Kopernik, Nikolay

Материал из УзЭнц
Nikolay Kopernik

Portret, 1580
Tavalludi 19-fevral 1473-yil(1473-02-19)
Torun (Toruń), Qirol Prussiyasi
Vafoti 24-may 1543-yil(1543-05-24)
(70 yoshda)
Frombork, Qirol Prussiyasi
Sohasi Matematika, astronomiya, tibbiyot, iqtisodiyot
Alma mater Krakov universiteti, Bolonya universiteti, Padua universiteti, Ferrara universiteti
Mashhur ishlari Geliotsentrizm, Kopernik qonuni
[[File:{{{imzo}}}|150px|alt={{{imzo_izoh}}}|{{{imzo_izoh}}}]]

Nikolay Kopernik (рус. Никола́й Копе́рник, lot. Copernicus; 1473-yil 19-fevral, Torun shahri — 1543-yil 24-may, Frambork shahri) — nemis astronomi, geliotsentrik sistema asoschisi. 1492—94 yillarda Krakov universitetida, keyinchalik Italiyaning Bolonyadagi universitet va boshqa universitetlarida huquqshunoslik, tibbiyot, astronomiya va matematika fanlarini oʻrgangan.

Kopernik zamonasining yetuk astronomlaridan biri boʻlgan. U 1543-yilda "Osmon sferalarining aylanishi haqida" asarini nashr ettirgan. Bu asarda Ptolemeyning fan va dinda hukmron boʻlib kelgan geotsentrik sistemasini rad qiluvchi geliotsentrik sistemani bayon etgan. Kopernik oʻz sistemasida Yerni oddiy sayyoralardek Quyosh atrofida va oʻz oʻqi atrofida aylanadi degan fikrni ilgari surgan. Geliotsentrik sistemaning toʻgʻriligi tez orada Galiley, Kepler, I. Nyuton kashfiyotlari bilan isbotlangan.

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]