Lyuksemburg

Материал из УзЭнц
Luksemburg Buyuk Gersogligi
-{Grand-Duché de Luxembourg (fransuz.)
Großherzogtum Luxemburg (nem.)
Groussherzogtum Lëtzebuerg (luksemb.)}-
Luksemburg davlat bayrogʻi   Luksemburg davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: luksemb.«Mir wëlle bleiwe wat mir sin»
«Biz o'zligimizcha qolishni xohlaymiz»
Madhiya: Ons Hémécht
«Ona vatan»
Luksemburg Xaritasi
Luksemburg Xaritasi
Poytaxt Luksemburg (shahar)
Rasmiy til(lar) nemis, fransuz, luksemburg
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
 • Buyuk Gersog Henri (Genri)
 • Bosh Vazir Jean-Claude Juncker (Jan-Klod Yunker)
Mustaqillik   Fransiyadan
 • Sana 9-iyun 1815
Maydon  
 • Butun 2 586,4 -{km²}- (167-)
 • Suv (%) 0,00 %
Aholi  
 • 2010 roʻyxat 502 207 (168- oʻrin)
 • Zichlik 171 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2010- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ 64,306 mlrd (98-)
 • Jon boshiga AQSh$128 806
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-+1)
 • Yoz (-{DST}-)
Qisqartma -{LU}-
Internet domen -{.lu}-
Telefon prefiksi +352

Luksemburg (Luxembourg, Luxemburg), Lyuksemburg Buyuk Hersogligi (Grand-Duche de Luxembourd, Grossherzogtum Luxemburg) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Maydoni 2586 km². Aholisi 443 ming kishi (2001). Poytaxti — Lyuksemburg shahri Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga, okruglar kantonlarga, kantonlar kommu-nalarga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[править | править код]

L. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1868 yil 17 okt.da kuchga kirgan, unga 1919, 1948 va 1956 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Hersog (2000 yildan Anri). Qonun chiqa-ruvchi hokimiyat — Deputatlar palatasi (bir palatali parlament). Ijroiya hoki-miyatni Buyuk Hersog tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. L .da Davlat ken-gashi bor, uning 21 aʼzosi Buyuk Hersog tomonidan umrbod tayinlanadi.

Tabiati[править | править код]

Mamlakat hududining koʻp qismi tepaliklar uchrab turadigan 300–400 m balandlikdagi tekisliklardan iborat. Shim.da Ardenna va Reyn Slanetsli togʻlarining tarmoqlari (balandligi 400–500 m) joylashgan. Temir ruda, slanets, ohaktosh konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil, yumshoq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 0 dan 2° gacha, iyulniki 17° atro-fida. Yillik yogʻin 700–800 mm. Daryolari zich, sertarmoq, asosiy daryosi — Mozel. Tuprogi aksar qismida qoʻngʻir oʻrmon va chimli podzol tuproq. L. hududining 1/3 qismi (asosan, shim.) oʻrmon.

Aholisining 71% lyuksemburglar 29% chet elliklar (italyanlar, nemislar, fransuzlar va boshqalar). Rasmiy tillari — nemis, fransuz tillari va Luksemburg shevasi (fransik moze-lan), bu sheva 1982 yil avg .dagi qonunga binoan, milliy til maqomini olgan. Dindorlarning aksari katoliklar (95% dan ortiq), protestant, yahudiylar ham bor. Adolisining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Lyuksemburg , Esh.

Tarixi[править | править код]

