Janubiy Osiyo

Материал из УзЭнц

Janubiy Osiyo - Osiyo qitʼasi dagi tabiiy mintaqa. Unga Hindiston va Hindixitoy ya. o.lari, Himolay togʻlari, Hind-Gang tekisligi, Malay arxipelagi, shuningdek, Hind okeanining sharqiy qismidagi vulkan va marjon orollari kiradi. Maydoni 5,1 mln. km². J. O.ning geologik tuzilishi va relyefi har xil. Butun oʻlka iqlimi musson sirkulyasiyasi taʼsirida. Tropik, subekvatorial, ekvatorial ikdim va landshaft tiplari mavjud. Gʻarbiy qismi choʻllardan iborat. Hayvonot dunyosi asosan HindistonMalay fauna oblastiga kiradi. Janubiy Osiyoda (asosan tekislikqismida) tropik ekinlar va sholi yetishtirish yetakchi oʻrinda. J. O. hududida Bangladesh, Butan, Nepal, Hindiston, Maldiv, Pokiston, Shri Lanka davlatlari joylashgan. Baʼzan Jan.-Sharqiy Osiyo davlatlarini ham J. O. tarkibiga kiritadilar.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil