Italiya

Материал из УзЭнц
Italiya Respublikasi'
Italiya davlat bayrogʻi   Italiya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Repubblica Italiana
Italyancha: Italyancha Italiya Respublikasi
Madhiya: Il Canto degli Italiani
(the Song of the Italians)
Italiya Xaritasi
Italiya Xaritasi
Poytaxt Rim
Rasmiy til(lar) Italyan
Hukumat Parlamentlik Respublika
 • Prezident Sergio Mattarella
 • Bosh Vazir Matteo Renzi
Asoslash   Italiya Qirolligi birlashishi
 • Sana 17 mart 1861
Maydon  
 • Butun 301,230 -{km²}- (70-)
 • Suv (%) 2.4
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 58,103,033 (23- oʻrin)
 • Zichlik 192 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$1,651,000 mil. (8-)
 • Jon boshiga AQSh$28,415
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-+1)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-+2)
Qisqartma -{IT}-
Internet domen -{.it}-
Telefon prefiksi +39

Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) — Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin ya.o., Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Maydon 301,2 ming km2. Aholisi 60,92 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jixatdan 20 viloyat (regione)ra boʻlinadi. Poytaxti — Rim shahar.

Davlat tuzumi[править | править код]

Italiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 yil 22 dekabrda qabul qilingan va 1948 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (1999 yil maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.

Tabiati[править | править код]

Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin ya.o.ning jan.da pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shim.da Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m — Italiyaning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi — Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari jan.da joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin ya.o. boʻylab 1200 km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata — 1734 m, Vezuviy — 1277 m) bor. I. orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning oʻrta va jan. qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi.

Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. I. simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (tempaturasi 100—200°) bulok, koʻp.

Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shim.dan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20—28°, baʼzan issiq shamol esganda 40—45° ga koʻtariladi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin ya.o. va orollarda 1 — 12°. Sharqiy Alp va Shim. Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600–800 mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining I. hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.

Eng yirik daryosi — Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shim. qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp.

Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloklari bor. Apennin ya.o., Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500–600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar usadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloklari bor.

Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. — jami mayd. 200 ming ga.

Aholisining 98% dan koʻprogʻi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili — italyan tili. Asosiy din — katolik dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Rim, Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo.

Tarixi[править | править код]

Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro sh. yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogʻi yaqinidagi Barma-Grande gʻoridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat beradi. Shim. Italiyada jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, oʻrta Italiyada unga turdosh boʻlgan madaniyatlar nishonalari juda koʻp. Temir davrshxa Italiya hududida paydo boʻlgan bir qancha madaniyatlar koʻpgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakchi boʻlgan. Mil. av. 2—1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha boshlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub boʻlgan sabinlar bilan birga lotinlar Rimga asos solganlar (mil. av. 754—53-yillar). Mil. av. 5—3asrlarda I. hududi qad. Ashning asosiy qismi boʻlgan. Mil. 5-a.gacha, yaʼni Italiya Rim davlati tarkibiga kirgan davrgacha boʻlgan Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tu-zumi shakllanganligi haqida Qad. Rim maqolasiga qarang .

Mil. 3-asrda, asosan, I. hududidan iborat boʻlgan Rim imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi Rim imperiyasi davrida butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi. 4—5-asrda I.ga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar Rim imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-a. boshlarida I.ga kirib kelgan vestgotlar 413 yilda Rimni ishgʻol qildilar. 455 yilda Rim vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-a.da german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy Rim imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati oʻrnatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554 yil Italiyani Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 yil Pragmatik sanksiya chiqardi, bu qujjat Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568 yilda Shim. I.ga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo Rimdagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. Rim xususiy mulkchiligi taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751 yilda langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556 yilda franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, Rim dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach, papalarning te-okratik davlati (Papa viloyati) tarkib togshi. 773—74 yillarda Italiyani franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda I. qirolligi tashkil topdi. Buyuk Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl sulolasidan boʻlgan Karl III agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida I. taxti uchun kurash avj oldi. 9-a.da I.ga jan.dan arablar, shim.dan vengerlar hujum qildi. 10-a.ning 2-yarmidan 12-a. boshlarigacha Italiyaning koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10—11-asrlarda Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 — 12-asrlarda I. shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari—sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach, hokimiyat senordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining , boy savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va I. iqtisodiyotining rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boʻldi, bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat shakli — respublika tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi. Shim. va Oʻrta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu qismida 11 —12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib keldi. 12—13-asrlarda I. shaharlarining qoʻllab-quv-vatlashi bilan qishloq kommunalari vujudga kela boshladi, ular oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan ozod boʻlishlari b-noq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12—13-a.da Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi I.ga bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158 yilda imperator chiqargan Ronkal qaroriga bino-an I. kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida I. shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi. 1162 yilda german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy markazi boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167 yilda Shim. I. shaharlari birlashib, "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy oʻzligini anglash unsurlari paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183 yil Konstansa sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar.

11-asrda Jan. Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik munosabatlari Shim. va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi. 13-a.da ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz xukmronligini bu-tun I.ga yoyishga behuda urindi. 13-a. 60-yillarda Jan. I. oʻziga Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282 yildagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-asr oxiri — 14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15-asr oʻrtalarida Jan. Italiyani ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu tariqa I. jan. is-panlar xukmronligi ostiga oʻtdi.

