Ispan tili

Материал из УзЭнц
Ispan tili
Milliy nomi: -{Español, castellano}-
Mamlakatlar: Ispaniya, Meksika, AQSH, Janubiy Amerikadagi bir qancha davlatlar
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: 21 ta davlatda rasmiy til sifatida qabul qilingan
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: ona tili sifatida 329[1] milliondan 400[2][3][4] million kishigacha.
Ona tili yoki ikkinchi tili sifatida esa 500 million kishi [5]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Hindyevropa
Alifbosi: lotin
Til kodlari
-{ISO 639-1 es}-
-{ISO 639-2 spa}-
-{ISO 639-3 spa}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Ispan tili — ispanlar tili. Hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. I. t.da 320 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi (1990). Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 mamlakatning (Peruda kechua, Boliviyada kechua va aymara, Puerto — Rikoda ingliz tili b-n bir qatorda) rasmiy tili. Filippin va AQSH ning jan.-gʻarbida ham tarqalgan. Jonli lotin tili asosida shakllangan, koʻp dialektli, lugʻati tarkibida arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina, Ispan adabiy tiliga kastil dialekti asos qilib olingan. Shuning uchun I. t. 15-a. gacha "kastil tili" deb ham atalgan. I. t.ga oid dastlabki yozuv namunalari 10— 11-a.larga oid rasmiy hujjatlarda uchraydi. I. t. tovush qurilishi uchun 5 unli, diftong va triftonglar xos. Ur-gʻuning oʻrni qatʼiy emas. Ot va sifat turlanmaydi, jins va son kategoriyalari, artiklning 3 turi (aniq, noa-niq va nol) mavjud. Faqat kishilik olmoshlarigina turlanadi. Gapda soʻzlar tartibi nisbatan erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida. I. t. — BMTning olti rasmiy va ish yuritish tilidan biri.[6]

Manbalar[править | править код]

  1. Ispan tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni. 2009-yil 14-avgust.
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[править | править код]