Lenin, Vladimir Ilyich

Материал из УзЭнц

Vladimir Ilyich Lenin (рус. Влади́мир Ильи́ч Ле́нин (настоящая фамилия — Улья́нов); haqiqiy familiyasi Ulyanov, 1870-yil 10(22)-aprel, Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk shahri), Rossiya imperiyasi — 1924-yil 21-yanvar, Gorki qishlogʻi, Moskva Guberniyasi, RSFSR, SSSR) — rus inqilobchi va sovet davlat arbobi, katta marksizm teoretiki. 1917-yildagi Oktyabr inqilobining bosh tashkilotchisi va boshligʻi, birinchi sotsialistik davlat yaratuvchisi.

U, shuningdek, Rossiya bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining asoschisi, RSFSR va SSSR Xalq komissarlari soveti (hukumat) raisi, faylasuf, marksistchi, nashriyotchi, marksizm-leninizm yoʻnalishining asoschisi, uchinchi kommunistik internatsionalning tashkilotchisi.

Bir qator el oʻgʻziga tushgan iboralar muallifi, shu jumladan, «Biz bosh yoʻl bilan ketamiz»ni ham.

Asosiy izlanish ishlari sohasi — falsafa va iqtisodiyot.

Biografiyasi[править | править код]

Sankt-Peterburg «Ishchilar klassini ozod qilish uchun kurash soyuzi»ni tuzishda qatnashgan. 1895-yil RSDRPning 2-syezdi (1903)da bolsheviklar partiyasiga boshchilik qilgan. 1907 yildan muhojirlikda yashadi. 1917 yil aprelda Petrogradga kelib, sotsialistik inqilob yoʻlini ilgari surdi. Petrogradda Oktyabr inqilobi (1917 yil 7-noyabr)ga rahbarlik qildi.

Sovetlarning 2-Butun Rossiya syezdida XKSga rais boʻldi. Lenin hayotiga koʻp marotaba tahdid qilishib, suiqasdlar uyushtirilgan. Shunga qaramay u proletariat hayotini yaxshilash yoʻlida tinmay mehnat qildi. Afsuski, 1922-yilda Leninning sogʻligʻi yomonlashdi va shu yil dekabr oyidan eʼtiboran siyosiy faoliyatda qatnashmadi.

Leninning jasadi Moskvaning Qizil maydonidagi mavzoleyga qoʻyilgan.


Lenin oʻz siyosiy faoliyatida Oʻrta Osiyoga bolshevizm gʻoyalarini tarqatishga, mintaqani sovetlashtirishga Lenin va Stalin katta eʼtibor qaratdi. Leninning tashabbusi bilan Turkkomissiya (1919), Turkbyuro (1920), RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (1922) kabi organlar tuzildi. Leninning 1920 yil 13 iyundagi koʻrsatmasiga koʻra, Oʻrta Osiyo mintaqasini natsional priznakga koʻra davlatlarga boʻlish jarayoni boshlandi va u 1925 yil boshlarida tugallandi. Aynan oʻrtoq Lenin koʻrsatmasini bajarish davomida, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etildi.

Shuningdek, Lenin Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy, qisman Eron, Turkiya kabi Sharq davlatlarida ham sotsializmni qurish haqidagi orzulari bor edi.

Asarlari[править | править код]

Asosiy asarlari:

  • «Rossiyada kapitalizmning taraqqiysi» (1899);
  • «Nima qilmoq kerak?» (1902);
  • «Materializm va empiriokrititsizm» (1908);
  • «Imperializm kapitalizmning yuqori bosqichi» (1916);
  • «Davlat va revolyutsiya» (1917).

Adabiyot[править | править код]

  • Латышев А.Г., рассекреченный Ленин, Москва, 1996;
  • История Россия. XX век, Москва, 2000;
  • Туркестан в начале XX века: к истории истоков национальной независимости, Ташкент, 2000.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Shuningdek qarang[править | править код]