13-asrda Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shim. va Oʻrta Italiyadagi ilgʻor shaqar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut toʻqish ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya). Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantirish uchun foydalanildi. Hunarmandchilikning kengayishi shahar-davlatlarning oʻziga qarashli hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy qaramlik) dan ozod qilishiga imkon berdi. Deh-qonlarning koʻpchiligi shaharlarga koʻchib, ustaxonalardagi yollanma ishchilar safini toʻldirdi. Shim. va Oʻrta I. shaharlarida savdogarhunarmandlar bilan zamindorlar oʻrtasida shiddatli kurash natijasida zamindorlar siyosiy huquqlaridan mahrum boʻldilar.

Shim. va Oʻrta Italiya shahar va qishloklarida i. ch. kuchlarining jadal rivojlanishi tufayli 14—16-asrlarda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi va rivojlani-shiga olib keldi. 14-a. Shim. va Oʻrta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma ishchilar necha oʻn minglab ki-shiga yetdi, asosan movut toʻqimachiligida manufaktura paydo boʻldi. 14—15-asrlarda xalq qoʻzgʻolonlari kuchayib borishidan choʻchigan "semiz" popolanlar shaharlarda respublika idora usulini tiraniya bilan almashtirdilar. 15-a.da Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-a. 2-yarmida Italiyada reaksiya kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada maʼrifatparvarlik oqimini keltirib chiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanishi va maʼrifatparvarlik harakati I. tarixida yangi davr — chet el hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab boʻldi. 1789 — 94 yillarda Fransiyada boʻlib oʻtgan inqilob Italiyadagi inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham yakobinchilar harakati paydo boʻldi. 1796—97 yillardagi Napoleon yurishidan soʻngI. Respublikasi (1797) tuzildi. 1799 yil A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini Italiyadan surib chikardi. Lekin 1800 yil Napoleon armiyasi I.ga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qoʻshib olindi, Sizalpin (1802 yildan I.) Respublikasi I. qirolligiga aylantirildi (Napoleonning oʻzi imperator edi). Shunday qilib, butun I. (Sardiniya va Sitsiliya o.laridan tashkari) Fransiya qoʻl ostida birlashtirildi. 1814 yildan Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi (1814—15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va koʻplab qirolliklarga boʻlinganligini rasmiylashtirdi. 19-a. 40-yillaridan Lombardiya, soʻngra Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi.

1848—49 yillarda inqilob sodir boʻldi. Fransiya, Avstriya hamda I. zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860 yil may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy yurish Italiyani birlashtirishda muhim rol oʻynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga birlashtirildi, 1861 yildan Pyemont birlashgan I. qirolligi deb yuritildi. 1870 yilga kelib I. birlashtirib boʻlindi va u bosqinchilik yoʻlini tuta boshladi. I. Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzdi (1882). I. qoʻshinlari 1889—90 yillarda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbagaduch keldi. 1911 — 12 yillardagi I.turkiya urushi natijasida I. Liviyani bosib oldi. 1916 yil 27 avg .da I. Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. Urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Urushning ogʻir oqibatlari va iqtisodiy tanglik Italiyada gʻalayonlar boshlani-shiga olib keldi. Ayniqsa, Turin ishchilarining qoʻzgʻoloni juda kuchli boʻldi. Inqilobiy kuchlarning tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922 yil 31 dek.da B. Mussolinini keltirib qoʻydi. Mussolini hukumati demokratik kuchlarga qarshi kurash boshladi. 1929—33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni I. iqtisodiyotini mushkul ahvolga solib qoʻydi. Shunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi urushga hozirlik koʻra boshladi. 1935 yil 3 okt.da I. urush eʼlon qilmasdan Efiopiyaga hujum boshlab, 1936 yilning may oyida uni va 1939 yilda Albaniyani bosib oldi. I. Millatlar Ittifoqidan chiqib, "Antikomintern pakti"ga qoʻshildi (1937) va gitlerchilar Germaniyasining asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940 yil okt.da I. Gretsiyaga, 1941 yil apr.da Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941 yil 22 iyunda I. sobiq SSSRga urush eʼlon qildi, shar-qiy frontga italyan ekspeditsion korpusi (1942 yildan armiya)ni yubordi. Lekin 1943 yil I. qoʻshinlari sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qoʻ-shinlari bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va hukumatning marshal P. Badolo koʻliga oʻtishiga sabab boʻldi (1943 yil 25 iyul). Badolo Angliya-Amerika qoʻmondonligi bilan yarash (soʻzsiz taslim boʻlish) shartnomasiga yashirincha imzo chekdi. Bundan xabardor boʻlgan Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq qoʻgʻir-choqhukumat tuzdi. 1943 yil kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1944 yil apr.da barcha antifashist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat (Badolo boshliq) tuzildi. Umumxalq qurolli koʻzgʻoloni natijasida 1945 yil apr.da mamlakat fashistlardan ozod boʻldi. 1946 yil 2 iyunda respublika eʼlon qilindi.

Italiya—1945 yildan BMT aʼzo-si. 1992 yil 10 yanv.da OʻzR suve-renitetini tan oldi va oʻsha yil 24 martda diplomatiya munosabati oʻrnatdi. Milliy bayrami — 2 iyun — Respublika eʼlon qilingan kun (1946); 1977 yildan 2000 yilgacha iyunning birinchi yakshan-basida nishonlangan.

