996||oʻzaro hamkorlik
|-
|29||{{ITA}}||20-21.06.1996||oʻzaro hamkorlik
|-
|28||{{FRA}}||21-24.04.1996||oʻzaro hamkorlik, [[Amir Temur]] 660 yilligi
|-
|27||{{SWI}}||06.02.1996||[[Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi]] majlisi
|-
|26||{{RUS}}||19.01.1996||[[MDH]] majlisi
|-
|25||{{USA}}||22-24.10.1995||[[BMT]] majlisi
|-
|24||{{KGZ}}||28.08.1995||[[Turkiy Kengash]]
|-
|23||{{RUS}}||08-10.05.1995||[[Ikkinchi jahon urushi]]dagi g'alabaning 50 yilligi
|-
|22||{{KOR}}||15-17.02.1995||oʻzaro hamkorlik
|-
|21||{{SWI}}||01.02.1995||[[Butunjahon iqtisodiy anjumani]]
|-
|20||{{HUN}}||05.12.1994||oʻzaro hamkorlik
|-
|19||{{CHN}}||24-26.10.1994||oʻzaro hamkorlik
|-
|18||{{JPN}}||16-19.05.1994||oʻzaro hamkorlik
|-
|17||{{SWI}}||27-31.01.1994||[[Butunjahon iqtisodiy anjumani]]
|-
|16||{{KGZ}}||16.01.1994||oʻzaro hamkorlik
|-
|15||{{IND}}||03-05.01.1994||oʻzaro hamkorlik
|-
|14||{{GBR}}||22-25.11.1993||oʻzaro hamkorlik
|-
|13||{{FRA}}||27-30.10.1993||[[MDH]] sammiti
|-
|12||{{USA}}||26-28.09.1993||[[BMT]] sammiti
|-
|11||{{RUS}}||06.08.1993|| [[MDH]] sammiti
|-
|10||{{TUR}}||06.07.1993|| oʻzaro hamkorlik, [[Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti]] sammiti
|-
|9||{{SWI}}||28.01.1993||[[Butunjahon iqtisodiy anjumani]]
|-
|8||{{BLR}}|| 22.01.1993|| [[MDH]] sammiti
|-
|7||{{FIN}}|| 10.07.1992||[[Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti]] sammiti
|-
|6||{{TUR}}|| 29.05.1992||oʻzaro hamkorlik
|-
|5||{{SAU}}|| 11-13.04.1992||oʻzaro hamkorlik
|-
|4||{{FIN}}|| 26.02.1992||[[Yevropada Xavfsizlik Va Hamkorlik Kengashining Yakunlovchi Hujjati]]
|-
|3||{{SWI}}|| 02.02.1992||[[Butunjahon iqtisodiy anjumani]]
|-
|2||{{TKM}}|| 14.12.1991||oʻzaro hamkorlik
|-
|1||{{RUS}}|| 29.10.1991||oʻzaro hamkorlik
|}

==Mukofotlar==
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning davlat mukofotlari<ref>[http://islomkarimov.uz/uz/page/premium-fond ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI]</ref>.

=== Oʻzbekiston ===
{|class="wikitable sortable"
!#
!Mukofot
!Sanasi
!Sabab
|-
|1||«[[O‘zbekiston Qahramoni]]» unvoni, «Oltin Yulduz» medali||05.05.1994||O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1048-XP-qarori asosida
|-
|2||«Mustaqillik» ordeni||29.08.1996 yil|| [[O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi]]ning 269-I-qarori asosida
|-
|3||«Amir Temur» ordeni||26.12.1997 yil||O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori asosida
|}

=== Sovet davridagi davlat mukofotlari ===
{|class="wikitable sortable"
!#
!Mukofot
!Sanasi
!Sabab
|-
|1||«Mehnat Qizil bayroq» ordeni||12.06.1981 yil||SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 5057-X-farmoni asosida
|-
|2||«Xalqlar do‘stligi» ordeni||29.01.1988 yil||SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 8409-XI -farmoni asosida
|}

=== Chet el davlatlari mukofotlari va faxriy unvonlari ===
{|class="wikitable sortable"
!#
!Davlat/Tashkilot va uning mukofoti
!Sanasi
|-
|1||Seuldagi [[Sogang universiteti]] ([[Koreya Respublikasi]]) Faxriy fan doktori||1992 yil, iyun
|-
|2||[[Al-Azhar universiteti]] (Misr) Faxriy doktor||1992 yil, dekabr
|-
|3||[[Jawaharlal Neru]] nomidagi universitet (Hindiston) Faxriy huquq doktori||1994 yil, yanvar
|-
|4||"Ruhoniyat" maʼnaviyatni qayta tiklashga ko‘maklashish assotsiatsiyasi (Qirg‘iziston) „Xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik uchun“ medali va diplomi||1994 yil, yanvar
|-
|5||[[Koreya Respublikasi]] Hukumati Katta „Mugunxva 2“ ordeni||1995 yil, fevral
|-
|6||[[Yevroosiyo xalqaro kikboksing federatsiyasi]] Xotira kubogi||1995 yil, mart
|-
|7||Xalqaro fan, sanoat, taʼlim va sanʼat akademiyasi (AQSh) Akademiya faxriy aʼzosi||1996 yil, yanvar
|-
|8||Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Oltin medal||1996 yil, fevral
|-
|9||[[UNESCO]] „Avitsenna“ oltin medali||1996 yil, aprel
|-
|10||[[Boku davlat universiteti]] (Ozarbayjon) Faxriy doktor||1996 yil, may
|-
|11||[[Osiyo Olimpiya kengashi]] Oltin medal||1997 yil, may
|-
|12||[[Qozog‘iston Respublikasi]] „Altin kiran“ („Oltin burgut“) ordeni||1997 yil, iyun
|-
|13||[[G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot akademiyasi]] (Rossiya) Faxriy fan doktori||1998 yil, yanvar
|-
|14||[[Rus pravoslav cherkovi]] nomidan [[Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasi]] I darajali Knyaz Daniil ordeni||1998 yil, fevral
|-
|15||[[Ukraina Respublikasi]] [[I darajali «Yaroslav Mudriy» ordeni]]||1998 yil, fevral
|-
|16||[[Aviatsiya va havoda suzish fanlari akademiyasi]] (Rossiya) Akademiki||1998 yil, dekabr
|-
|17||[[Fanlar oliy maktabi xalqaro akademiyasi]] (Rossiya) Akademik||1999 yil, may
|-
|18||[[Xalqaro havaskorlar kurash assotsiatsiyasi]] Oltin zanjir||1999 yil, may
|-
|19||Kurash bo‘yicha I xalqaro turnir (Rossiya) Kubok||1999 yil, sentyabr
|-
|20||"Ey-Ti-Pi" ([[Professional tennischilar assotsiatsiyasi]]) Billur raketka||1999 yil, sentyabr
|-
|21||"Fontis" universiteti (Niderlandiya) Faxriy doktor||2000 yil, sentyabr
|-
|22||[[O‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir]] (Rossiya) Kubok||2000 yil, oktyabr
|-
|23||M. Lomonosov nomidagi [[Moskva davlat universiteti]] (Rossiya) Faxriy professor||2001 yil, yanvar
|-
|24||Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi „Besh qitʼa belgisi“ oltin ordeni||2001 yil, iyul
|-
|25||„Ey-Ti-Pi“ (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur globus||2001 yil, sentyabr
|-
|26||Merilend universiteti (AQSh) Faxriy yorliq va oltin medal||2002 yil, mart
|-
|27||Yahudiylar milliy markazi (AQSh) Terrorizmga qarshi kurashdagi ulkan hissasi uchun „Xalqaro yetakchi“ mukofoti||2002 yil, mart
|-
|28||Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) Davlatni boshqarish sohasidagi xizmatlar eʼtirofi mukofoti||2002 yil, mart
|-
|29||[[Xalqaro kurash assotsiatsiyasi]] Oltin orden||2002 yil, aprel
|-
|30||[[Vaseda universiteti]] (Yaponiya) Faxriy huquq doktori||2002 yil, iyul
|-
|31||Alkada de Enares universiteti (Ispaniya) „Sisneros“ medali va faxriy diplom||2002 yil, avgust
|-