Mil. boshlarida L. hududi Rim imperiyasi, milodiy 6—7-asrlarda Franklar davlati tarkibiga kirgan. 963 yildan graflik, 1354 yildan gersoglik, Luksemburg qalʼasi uning markazi boʻlgan. Oʻrta asrlarda L. hududi Ispaniyaga, soʻng Avstriya va Fransiyaga tobe boʻlgan. 1814—15 yil Vena kongressi qarori bilan rasman mustaqil davlat — L. Buyuk gersogligi tuzilgan, uni 1890 yilgacha Niderlandiya qiroli boshqargan. L.ning hozirgi chegaralari 1839 yil Belgiya-Niderlandiya shartnomasi asosida belgilangan (bu sana L. mustaqilligi yili sifatida bayram qilinadi). 1867 yil London konferensiyasida L. "abadiy betaraf" davlat deb eʼlon qilindi. 1890 yilda L. Niderlandiya boshkaruvidan qutulib, toʻla mustaqillikka erishdi. 1921 yildan Belgiya bilan iqtisodiy, jumladan, bojxona ittifoqi-da. 1- va 2-jahon urushlari vaqtida Germaniya L. betarafligini buzib, uning hududini bosib oldi. 1945 yil fev.da L. hududi Amerika-Angliya qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1948 yilda L. konstitutsiyasidan L.ning betarafligi haqidagi modda chiqarib tashlandi. L. —1945 yildan BMT aʼzosi. 1991 yil 31 dek.da OʻzR suverenitetini tan oldi va 1992 yil 10 iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 23 iyun — Buyuk Gersog tugilgan kun (1921).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[править | править код]

Koʻkatparvarlar alternativ partiyasi, 1983 yil tuzilgan; Xristian-sotsial partiya, 19-asrning 70-yillarida tashkil topgan; L. sotsialistik ishchi partiyasi, 1902 yilda asos solingan; L. demokratik partiyasi, 1946—47 yillarda vujudga kelgan; Koʻkatparvarlarning ekologik tashabbus roʻyxati partiyasi, 1989 yilda tuzilgan: L. Kommunistik partiyasi, 1921 yilda asos solingan; Demokratiya va pensiya tengligi uchun harakat qoʻmitasi, 1989 yilda tuzilgan. L. umummehnat konfederatsiyasi 1919 yilda tashkil topgan; L. xristian kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1921 yilda tuzilgan; L. kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasi, 1978 yil tashkil etilgan.

Xoʻjaligi[править | править код]

L. — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,6%, qishloq xoʻjaligi ulushi 1,4%. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: qora metalurgiya, kimyo, koʻnchilik, sement, fayans, yogochsozlik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati. Yiliga 1,4 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. L. aholi jon boshiga choʻyan va poʻlat ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Metallurgiya sanoati uchun kerakli koʻmir va koks Germaniyadan, temir rudaning koʻp qismi Fransiyadan oli-nadi. Asosiy metallurgiya k-tlari Lyuksemburg shahri va temir konlari at-rofida joylashgan. Domna shlakidan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Lyuksemburg (atroflari), Differdanj, Esh, Dyu-delanj shaharlari. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 135 ming ga ga yaqin.

Kichik-kichik dehqon xoʻjaliklari koʻp. Mexanizatsiya va rentabellik darajasi juda yuqori. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, javdar), kartoshka, sabzavot yetishtiriladi. Daryo vodiylarida bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning 50% ga yaqini oʻtloqdan iborat. Chorvachilikda jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 80% hosil qilinadi. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Chet el sayyohligi rivojlangan. L. hududidan xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtadi. Transport yoʻli uzunligi — 275 km va avtomobil yoʻllar uz. — 5 ming km. Aviatsiya transporta rivojlangan. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 90% ga yaqini chetga chiqariladi. Chetdan mashina va uskuna, mineral xom ashyo, gazlama, neft hamda oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamla-katlari. L. — Gʻarbiy Yevropaning mo-liyaviy markazlaridan biri. Bu yerda koʻpgina bank va kompaniyalarning idoralari joylashgan. Pul birligi — Luksemburg franki; Belgiya franki ham teng muomalada.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[править | править код]