Trir shahri devorlarining shi-moliy darvozasi (qurilish 180 yilda boshlangan, ammo nihryasiga yetmagan).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[править | править код]

"Olgʻa, Italiya" partiyasi, 1993 yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996 yil partiyaga aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848 yilda asos solingan, 1944 yilda kayta tiklangan,1994 yil martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya Xalq partiyasi, tugatilgan Xristiandemokratik partiya negizida 1994 yil 18 yanv.da rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991 yil tashkil etilgan; Italiya respublikachilar partiyasi, 1832 yildan faoliyat koʻrsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947 yilda tuzilgan, 1966 yilda Sotsialistok partiya bilan qoʻshilgan, 1969 yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya sosialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994 yil tuzilgan;Italiya sotsialistok partiyasi, 1892 yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906 yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948 yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950 yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi[править | править код]

Italiya — yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%, q.x. ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5 mln. kishi q.x.da band.

Sanoatida ogʻir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o.da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan sh.lari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta)da va neft mahsulotlari eng koʻp ishlatiladigan shaharlar (Milan va b.)da. Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola, farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk i.ch. yuqori darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont — anʼanaviy toʻqimachilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari — un, makaron, pishloq, qand-shakar, kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) i.ch.dir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal i.ch. rivoj topgan. Hunarmandchilikka ayniqsa katta eʼtibor beriladi.

Qishloq xoʻjal i gi ning yetakchi tarmoklari — dehqonchilik (58%) va chorvachilik (42%). Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib, ekin ekiladi, 11% bogʻ, tokzor va zay-tunzor, 19,2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari — bugʻdoy, makka-joʻxori, suli, arpa, sholi. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino i.ch. hajmi jihatidan I. dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida turadi. I. yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil hoʻl meva beradi, uning salkam 60% mamlakat shim.dagi ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Jan. viloyatlarda bodom, yongʻoq, fundukzorlar koʻp. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna (uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi), sitrus mevalar xrsili yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Chorvachiliqsa qoramol (8,8 mln. bosh), choʻchqa (9,6 mln. bosh) va qoʻy (12,2 mln. bosh) boqiladi. Mamlakat shim.da sut va goʻsht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi rivojlangan.

Transporti[править | править код]

Yoʻlovchilarning 90% dan koʻprogʻi, yuklarning 80% dan ortigʻi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. —304 ming km, t.yil uz. — 19,6 ming km. Chetga yuboriladigan va chetdan olinadigan yuklarning aksariyati dengiz transporti orqali tashiladi (eksport kjlarining 60—65%, import yuklarining 80-90%). Asosiy dengiz portlari: Genuya, Triyest, Venetsiya, Neapol.

I. — xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri (yiliga 50 mln.dan koʻproq sayyoh kelib ketadi).

Tashqi savdosi[править | править код]

I. iqtisodiyoti koʻp jihatdan tashqi savdoga bogʻliq. I. chetga sanoat mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va q.x. mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan neft, koʻmir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yogʻoch, qogʻoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi — lira.

Tibbiy xizmati[править | править код]

Italiyada davlat davolash muassasalaridan tashqari xususiy shifokorlik ham keng tarqalgan. Shifokorlar un-tlarning 27 tibbiyot ftida tayyorlanadi. Kurortlar, ayniqsa, maʼdanli suv va loy-balchikdar vositasida davolovchi sanatoriy koʻp. Eng mashhurlari: Montekatini-Terme, Fyuji, Salsomajore, Kastellammare-di-Stabiya, AbanoTerme, Kapri.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Italiyadagi zamonaviy xalq taʼlimi tizimi 19-a.ning 2-yarmidan tarkib topa boshlagan. 1859 yilda 6—9 yoshdagi bolalarning majburiy taʼlimi toʻgʻrisida qonun (Kazati qonu-ni) qabul qilingan edi. Italiyada 6—14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga, asosan, diniy tashkilotlar taʼminotidagi xususiy maktablar ham mavjud. Xalq taʼlimi tizimiga quyidagilar kiradi: 3—5 yoshli bolalar uchun majburiy boʻlmagan maktabgacha tarbiya muassasalari, majburiy maktablar (6— 11 yoshli bolalar uchun 5 yillik boshlangʻich va 3 yillik quyi oʻrta maktab), majburiy maktab negi-zida oʻrta umumiy taʼlim va hunar taʼlimi beradigan toʻliqoʻrta umumiy taʼlim maktablitseylari (5 yil taʼlim beradigan mazkur oʻquv yurtini bitirganlar un-tga kirish huquqini oladi), oʻrta ped. oʻquv yurtlari (boshlangʻich maktab muallimlarini tayyorlovchi 4 yillik oʻqituvchilar in-tlari va maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarini tayyorlovchi 3 yillik ped. maktablari), hunar oʻquv yurtlari (malakali ishchilarni tayyorlovchi 3 yillik hunar in-tlari, oʻrta texnika maʼlumotli xodimlarni tayyorlovchi texnika in-tlari), oʻrta badiiy va musiqa oʻquv yurtlari, oliy oʻquv yurtlari (un-t va oliy maktablar). Italiyada 27 ta un-t, 50 dan ortiq davlat va xususiy oliy maktablari hamda xususiy un-tlar bor. Yirik un-tlari: Bolonya un-ti, Rim unti, Neapol un-ti, Milan, Bari, Genuya va b. shaharlardagi un-tlar. Italiyada 150 yirik kutubxona, jumladan, Rimda 31, Milanda 19, Neapolda 19, Florensiyada 9, Turinda 6 kutubxona bor. 170 dan ortiq muzey va rasm galereyalari mavjud. Eng mashhurlari: Rimdagi Milliy muzey, Julia muzeyi va villasi, Borgeze muzeyi va galereyasi, antik sanʼat galereyasi, zamonaviy sanʼat milliy galereyasi, Florensiyadagi Milliy muzey, arxeologiya muzeyi, rasm galereyasi (jumladan, Uffitsi galereyasi), Messina, Neapol, Palermo, Peruja, Venetsiyadagi muzeylar.

