Lola Karimova-Tillayeva

Материал из УзЭнц
Lola Karimova Tillayeva
Tavallud sanasi: 3-iyul 1978 (1978-07-03) (45 yosh)
Tavallud joyi: Toshkent, Oʻzbek SSJ
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi: Timur Tillayev
Otasi: Islom Karimov
Onasi: Tatyana Akbarovna Karimova
Bolalari: oʻgʻli - Umar , qizi - Maryam
Sayt: lolakarimova.com

Lola Islomovna Karimova-Tillayeva (Лола Исломовна Каримова-Тиллаева; 1978-yilda tugʻilgan, Toshkent) — Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi.

Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva mamlakatning koʻp asrlik merosini Yevropada tanitishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Bundan asosiy maqsad esa tamaddunlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashda va ularning qadriyatlarini hurmat qilishda koʻmaklashishdir.

Karimova-Tillaeva taʼlim va sportni qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga ikki yirik hayriya tashkilotlarning boshligʻi sifatida, etim va nogiron bolalarga yordam berish faoliyati bilan Oʻzbekistonda tanilgan.

Lola Karimova-Tillaeva 1978-yil Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda tavallud topdi. U Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida „Xalqaro huquq“ yoʻnalishi boʻyicha bakalavr va magistrlik darajasini oldi, soʻngra Toshkent davlat universitetida psixologiya fanlari nomzodi darajasiga ega boʻldi.

Karimova-Tillaeva Oʻzbekistondagi mehribonlik uylaridagi ahvolni yaxshilash boʻyicha milliy islohotlarni tashubbuskori boʻlgan hamda ularni amalga oshirishda faol ishtirok etgan. Ushbu islohotlar tufayli koʻplab bolalar oʻsib, ulgʻayish uchun katta imkoniyatlarga ega boʻldilar.

Oʻz faoliyati davomida, Lola Karimova-Tillaeva hamisha taʼlim, madaniyat va sport, tinchlik va tolerantlikni taʼminlovchi, madaniyatlarni bir biriga bogʻlovchi, qoʻrslik va bidʼatlarga qarshi kurashuvchi asosiy omil ekanligiga ishonib kelgan.

UNESCO elchisi[править | править код]

Lola Karimova-Tillaeva 2008-yilning yanvar oyida YUNESKOdagi Oʻzbekistonning Doimiy vakili vazifasiga tayinlangan. Karimova-Tillaeva hamda uning safdoshlari madaniyatlaroro muzokaralarning ilgari surish hamda rivojlanishiga Oʻzbekistonning boy maʼnaviy va madaniy-tarixiy merosi borasida Yevropa jamoatchiligining xabardorligini oshirish yoʻli orqali oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.[1]

„Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi“ degan tushuncha keng tarqalgan bir paytda, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi elchisi faoliyati jarayonida, Lola Karimova-Tillaeva Gʻarb hamda musulmon olami oʻrtasidagi dialogni yanada olgʻa surish, mavjud tushunmovchiliklarni hamda destruktiv stereotip va yanglishishlarni bartaraf qilish uchun kerakli shart-sharoit yaratishlikda taʼlim va madaniyatlararo hamfikrlikni ilgari surishni axamiyatli vosita sifatida tan oladi va unga ayniqsa katta axamiyat beradi.

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]