Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Материал из УзЭнц
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti
(JIDU)
Xalqaro nomi University of World Economy and Diplomacy
Asos solingan 1992-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Nodir Jumayev
Talabalari 1300
Fakultetlar 3 ta
Bakalavriat 5 yil
Magistratura 2 yil
Akademiklar 2 ta
Fan doktorlari 20 ta
Manzili Mustaqillik shox koʻchasi 54, Toshkent shahri 100077, Oʻzbekiston
Vebsayti www.uwed.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaraydi. Toshkent shahrida joylashgan. 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan. Tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar fakultetlari, 25 kafedra, til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari bilan), kompyuter; testlar; "Maʼnaviyat va maʼrifat" markazlari; boshqaruv instituti; tahrir va nashriyot boʻlimi; "Biznes olami" va "Ziyokor" oʻquv markazlari, "Instituternet" klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalari, siyosiy va ijtimoiy muammolar, diplomatiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet ilmiy kutubxonaga ega (300 ming asar). Uninversitetda oʻquv ishlariga xorijiy mamlakatlardan professorlar, mamlakatimizdagi amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Universitetda BMT, YUNESKO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, "Xalqaro munosabatlar" jurnali nashr etiladi.[1]

Tarix[править | править код]

1992 yil 23 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan Respublikamizning xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlari sohalarida faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil qilindi. Shu kunga qadar universitetda 1500 dan ortiq malakali mutaxassislar yetishib chiqdi. Xalqaro munosabatlarni rivojlantirish va oʻquv-tarbiya, uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini mustahkamlash sohasida Birlashgan Qirollik, AQSh, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Niderlandiya Qirolligi, Janubiy Korea, Xitoy va Rossiyaning yetakchi taʼlim va tadqiqot institutlari bilan hamkorlik natijasida boy tajriba toʻplandi.

Sharoit[править | править код]

Yaqin oʻtgan vaqt mobaynida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kompyuter texnologiyalari va taʼlimning boshqa texnik vositalari, taʼlim olish uchun qoʻshimcha maʼmuriy binolar, akademik litsey, gimnaziya hamda kerakli jihozlar bilan taʼminlandi. Talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun universitet qoshida zamonaviy tennis maydoni, suzish majmui, instituternet klub, multimedia kompyuter markazlari, teatr studiyasi, kinozal, maʼnaviyat va maʼrifat markazi ochildi.

Pedagogik tarkib[править | править код]

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2 akademik, 20 fan doktori va professorlar, 80dan ortiq fan nomzodlari, 200dan ortiq katta oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Ular oʻz bilim va tajribalarini xalqaro munosabatlar sohasida zamon talablariga, shuningdek XXI asr — globalizatsiya va institutegratsiyalashuv asrining yangi iqtisodiy va siyosiy talablariga tayyor boʻlgan kadrlarni yetishtirib chiqishga bagʻishlayaptilar. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi maxsus universitet hisoblanadi universitet rektori oʻz navbatida Tashqi ishlar vazirining muovinidir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati maslahatchilar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, atoqli olimlar va ilmiy xodimlar hamda talabalarning oʻz-oʻzini boshqarish tizimlari vositasida amalga oshiriladi va ushbu jarayonga universitet rektori yoki rektorning oʻrinbosari boshchilik qiladi.

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[править | править код]