Tadqiqotlar milliy kengashi (1923) atom energiyasi masalalaridan tashqari barcha fan sohalarini boshqaradigan va unga rahbarlik qiladigan asosiy davlat tashkilotidir. Unga i.t. institut va tadqiqot markazlari, lab. lar boʻysunadi. Kengash Italiyaning xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshiradi. Atom energiyasi Milliy komiteti atom energiyasi sohasidagi tadqiqot ishlarini boshqaradi. Italiyada bir necha akademiya, jumladan, Dei Linnei milliy akademiyasi, Milandagi tabiiy fanlar va adabiyot akademiyasi (1803), Palermo, Turin, Rim va b. shaharlarda Tibbiyot FAlari bor. Un-tlar qoshida ilmiy muassasalar ishlaydi. Yadro fizikasi milliy in-ti mamlakatda shu sohada olib boriladigan barcha tadqi-qot ishlarini birlashtiradi. 20 dan ziyod in-tda q.x. fanlari sohasida tad-qiqot olib boriladi. Sogʻliqni saklash vazirligi biol., kimyo, farmakologiya, gigiyena va b. sohalardagi ishlarni na-zorat qilib turadi. Italiyada ayrim xalqaro tadqiqot markazlari — Neapolda Genetika va biofizika in-ti, Triyestda Nazariy fizika markazi, Ud ineda Mexanika markazi, Isprada Yadro tad-qiqotlari markazi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Italiyada bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Eng yiriklari: "Messajero" ("Xabarchi", kundalik gaz., 1878 yildan), "Korryere della sera" ("Kechki xabarnoma", kundalik gaz., 1876 yildan), "Stampa" ("Matbuot", kundalik gaz., 1868 yildan), "Diskussio-ne" ("Bahs", haftalik jur., 1953 yildan), "Mondo operayo" ("Ishchi dunyo-si", haftada 2 marta chiqadigan jur., 1948 yildan), "Panorama" (haftalik jur., 1962 yildan), "Unita" ("Birlik", kundalik gaz., 1924 yildan), "Repubbli-ka" ("Respublika", kundalik gaz., 1976 yildan). Italiyada 1924 yildan radioeshittirish, 1954 yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. I. radioeshittirish va tele-koʻrsatuvlar xizmati — RAI-TV 1924 yilda tashkil etilgan. Ajensiya Natsionale Stampa Assochata (ANSA) axborot agentligi 1945 yildan, Ajensiya Jornalistika Italia (AJI) axborot agentligi 1950 yildan beri ishlaydi.

Adabiyotining ilk namunalari oʻrta asrlarda lotin tilida yaratilgan (asosan, liniy qasidalar, afsonalar, voqeiy qissalar toʻqilgan). Italyan adabiyotida antik yunon va rim adabiyoti anʼanalari va sharq madaniyatining taʼsiri kuchli boʻlgan. 12—13-asrlarda xalq tilida diniy va dunyoviy adabiyot namunalari ("Novellino", "Yetti do-nishmand kitobi" va b.) yaratildi. 13-a.da tashkil topgan "Yoqimli yangi us-lub" falsafiy sheʼriyat maktabi namoyandalari (G. Gvinitselli, G. Kavalkanti, Chino da Pistoya, D. Freskobaldi) chin muhabbatni kuyladilar. I. adabiyotining buyuk vakili Dante ijodi shu maktab taʼsirida shakllan-di va rivoj topdi. Uning ijodi italyan adabiyoti va adabiy tilini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Italiyada gumanistik dunyokarash va yangi adabiyot erta vujudga keldi. F. Petrarka, J. Bokkachcho, L. Ariosto va b. adiblar istibdodni, diniy jaholatni fosh etdilar. U rta asrlarda Italiyada komediya janri rivojlandi. Bu janrda B. Bibbiyena, N. Makiavelli, P. Aretino ajoy-ib asarlar yaratishdi.

16-a. boshlarida milliy adabiy til shakllandi, adabiyotda gumanistik dunyoqarash hukmronlik qildi, yangi adabiy janrlar paydo boʻldi. Ammo 16-a. 2-yarmida mamlakatda roʻy bergan umumiy tanazzul taʼsirida reaksiya kuchaydi. Mikelanjelo Buonarroti, J. Bruno, T. Tasso va b. adiblar gumanizm anʼanalarini davom ettirdilar. 17-a.da formalistik oqimlar, barokko uslu-bi qaror topdi. 18-a.da "niqoblar ko-mediyasi"ninghimoyachisi K. Gotssi yangi asarlari bilan maydonga chikdi. K. Goldoni milliy realistik komediya janri nazariyasini va oʻnlab ajoyib komediyalarni yaratdi.

18-a. oxiri va 19-a. boshlarida I. adabiyotida inqilobiy klassitsizm oqimi ustunlik qildi. V. Alfyeri jangovar tragediyalar ("Brut I", "Brut II", "Saul" va h.k.) yaratdi. Napoleon yurishlari davrida vatanparvarlik ruhidagi adabiyot yuzaga keldi (U. Foskoloning roman, tragediyalari). A. Mandzoni romanlari ("Ozodlik tantanasi", "Beshinchi may" va b.)da mehnatkash xalq vakillarining mardonavor kura-shi, shoir J. Leopardi asarlari ("Italiyaga", "Axloqiy lavhalar" kabi toʻp-lamlar)da I. xalqining musibatli qayoti tasvirlandi. 19-a. 30-yillaridan adabiyot milliy ozodlik kurashi goyalarining targʻibotchisi boʻlib xizmat qildi. Budavrda, ayniqsa, tarixiy roman, romantik drama, sheʼriyat keng rivoj topdi.

