Jamiyat

Материал из УзЭнц

Jamiyat (рус. Общество) — keng maʼnoda, odamlarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui.[1]

Taʼrifi[править | править код]

Jamiyat tirik sistemalar rivojlanishining maxsus, yuksak pogʻonasi boʻlib, ijtimoiy tashkilotlar, institutlar, guruhlar faoliyati va rivojlanishida, sinfiy va boshqa ijtimoiy qarama-qarshiliklarning harakatida namoyon boʻladi.

Tor maʻnoda, jamiyat deganda ijtimoiy sistemaning tarixan aniq turi (kapitalistik jamiyat), ushbu turga tegishli maʼlum bir ijtimoiy organizm (yapon feodalizmi) yoki ijtimoiy munosabatlarning maʼlum bir formasi (Gegeldagidek davlatni jamiyat qarshisiga qoʻyish) tushuniladi.

Jamiyat tabiyatini va aloqalarini (va mos ravishda insonning ijtimoiy tabiyatini) tushuntirish ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixi mobaynida jamiyat haqidagi barcha teoriyalarning markaziy problemasi boʻlib kelgan; uning bu yoki boshqa yechimi koʻp jihatdan jamiyat faoliyatining alohida turlari, shu jumladan individual harakatlarni ham, talqin qilinishini aniqlaydi. Chinakam ilmiy teoriyani marksizm-leninizm asoschilari yaratishgan.[1]

Jamiyat mazmuni[править | править код]

Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir.

Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaqa boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi.

Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoiy guruhlarga ajralishining negizidir.

Jamiyat sohalari[править | править код]

Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi.

  • Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi. Bu jamiyat taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir.
  • Ijtimoiy soha jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar).
  • Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi).
  • Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu sohaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, jamiyat hayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).

Oʻzbekiston Respublikasida jamiyat[править | править код]

Oʻzbekistonda jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning, ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni davlat aniqlab bergan mafkura asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy jamiyat barpo etilmoqda.[2]

Havolalar[править | править код]

Manbalar[править | править код]

  1. 1,0 1,1 Большая советская энциклопедия.(rus.)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil