Leonhard Euler

Материал из УзЭнц
Eyler Leonard
Tavalludi 4-aprel 1707-yil(1707-04-04)
Vafoti 18-sentabr 1783-yil(1783-09-18)
(76 yoshda)
[[File:{{{imzo}}}|150px|alt={{{imzo_izoh}}}|{{{imzo_izoh}}}]]

Eyler Leonard [1707.4(15)4, Bazel, Shveysariya — 1783.7(18).9, Peterburg] — matematik, mexanik va fizik olim, Peterburg Fanlar akademiyasi aʼzosi. Berlin Fanlar akademiyasi prezidenti (1759 yildan). 1720—24 yillarda Bazel (Shveysariya) universitetida oʻqib, matematikadan I. Bernulli maʼruzalarini tinglagan. Peterburg Fanlar akademiyasi da ishlab, Fanlar akademiyasi bilan ilmiy alo qalarni uzmay Berlin Fanlar akademiyasida ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari oʻsha davr matematikasining barcha sohalariga, mexanika, elastiklik nazariyasi, matematik fizika, optika, muzika nazariyasi, mashinalar nazariyasi, ballistika, dengiz fani va boshqalarga oid. E.ning osmon mexanikasi, tutash muhitlar mexanikasi va optikadagi kashfiyotlari salmoqli oʻrin egallaydi. E. variatsion hisob, sonlar nazariyasi, analitik va maxsus funksiyalar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi va sirtlar nazariyasi kabi sohalarga asos solgan. U kiritgan "Eyler burchaklari" mexanikada muhim oʻrin tutadi. Qator ilmiy ishlari analitik geometriya, qatorlar nazariyasi va topologiyaga oid (qarang Eyler formulalari).