I. milliy mustaqillikka erishgandan soʻng ham adabiyotda milliy ozodlik uchun kurash anʼanalari davom etdi (R. Jovanolining "Spartak" romani va b.). Verizm (I. naturalizmi) oqimining namoyandalari — J. Kaduchchi, J. Verga, M. Serao, G. Deledda, L. Pi-randello va b. oʻz asarlarida mehnat-kash xalq hayotini haqqoniy aks ettirdilar. 19-a. oxirlarida I. adabiyotida tushkunlik ruhidagi neoromantizm, futurizm oqimlari paydo boʻldi. 1-jahon urushidan keyin mamlakatda fa-shistlar diktaturasi oʻrnatilgach, de-mokratik adabiyot va matbuot taqiqlanib, fakat "sof sanʼat" ruhidagi asarlar nashr etildi. 30-yillar oxiridan I. demokratik adabiyoti yana rivojlana boshladi. 2-jahon urushi yillarida Qarshilik koʻrsatish harakati milliy madaniyat va adabiyot rivojiga madad berdi.

Urushdan keyingi yillarda I. adabiyotida bir qator yosh shoir va adiblar (I. Kalvino, M. Venturi, J. Vas-sani, D. Pea va b.) paydo boʻldi. Neorealizm yetakchi oqimga aylandi. 60—90 yillarda realistik adabiyot yangi bosk,-ichda rivojlandi. Uning yirik vakillari — V. Pratolini, A. Moravia, I. Kalvino, L. Shashi, M. Venturi, L. Malebra, S. Kvazimodo, E. Montale, D. Fo va b. I. adabiyoti rivojiga sal-mokli hissa qoʻshdilar. K. Goldoni ("Ikki boyga bir malay"), K. Gotssi ("Baxtli gado"), R. Jovanoli ("Spartak"), Sh. Perro ("Qizil qalpoqcha"), J. Rodari ("Salom bolalar"), Dante, J. Bokkachcho va b.ning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Meʼmorligi[править | править код]

Etrusklar va Qad. Rim meʼmorlik ansambllari va uy-joy binolari Italiyaning eng kad. meʼmoriy obidalaridir (q. Rim). Ilk oʻrta asrlardan Rimdagi bazilika (Santa-Mariya Majore, 5-a., Santa Anessa, 7-a.,) va markazi gumbazli cherkovlar (San-Stefano Rotondo, 5-a.), shuningdek, Ravenna yodgorliklari majmuasi va b. yodgorliklar saklangan. 11 —13-asrlarda roman uslubida barpo qilingan binolar vujudga keldi (Milandagi Sant-Ambrojo bazilikasi, 11a., Aretssodagi Santa-Mariya della Pove cherkovi, 12-a. va b.). Ayrim insho-otlarda Vizantiya meʼmorligining taʼsiri seziladi (Venetsiyadagi avliyo Mark sobori, 11-a., Palermodagi sobor). 11 —12-asrlarda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. meʼmorlik anʼanalari uslubida barpo etilgan. Shaharlarning tez surʼatlar bilan rivojlanishi mahobatli diniy-maʼmuriy binolar bilan bir qatorda shahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari, ratushalar qurishni ham taqozo etdi. 13—14-asrlarda gotika rivoj top-di (Milan, Orvyeto, Florensiya soborlari). Katta shaharlar vujudga kela boshlagach, qurilishning yangi tamo-yillari paydo boʻldi (jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat bilan qarala boshladi). B. Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinola va b. atokli meʼmorlar Rim va Venetsiyada mahrbatli binolar barpo qildilar. Barokko meʼmorlari (16-a.) koʻp shaharlarda badavlat xonadonlar uchun ulkan ansambllar, shaxsiy qoʻrgʻonlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar. Binolarning hashamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi (L. Ber-nini, F. Borromini). Rimdagi avliyo Pyotr sobori bilan Navon maydoni (16— 17-asrlar) goʻzal meʼmoriy ansambllardan hisoblanadi. 18-a.dan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol sh.laridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. 20-a.da modernizm (Turindagi koʻrgazma zali), neoklassitsizm (Rimdagi sport markazi), 60-yillardan esa organik meʼmorlik ta-moyillari shakllandi. Zamonaviy maʼ-muriy inshoot va binolar qurishda sathning kengligi va qulayligiga, yangicha yechimlarga alohida ahamiyat berildi (Rimdagi Termini vokzali, sport saroyi, Paduyadagi I. banki binosi).

