Kim Nam Sok

Материал из УзЭнц
Kim Nam Sok
Tavallud sanasi: 1-fevral 1956 (1956-02-01) (68 yosh)
Tavallud joyi: Koreya Respublikasi
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Bilimi: Gyongseong (Koreya) Oliy maktabi
Xanyang (Koreya) universiteti
Arizona universiteti (AQSh)
Sungkyunkvan universiteti (Koreya)

Kim Nam Sok - Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari – AKT bo‘yicha maslahatchi (2015-2017 yillarda)[1].

Biografiyasi[править | править код]

1956 yilda Koreya Respublikasida tug‘ilgan. Millati – koreys. Ma’lumoti – oliy. 1975 yilda Gyongseong (Koreya) Oliy maktabini; 1980 yilda Xanyang (Koreya) universitetining bakalavr boqichini davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha; 1984-1986 yillarda Arizona universitetini (AQSh)ning magistratura bosqichini davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha; 1989 yilda Sungkyunkvan universiteti (Koreya)ning magistratura bosqichini axborotlashgan jamiyat yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 1980-1993 yillarda Koreya Respublikasining Davlat boshqaruvi vazirligi huzuridagi Davlat kompyuter markazining Boshqaruv tizimi, tashkiliy rejalashtirish bo‘limi direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1993-2004 yillarda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining Rejalashtirish va byudjet, Tashkiliy tizimlar, Boshqaruv bo‘limlari direktori lavozimlarida ishlagan. 2004-2005 yillarda Koreya Respublikasi Prezidentining Davlat innovatsiyalari va detsentralizatsiyalar bo‘yicha qo‘mitaning Boshqaruv innovatsiyalari guruhi Bosh direktori lavozimida ishlagan. 2005 yilda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining Innovatsiyalarni rejalashtirish byurosi Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2005 – 2007 yillarda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining “Elektron hukumat” bo‘yicha bosh boshqarmasida vazir yordamchisi lavozimida ishlagan. 2007 – 2008 yillarda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining Rejalashtirish va muvofiqlashtirish, Jamoatchilik bilan siyosat va aloqalarni boshqarish idoralari bo‘yicha vazir yordamchisi lavozimida ishlagan. 2008 – 2010 yillarda Davlat boshqaruvi va xavfsizligi Qo‘mitasining ijroiya komiteti a’zosi. 2010 – 2011 yillarda Davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirining birinchi o‘rinbosari. 2011 – 2013 yillarda “Hendi Softver” va “Handy Software” kompaniyalari maslahatchisi. 2013 – 2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari o‘rinbosari-AKT bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlagan. 2015 yilning mart oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari – AKT bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlab kelgan. 2017-yil 17-fevral kuni Kim Nam Sok va Li Chul Shuning O'zbekistondagi mehnat shartnomasi nihoyasiga yetishi munosabati bilan ular o'z lavozimlaridan ozod etildilar va Koreya Respublikasiga qaytdilar[2].

Majburiyatlari[править | править код]

  • Rivojlangan davlatlarning axborot-kommunikatsiya sohasini tahlil qilish va mazkur tahlil natijasida Vazirlik rahbariyatiga respublikada sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda axborotlashtirish sohasidagi xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlar bozori rivojlanishini tahlil qilish va mazkur tahlil natijasida Vazirlik rahbariyatiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida investitsion takliflarni taqdim etadi;
  • xalqaro zamonaviy tendensiyalar asosida sohada kompyuterlashtirishni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi;
  • investitsiyalarni jalb qilish va sohani rivojlantirish maqsadida xalqaro va milliy ekspertlar so‘rovnomalari asosida respublikada AKT sohasidagi korxonalar va AKTning dunyoda rivojlanish tendensiyalarining tadqiqotini amalga oshiradi;
  • sohani takomillashtirish va rivojlantirish monitoringi, marketingi hamda muammoli tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi va ular asosida sohani rivojlantirish strategiyasini tavsiya etadi;
  • tadqiqotlar natijasida sohaning rivojlanish holati bo‘yicha muntazam sharhlarni amalga oshiradi;
  • sohada axborot tizimlari, xizmatlari va dasturiy mahsulotlar bozorini shakllantirish bo‘yicha ishlarda yordam ko‘rsatadi;
  • sohadagi tadbirlarga metodik, axborot va tashkiliy yordam ko‘rsatadi;
  • Vazirlikning AKTni rivojlantirishni strategik rejalashtirish bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • AKT sohasida normativ-huquqiy va normativ xujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlarining AKT yo‘nalishidagi korxonalar va sub’ektlar faoliyatini boshqarish, boshqaruv tuzilmasini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va taqdim etadi.

Manbalar[править | править код]