Korolyov, Sergey Pavlovich

Материал из УзЭнц

Sergey Pavlovich Korolyov [1906.30.12(1907.12.1), Jitomir – 1966-yil 14-yanvar, Moskva] — raketa-kosmik sistemalari boʻyicha sovet va rus olimi, konstruktor, akademik (1958).

Kosmik fazoni oʻzlashtirish tarixidagi dastlabki yutuqlar Korolyov nomi bilan bogʻliq. 1924 yil Odessadagi professional qurilish maktabini tugatgan. Kiyev politexnika institutini (1926), Moskva Oliy texnika bilim yurtini va ayni vaqtda, Moskva uchuvchilar maktabini tugatgan (1930).

K.E. Siolkovskiy ishlari bilan tanishgach, Korolyov raketa tipidagi uchuvchi apparat yaratish gʻoyasi bilan qiziqadi. Korolyov rahbarligida 1933 yil avgustda suyuq yonilgʻili birinchi raketa "GIRD09" uchirildi. 1933 yil oxiridan Reaktiv institutda, 1942–46 yillarda Konstruktorlik byurosi boʻlimida ishladi.

U boshqariladigan qanotli raketa (1939 yil uchirilgan) va raketa-planyor (1940 yil uchirildi) loyihasini ishlab chiqqan. Korolyov seriyalab ishlab chiqariladigan harbiy samolyotlarga suyuq yonilgʻili raketa tezlatkichlari oʻrnatish masalasi bilan shugʻullangan. Korolyovning keyingi ilmiy faoliyati qudratli raketa sistemalari yaratishga qaratildi. Uning rahbarligida ballistik va geofizik raketalar, eltuvchi raketalar, bortida kosmonavtlari boʻlgan "Vostok" va "Vosxod" kosmik kemalari, Yer va Oy sunʼiy yoʻldoshlari yaratilgan. Oy, Venera va Marsga uchirilgan avtomatik stansiyalar, "Elektron", "Molniya-1", "Kosmos", "Zond" seriyasidagi sunʼiy yoʻldoshlar ham Korolyov rahbarligida ishlab chiqilgan.

Oyning teskari tomonidagi talassoidga. Korolyov nomi berilgan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Ракетный полет в стратосфере. M., 1934.

Adabiyot[править | править код]

  • Асташенков П.Т., Академик С.П. Королёв, M., 1969;
  • Романов А.П., Конструктор космических кораблей, 2-изд., М., 1971.