Ivan Semyonovich Arjanix: различия между версиями

Материал из УзЭнц
uz>PlanespotterA320
м (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
 
м (1 revision imported)
(нет различий)

Версия от 20:58, 1 октября 2018

Ivan Semyonovich Arjanix (1914.24.2, Kiyev – 1980.20.3, Toshkent) – matematik va mexanik olim. O‘zbekiston fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1960), professor (1957). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964). O‘rta Osiyo universitetida o‘qigan (1931 – 34), Leningrad universitetini bitirgan (1936). Toshkent Davlat Universitetida, O‘zbekiston fanlar akademiyasi Matematika institutida (1943 – 60), O‘zbekiston fanlar akademiyasi Prezidiumida (1960 yildan) ishlagan. Ilmiy ishlari differensial, va institutegral tenglamalar, variatsion hisob, maydonlar nazariyasi, analitik mexani-ka, kvant mexanika, elastiklik nazariyasi va boshqa sohalarga doir. Ayniqsa, uning rangi noddan katta bo‘lgan kanonik tenglamalar sohasidagi kashfiyoti aloxida diqqatga sazovor.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Шаблон:OʻzME

Turkum:O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Matematiklar