|32||Litva Respublikasi Buyuk Vitautas ordeni ||2002 yil, sentyabr
|-
|33||Budapesht shahri meriyasi (Vengriya) Budapesht shahri „Oltin kalit“i||2002 yil, oktyabr
|-
|34||[[Soka universiteti]] (Yaponiya) Faxriy doktor||2002 yil, dekabr
|-
|35||Ispaniya qiroli „Fuqarolik xizmatlari uchun“ ordeni||2003 yil, yanvar
|-
|36||Ispaniya Senati Medal va Ispaniya Konstitutsiyasining 1978 yilgi nusxasi||2003 yil, yanvar
|-
|37||Madrid shahar meriyasi (Ispaniya) Madrid shahri „Oltin kalit“i||2003 yil, yanvar
|-
|38||[[Sorbonna universiteti]], [[Parij-Syud universiteti]] (Frantsiya) Prezidentlik faoliyati uchun faxriy diplomi||2003 yil, yanvar
|-
|39||„Andrey Pervozvanniy“ fondi (Rossiya) „Andrey Pervozvanniy“ oltin ordeni||2003 yil, may
|-
|40||Polsha Respublikasi „Xizmatlari uchun“ I darajali ordeni||2003 yil, iyul
|-
|41||Gruziya Respublikasi „Zolotoye runo“ ordeni||2003 yil, oktyabr
|-
|42||Bolgariya Respublikasi „Stara Planina“ ordeni||2003 yil, noyabr
|-
|43||„Rossiya kon sanoatchilari“ konchilik fanlari akademiyasi (Rossiya) Konchilik fanlari akademiyasining faxriy aʼzosi, „Rossiya konchisi“ oltin belgisi||2004 yil, fevral
|-
|44||T. Shevchenko nomidagi Kiev milliy universiteti (Ukraina) Universitet faxriy doktori||2004 yil, aprel
|-
|45||Xalqaro mukofotlar fondi (Latviya) „Karomatgo‘y muqaddas Nikolay“ oltin ordeni||2004 yil, aprel
|-
|46||Seul shahri meriyasi (Koreya Respublikasi) Seul shahri faxriy fuqarosi||2006 yil, mart
|-
|47||[[UNESCO]] „Borobodur“ oltin medali||2006 yil, sentyabr
|-
|48||YuNESKO „Aristotel“ oltin medali||2007 yil, avgust
|-
|49||YuNESKO „Buyuk ipak yo‘li“ oltin medali||2007 yil, oktyabr
|-
|50||Turkmaniston „Xormatli il yashulusi“ faxriy unvoni||2008 yil, oktyabr
|-
|51||Latviya Respublikasi „Uch yulduz“ ordeni||2008 yil, oktyabr
|-
|52||Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) O‘zbekiston Respublikasini davlat tomonidan samarali boshqariladigan bozor iqdisodiyotiga barqaror o‘zgartirishni taʼminlaganlik uchun faxriy mukofoti||2011 yil, fevral
|-
|53||Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) Do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun“ mukofoti||2012 yil, avgust
|-
|54||G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot universiteti „Universitet oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy ko‘krak nishoni||2013 yil, yanvar
|-
|55||Serbiya Respublikasi II darajali „Serbiya Respublikasi ordeni“||2013 yil, fevral
|-
|56||Latviya Respublikasi „Eʼtirof xochi“ ordeni||2013 yil, oktyabr
|-
|57||Gruziya Respublikasi „Jasorat“ ordeni||2013 yil, oktyabr
|-
|58||Turkmaniston Mahtumquli nomidagi xalqaro mukofot||2014 yil, oktyabr
|-
|59||„Natsistlarga qarshi urush jangchilari va partizan-nogironlari ittifoqi“ tashkiloti (Isroil) „II jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi“ yubiley medali||2015 yil, mart
|-
|60||Xalqaro olimpiya qo‘mitasi „Sport va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun“ medali||2015 yil, iyun
|-
|61||Osiyo milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi O‘zbekiston va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashi mukofoti||2015 yil, iyun
|-
|62||Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) „Xizmatlari uchun“ ordeni||2015 yil, iyul
|}