Tasviriy sanʼati[править | править код]

I. hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi qoya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari). Jez davrida (mil. av. 2ming yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8— 2-asrlardan etrusklar yodgorliklari maʼlum. Mil. av. 8—6-asrlardan I. Kds. Yunon, mil. av. 5-a.dan mil. 5-a.gacha Kdd. Rim madaniyati va sanʼatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Oʻrta asrlarda diniy afsonalar asosidagi asarlar paydo boʻldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanʼatiga yaqin mozaika rasmlari yaratildi. 12-a. oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi manzarali haykaltaroshlik tarqaldi. 13—14-asrlarda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-a.dan Uygʻonish davri realistik sanʼati taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga koʻproq murojaat qila boshladilar: Rassom va haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda oʻrganib, ajoyib sanʼat namunalarini yaratdilar (Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va b.). 15—16asrlarda moyboʻyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr dekoratsiyasi sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. 16-a. oxiri va 18-a.da serhasham va dabdabali barokko uslubi (haykal-tarosh L. Bernini, rassomlardan Pyetro da Kortona, L. Jordano) qaror topdi. 16-a. oxirlarida paydo boʻlgan akademizm (aka-uka Kar-rachchi) va manyerizm (haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no,.A. Bronzino) sanʼati hukmronlik qildi. 18-a. Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi) hayotiy kuzatishlar kuchliligi bilan koʻzga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-a. 2-yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinchalik maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori, T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash mavzularida ijod qildilar. 2-jahon urushidan keyin syurrealizm, abstrakt sanʼat avj olib ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy namunalariga qarshi kurashda realistik sanʼat namoyandalarining ijodi kamol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu, rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-tuygʻularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar.

Musiqasi[править | править код]

I. — mashhur ashulachilar, opera, zamonaviy nota yozuvi va fortepiano vatani. Uvertyura, simfoniya, kantata va b. musika janrlari Italiyada yara-tilgan. Barkarola, gondolyera, frotol-la, vilanella kabi qoʻshiq turlari, galyarda, sitsiliana, tarantella raqslari folklor asosida paydo boʻlgan. Xalq musiqasining boy manbalari cherkov va I. professional musiqasiga zamin boʻlgan. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa rivojlandi. 14-a.da Are Nova maktabi, 15—16-asrlarda musika akademiyalari yuzaga keldi. 16—17-asrlarda vokal-cholgʻu musiqaning oratoriya, kantata singari yangi turlari paydo boʻldi. Florensiya va Neapolda gomofoniya uslubi taraqqiyoti taʼsirida opera sanʼati shakllandi. Ya. Perining "Dafna" (1594) operasi mazkur janrning ilk namunasidir. K. Monteverdi tarixda birinchi boʻlib ommaviy opera teatrini ochdi (1637). 18-a.da opera va milliy ashula sanʼati keng rivojlandi, belkanto uslubi paydo boʻldi. Florensiya, Bolonya, Neapol teatrlarida J. Pergolezi, A. Salyeri, J. Paiziyello va b.ning rang-barang operalari sahnalashtirildi. 18-a.da buff opera shakllandi, yangi opera teatrlari ochildi. A. Vivaldi, D. Skarlatti, J. Tartini kabi sozanda kompozitorlar konsert, sonata janrlariga asos soldi. N. Paganini oʻzining noyob ijrochilik mahorati va romantik asarlari bilan mashhur. 19-a. opera sanʼati ijtimoiysiyosiy karashlar taʼsirida rivojlandi. J. Rossini, V. Bellini, G. Donitsetti, J. Verdi operalarida xalqning ozodlikka intilishi oʻz ifodasini topdi. 19a. oxirida R. Le-onkovallo, Sh. Puchchini va b. kompozitorlarning operalarida hayotni haq-qoniy ifodalashga yoʻnalgan verizm uslubi yuzaga kelgan. O. Respigi, A. Kazella va b.ning ijodida musiqiy impressionizm hamda neoklassitsizm uslublari rivoj topgan. 2-jahon urushidan soʻng I. musiqasida tinchlik, ozodlik uchun, fashizmga karshi kurash mavzulari muhim oʻrin oldi. 50-yillardan avangardizm taʼsiri kuchaydi. L. Dalla-pikkola, L. Berio, L. Nono asarlarida ichki ziddiyat oxanglari yangraydi, yuksak gʻoyaviy ifoda vositalarining murakkabligi, toʻqimaliligi bilan qoʻshilib ketadi.

Zamonaviy italyan kompozitorlari orasida R. Vlad, J. F. Gedini, I. Montemetssi, G. Petrassilar alohida ajralib turadi. Mashhur dirijyorlari: A. Toskanini, P. Arjento, V. De Saba-ta, G. Kantelli, V. Ferrero, K. Sekki, K. Abbado; xonandalari: J. Simonato, R. Skotto, A. Stella, R. Tebaldi, J. Bekki, T. Gobbi, E. Karuzo, M. Del Monako, L. Pavarotti va b. Teatrlaridan "La Skala" (Milan), "San-Karlo" (Neapol), "Feniche" (Venetsiya), Rim operasi va b. jahonga mashhur. 1970-yillardan I. estrada sanʼati namoyandalari jahon miqyosida tanilgan (T. Kutuno, A. Chelentano, A. va R. Pauer, J. Morandi, R. Kara, Pupo, R. Fogli, F. Papetti va b.). Yangi musika korporatsiyasi (1923 yildan), Musiqashunoslar jamiyati, 14 ta konservatoriya, koʻpgina musiqa litseylari, maktablari, ilmiy in-tlari (jumladan, Verdi merosini oʻrganish in-ti) bor. Venetsiya, Florensiya, Verona kabi shaharlarda har yili musiqa festivallari oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston teatrlarida I. kompo-zitorlari (J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, R. Leonkavallo, V. Bellini va b.)ning operalari ("Sevilya sar-taroshi", "Traviata", "Rigoletto", "Aida", "Otello", "Chiochio-San", "Masharabozlar", "Luchiya de Lamermur" va b.) muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan.