== Vafoti ==
{{asosiy|Islom Karimov vafoti}}
[[Oʻzbekiston]]ning birinchi [[O'zbekiston respublikasining prezidenti|prezidenti]] [[Islom Karimov]] 2016-yil 2-sentabrida [[Toshkent vaqti]] bilan soat 20:55 da [[Toshkent]] shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va [[poliorgan yetishmovchiligi]]ga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi ([[insult]]) oqibatida vafot etdi.<ref name="uza02092016">{{cite news|url=http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-oliy-mazhlisi-va-zbekiston-respublika-02-09-2016|title=Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг ахбороти|publisher=[[UzA]]|date=02.09.2016}}</ref>

== Xotirasi ==
[[Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti]] [[Shavkat Mirziyoyev]]ning [[2017-yil]] [[25-yanvar]]dagi qaroriga<ref>[http://uza.uz/uz/documents/o-zbekiston-respublikasining-birinchi-prezidenti-islom-abdug-25-01-2017 Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori]</ref> asosan, quyidagilar:

* 2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi;
* [[Toshkent shahri]], [[Yashnobod tumani]]ning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidga “[[Islom ota jomeʻ masjidi]]” deb nom berildi;

Shuningdek:
* O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
* Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan:
* Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
* O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish;
* Toshkent shahridagi [[Oqsaroy]] qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish<ref>[http://islomkarimov.uz/uz/ Oqsaroydagi me'moriy majmua]</ref>;
* Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;

quyidagi muassasa va obyektlarga:

* [[Toshkent davlat texnika universiteti]]ga;
* [[Asaka]]dagi [[GM Uzbekistan|avtomobil zavodiga]];
* Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga;
* [[Toshkent xalqaro aeroporti]]ga;
* Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
* har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish;
* oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat [[stipendiya]]sini joriy etish;
* Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
* Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi.

== Mukofotlari ==
Karimov suveren va mustaqil Oʻzbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni taʼminlash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qoʻshgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun "[[Mustaqillik ordeni|Mustaqillik]]" ([[1996]]), [[Amir Temur ordeni|Amir Temur]] ([[1998]]) ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.

== Adabiyot ==
* Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;
* Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;
* Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;
* Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekistan Prezidenti, T., 1996;
* Levitin L., Узбекистан на историческом повороте, M., 2001;
* Серия вожди народов — XX век, M., 1996;
* Sharifxodjayev M., Формирование открытого гражданского общества в Узбекистане, T., 2002;
* Amerikaga tashrif — Визит в Америку, T., 2002.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>

== Manbalar ==
{{manbalar}}

== Havolalar ==
* [http://www.press-service.uz/uz/section.scm?sectionId=6273 Islom Karimov tarjimai holi] ''www.press-service.uz''
{{vikiiqtibos}}

[[Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar]]
[[Turkum:Oʻzbekiston qahramonlari]]
[[Turkum:Islom Karimov]]
[[Turkum:Mustaqillik ordeni sohiblari]]
[[Turkum:Amir Temur ordeni sohiblari]]
[[Turkum:Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston qahramonlari]]
{{Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari}}
{{Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar}}
{{Oʻzbekiston yetakchilari}}
{{DEFAULTSORT:Karimov, Islom}}

Версия от 21:16, 1 октября 2018