Teatr sanʼatining kurtaklari xalq marosimlari, karnaval bayramlari va oʻyinlariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda katolik cherkoviga manzur boʻlgan liturgik drama, misteriya, lauda janrlari ustun edi. Uygʻonish davrida dunyoviy pyesalar, komik janr rivojlandi. 16—18-asrlarda professional teatr vujudga keldi, sahnalarni dekoratsiya bilan bezash tartib-qoidalari ishlab chiqildi. Xalq ijodi taʼsirida "niqoblar komediyasi" rivoj topdi. 18-a.da teatr sanʼatiga maʼrifatparvarlik gʻoyalari singdirildi. K. Goldonining dramaturgiyadagi isloqotchilik faoliyati katta roloʻynadi. 18-a. oxirlarida inqilobiy harakatning avj olishi natijasida jahon dramaturglari ning eng yaxshi asarlari sahnalashtirildi. E. Rossi, T. Salvini, E. Duze, A. Ristori kabi atoqli artistlar yeti-shib chikdi. 19-a.da va 20-a. boshlarida I. adabiyotidagi, ayniqsa dramaturgiyadagi oqim va tamoyillar teatrda oʻz ifodasini topdi. Fashistlar diktatu-rasi yillarida I. teatri butunlay tush-kunlikka uchradi. Fashizm tor-mor etilgach, demokratik kuchlar taʼsirida I. teatri yana jonlandi. L. Viskonti, E. De Filippe, J. Streler, L. Sku-arsina gumanistik ruxdagi asarlarni sahnalashtirdi. Dastlabki doimiy teatr ("stabile")lar vujudga keldi. Rim, Milan, Genuya, Turin teatrlari jahon klassikasi va mahalliy mualliflarning asarlarini koʻrsata boshladi. Kuchma truppalar ham mavjud. V. Gasman, J. Le Lullo, F. Dzefirelli kabi rej.lar, A. Proklamer, G. Mauri, P. Stoppa, V. Marikoni va b. aktyorlar mashhur.

Kinosi[править | править код]

1895 yil "Milan vokzaliga kelgan poyezd" nomli birinchi hujjatli film (rej. I. Pakkoni) yaratildi. 1901 i. Florensiya va Rimda dastlabki kinoteatrlar ochildi. Ammo 1904 i. Turinda hujjatli-xronika filmlari studiyasi ochilganidan keyin ha-qiqiy italyan kinematografiyasi vujudga keldi. 1905 yilda F. Alberini bilan D. Santoni Rimda oʻz kinostudiya-sini tashkil etdi (1906 yildan u "Chi-nes" deb atala boshladi). 1905—06 yillardan Turin va Milandagi kinofirmalar badiiy filmlar i.ch.ga kirishdi. 1905 yilda "Chines" ommaviy sahnalarga boy boʻlgan birinchi italyan filmi — "Rimning ishgʻol qilinishi", soʻng-ra Italiyaning birlashtirilishiga bagʻishlangan turkumli kartinalarni yaratdi. 1909—10 yillarda "Kitilina", "Makbet", "Anita Garibaldi", "Don Karlos", "Otello", "Beatriche Chenchi" va b. filmlar ekranga chiqarildi. I. kinosi 1913 yilda yuksak pogʻonaga koʻtarildi, uning 497 filmi xorijiy kino bozorini toʻldirib yubordi. Bu davrda M. Kazerini, E. Benchivenga, D. Le Liguoro, E. Guatssioni, L. Maji, B. Negroni, D. Pastrone kabi rej.lar ijod qildilar. Fashistlar xukmronligi davrida (1922—43) I. kino sanʼati natsizmning tashvikrt vositasiga aylandi. Shunga karamay, A. Blazetti va M. Kamerini suratga olgan filmlarda I. hayotidagi illatlar fosh qilindi. 2-jahon urushidan soʻng I. kino sanʼatida haqiqiy voqelikni aks ettiradigan progressiv yoʻnalishdagi filmlar yaratila boshladi. L. Viskonti, J. D. Santis, P. Jermi, Ch. Dzavet-tini, E. de Filippo va b. I. xalqining fashizmga qarshi kurashini, oddiy insonning hayotini kinotasmalarda real aks ettirdilar ("Rim, soat II", "Zaytunlar ostida tinchlik yoʻq", "Chochara" va b.). Keyingi yillarda "Ita-lyancha nikoh", "Italyancha ajralish", "Har kimniki oʻziga...", "Sakko va Van-setti", "Ular Sharqqa boradilar", "Kungaboqar" kabi filmlar yaratildi. Italiyadagi 40 dan ortiq kinofirma yiliga 200 dan ziyod film ishlab chiqaradi. Kinoaktyorlar orasida A. Manyani, J. Mazina, S. Loren, J. Lol-labrijida, K. Kardinale, S. Sandrelli, M. Mastroyanni, J. M. Volonte, F. Nero, A. Sordi, U. Tonyassi, M. Vitti, M. Plachido va b. mashhur. 1970—90 yillardagi eng yaxshi filmlardan "Peshayvon" (rej. E. Skola), "Gul ki-shining fojiasi" (rej. B. Bertoluchchi), "Ayollar shahri" (rej. F. Fellini), "Uch oga-ini" (rej. F. Rozi)ni koʻrsatish mumkin.

Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari[править | править код]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari.

Italiya (ital. -{Italia}-), rasman Italiya Respublikasi, Evropaning janubida Appenin yarim oroli va O'rta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, Sitsiliya va Sardiniya orollarini o'z ichiga oladi. Italiya o'zining shimoliy chegaralarini Alp tog'lari orqali Frantsiya, Shveytsariya, Avstriya, Sloveniya bilan bo'lishadi. Undan tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan mustaqil davlatlari joylashgan.

Italiya juda uzoq va buyuk tarixga ega. U er Etruriya va Rim kabi ko'plab Evropa madaniyatlarining beshigi sanaladi, keyinchalik Buyuk Evropa Renesansi ham aynan Italiyada boshlangan. Italiyaning poytaxti Rim shahri G'arb tsivilizatsiyasining o'choqlaridan biridir, shu bilan birga u Katolik Cherkovining markazi hisoblanadi.

Bugungi kunda Italiya demokratik respublika bo'lib, YaIMning hajmi bo'yicha 7-o'rinda, aholining turmush darajasi bo'yicha jahonda 8-o'rinda turuvchi rivojlangan mamlakatdir. Italiya hozirgi Evropa Ittifoqining ilk ta'sischi 6 mamlakatidan biridir (1957 yil imzolangan Rim Bitimi), shuningdek u Buyuk Sakkizlik (G8) mamlakatlari, Evropa Kengashi, G'arbiy Evropa Ittifoqining a'zosi sanaladi. 2007 yil 1 yanvardan Italiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Havfsizlik Kengashining a'zosi hisoblanadi.

Geografiyasi[править | править код]

Italiya Evropaning janubida joylashgan etiksimon Appenin yarim oroli, Sitsiliya (9.926 km2), Sadrina (9.301 km2), Elba va ko'plab mayda orollardan tashkil topgan bo'lib, 301.323 km2 maydonni egallaydi. Shimoli-sharqdan janubi-g'arbga 1,145 km uzunlikka ega. Italiyaning shimoliy chegaralari Monte-Servino (4.478 m), Monte-Roza (4.634 m) kabi osmno'par cho'qqili Alp tog'lari bilan o'ralgan. Uning eng baland nuqtasi Italiya, Fransiya, Shveytsariya chegarasida joylashgan Mon Blank cho'qqisi hisoblanib, 4.810 metrni tashkil qiladi. Alp tog'lari va Appenin yarim oroli orasida Po daryosi bilan keng Lombardiya tekisligi joylashgan.

Italiya o'zining vulqonlari bilan ham mashhurdir: Etna – Evropadagi eng katta harakatdagi vulqon. Undan tashqari Vulkano, Stromboli va Vezuvi vulqonlari ham Italiya vulqonlaridir. Italiyada daryolarga juda boy, ulardan Po va Adige eng mihimlaridir. Po daryosi 652 km uzunlikda bo'lib, shundan 480 km joyida kema qatnovi yo'lga qo'yilgan. Adige daryosining uzunligi 410 kmni tashkil qiladi. Ularning ikkovi ham g'arb tomonga oqadi va Adriatika dengiziga quyiladi. Italiya daryolari ko'p bulishiga qaramasdan mayda va sayozdir. Italiyaning shimoliy qismida ham yarim orol qismida ham bir qancha ko'llar bor. Garda, Magiore, Komo, Trasimeno shular jumlasidandir.

Iqlimi[править | править код]

Italiyaning iqlimi juda o'zgaruvchan va boshqa O'rta er dengizi malakatlarinikidan farq qiladi. Shimoliy hududlar, Turin, Milan, Bolonyada iqlim nam subtropikdir. Sohilbo'yi mintaqalarida ichki balandlik va vodiylardan iqlim o'zgachadir, ayniqsa qish oylarida yumshoq va iliq havo, yozda esa quruq va ancha issiq ob-havo hukmrondir.

Aholisi[править | править код]

ISTAT (Italiya Statistika Qo'mitasi) ning so'ngi baholashiga ko'ra 2007 yilning fevral oyi holatiga Italiyada aholisi 59.206.382 kishini tashkil qiladi. Italiya aholi soni bo'yicha Evropada to'rtinchi (Germaniya, Frvntsiya va Buyuk Britaniyadan so'ng), jahonda 22-o'rinda turadi. Aholi sonining o'sishi asosan immigrantlar va 79,81 yilni tashkil qiluvchi o'rtacha hayot uzunligining o'sishi bilan bog'liq. Aholi zichligi bo'yicha Italiya bir kvadrat kilometrga 196 kishi bilan Evropada beshinchidir. Savodxonlik ko'rsatkichi 98% ni tashkil qiladi, majburiy maktab ta'limi 6 yoshdan 18 yoshgachadir. Butun aholining taxminan 2/3 qismi shaharlarda yashaydi, lekin ushbu ko'rsatkich boshqa g'arbiy Evropa mamlakatlaridan ancha kamdir.

Viloyat, Provinsiya va Munitsipalitetlari[править | править код]

Italiya 20 ta viloyatga (regione) bo'lingan. Ulardan beshtasi mahalliy qonunchilikka o'zgartirish kiritish huquqiga ega bo'lgan maxsus avtonom viloyat maqomiga ega. Ular o'z navbatida 109 provintsiya (province) va 8.101 munitsipalitetdan (comuni) tashkil topgan.

Iqtisodiyoti[править | править код]

Xalqaro Valyuta Fondining ma'lumotlariga ko'ra 2006 yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu ko'rsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-o'rinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xo'jaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra Italiya 2004 yilda sanoat mahsulotlari eksporti bo'yicha 6-o'rinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan bo'lsa, janubiy qismlarda qishloq xo'jaligi rivojlangan. Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999 yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.

Manbalar[править | править код]