L.da 6—15 yoshdagi bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangich majburiy maktabda oʻqish muddati —8—9 yil, oʻrta maktabda (pulli) —6—7 yil, zamonaviy litseyda — 6 yil, klassik litseyda — 7 yil L.da oliy oʻquv yurtlari yoʻq. 1969 yilda xorijiy un-tlarga borib oʻqishga tayyorlovchi un-t markazi ochilgan. 1973 yilda barpo etilgan Mehnat unti toʻla maxsus maʼlumot bermaydi. Mamlakatda bir necha kollej va konservatoriya bor. Ilmiy muassasalari: Tabiatshunoslar jamiyati (1872), bakteriologiya lab., tibbiy tadqiqot kolleji (1818), Buyuk Hersog instituti (tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar, tilshunoslik, adabiyot va sanʼat, ijtimoiy fanlar seksiyalari bor) va boshqa Luksemburg shahrida Milliy kutubxona (1798), Milliy muzey va rasmlar koʻrgazmasi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va tslekoʻrsatuvi. L.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Asosiylari: "Luksemburger vort", "Vua dyu Luksemburg". ("Luksemburg ovozi", nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1848 yildan), "Tageblatsaytung fir Letseburg" ("Luksemburg kundalik varaqagazetasi", nemis va fransuz tillarida chikadigan kundalik gaz., 1912 yildan), "Letseburger jurnal" ("Luksemburg gazetasi", nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1880 yildan), "Republiken lorren" ("Lotaringiya respublikachisi", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1961 yildan), "Saytung fum letseburger follek" ("Luksemburg xalqi gazetasi", nemis tilidagi kundalik gaz., 1946 yildan), "Sotsiale fortshret" ("Ijtimoiy taraqqiyot", nemis tilida 2 haftada bir marta chiqadigan jur., 1920 yildan), "Eko de l’ endyustri" ("Sanoat aks sadosi", fransuz tilidagi oylik jur., 1920 yildan), "OGB-L—aktyuel/aktyualite" (L. kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasining nemis, fransuz tillarida va Lyuksemburg shevasida chiqadigan haftanomasi, 1919 yildan). Radio — Tele Lyuksemburg xususiy kompaniyasi, 1931 yilda tuzilgan; u "Kompani lyuksemburjuaz de telediffyuzon"ning bosh kompaniyasidir.

Meʼmorligi[править | править код]

L. hududidan ibtidoiy madaniyat yodgorliklari (dolmenlar, toshdan yasalgan hashamatli maqbaralar, sopol idishlar), keltlarning badiiy hunarmandchilik buyumlari, Rim hukmronligi davriga oid hammom, qoʻshin qarorgoxlari, minoralar, qabariq tasvirlar, naqshlar topilgan. Ilk oʻrta asrlarda Vianden qalʼasining roman uslubidagi ibodatxonasi, Externax monastiri va bazilika turida Sankt-Villibrordus cherkovi qurilgan. Shu davrga mansub koʻpdankoʻp qasr va qalʼalarning harobalari, ayniqsa, Ardenna togʻi etaklarida koʻplab saqlanib qolgan. 16-asr 2-yarmidagi ayrim inshootlarda Uygʻonish davriga xos haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan belgilar (Luksemburg shahridagi ratusha, hozirgi gersog saroyi) paydo boʻldi, 17-asrda barokko uslubida Vitranj, Vils va boshqa qasrlar qurildi. 17-asr 2-yarmida qasrlarning strategik ahamiyati yoʻqolib, ular zodagonlarning xususiy qarorgoxlariga aylandi. Katta va kichik yangi qasrlar qurildi, eskilari taʼmirlandi, hashamdor qilib bezatildi. 19-asrda klassitsizm, 20-asr boshlarida eklektika yoyiddi. Zamonaviy meʼmorlik namunalaridan Radio uyi, Milliy teatr, Esh va Dyudelanj yaqinidagi turar joylarni, Mershdagi kimyo z-di binosini koʻrsatish mumkin.

Tasviriy sanʼati[править | править код]

8— 10-asrlarda miniatyura vujudga keldi. Jumladan, Externax miniatyura maktabi shuhrat qozondi. 14—16-asrlarda cherkovlar guzal rasmlar bilan bezatildi, haykaltaroshlik rivojlandi. 18-asrning 2-yarmida bezakli amaliy sanʼat (fayans, mebel, metall buyumlar yasash) ravnaq topdi. 19-asr sanʼatida (J. B. Freze, M. Kirsh kabi rassomlar asarlarida) fransuz maktabining taʼsiri seziladi. 1-jahon urushidan keyin fransuz fovizmi va nemis ekspressionizmi urf boʻldi. Mashhur moʻyqalam sohibi Y. Kutter ijodi bunga misol boʻla oladi. Uning asarlarida xoʻrlangan nochor kishilar taqdiriga achinish tuygʻusi aks etgan. Rassomlar V. Kesseler, J. Probst, M. Xofman va boshqa A. Matiss, P. Pikasso yoʻlidan bordilar, haykalta-rosh L. Verkolye abstrakt kompozitsi-yalar yaratdi.

Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari[править | править код]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari.

Luksemburg , rasman Luksemburg Buyuk Hersogligi ( luksemb. Groussherzogtum Lëtzebuerg, ингл. Grand Duchy of Luxembourg, frans. Grand-Duché de Luxembourg, nem. -{Großherzogtum Luxemburg}-) g'arbiy Yevropada joylashgan, Belgiya, Olmoniya, Fransiya davlatlari bilan chegaradosh davlat. Poytaxti va eng yirik shahri — Luksemburg shahri. 1957 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi a'zosi, 1945 yildan — BMT aʼzosi. Aholisi 1 milliondan kam davlatlardan biri (aholi zichligi 171 kishi/km²). Aholisining asosiy qismi Rim-Katoliklaridir.

Geografiya[править | править код]

Файл:Luksemburg1.jpg
Luksemburg manzaralari

Luksemburg g'arbda va shimolda Belgiya bilan, sharqda Germaniya bilan, janubda Fransiya bilan chegaradosh.

Luksemburg maydoni bo'yicha Yevropa va dunyodagi eng kichik davlatlar qatoriga kiradi — 2686 km² (maydoni Luksemburgning maydonidan kichikroq bo'lgan davlatlar karlik-davlatlar deb ataladi, ba'zida Luksemburgni ham bu ro'yhatga qo'shishadi). Luksemburgning maydoni Fransiyanikidan 213 marta, Belgiyanikidan 12 marta kichik, boshqa tarafdan Lixtenshteyn, San Marino, Andorra, Monako kabi mamlakatlardan sezilarli darajada katta.

Shimoldan janubga 82 km, g'arbdan sharqqa 57 kmga cho'zilgan Luksemburg xududlari Musel (Mozel) va Meuse (Maas, Myez) daryolari orasidan o'rin olgan. Chegara chizig'ining uzunligi 359 km.

Relyef

Adirli tekisliklar gersoglikning asosiy qismini egallaydi, shuningdek shimoliy chegalari atrofida Ardenn past tog'ligi (eng yuqori nuqtasi Kneiff balandligi — 565 m) joylashgan. Eng past nuqta Musel daryosidagi Sauer chuqurligi — 132 m. Luksemburgda Musel va uning burilishlari Sûre va Ourdan tashqari bir necha kichik (Eisch, Alzette, Pétrusse) Reyn daryosi basseyniga kiruvchi daryolar mavjud. Gersoglikning 1/5 qismi o'rmonlar bilan qoplangan.

Luksemburg mo'tadil iqlim mintaqasida joylashgan, yillik yog'inlar janubda 800mm dan shimolda 1200mm gachani tashkil qiladi; qishi yumshoq, yozda esa havo salqin bo'lib, nisbatan ko'p yog'ingachiliklar ro'y beradi.

Tarix[править | править код]

Demografiya[править | править код]

Iqtisod[править | править код]

Davlat va Siyosat[править | править код]

Maʼmuriy-hududiy bo'linishi[править | править код]

Luksemburgning administrativ-territorial bo'linishi: havorang - Dikirsh tumanining kantonlarga va kommunlarga bo'linishi; jigar rang - Grevenmaxer; yashil - Luksemburg

Luksemburg uchta tumanga bo'linadi: Diekirch (Dikirsh), Grevenmacher (Grevenmaxer) va Luxembourg. Tumanlar o'z navbatida kantonlarga (jami 12 ta), kantonlar kommunlarga (116 ta) bo'linadi.

Kommunlarning 12 tasi shahar maqomiga ega (ma'lumotlar 2005 yilga tegishli) :

  • Luxembourg City - Luksemburg siti - (maydoni 51,46 km², aholisi 76 420 kishi)
  • Differdange - Diferdenj - (22,18 km², 19 005 kishi)
  • Dudelange - Dadlenj - (21,38 km², 17 618 kishi)
  • Echternach - Ichternax - (20,49 km², 4 507 kishi)
  • Wiltz - Vilts - (19,37 km², 4 587 kishi)
  • Grevenmacher - Grevenmaxer - (16,48 km², 3 966 kishi)
  • Ettelbruck - Itelbruk - (15,18 km², 7 364 kishi)
  • Esch-sur-Alzette - Ish-sur-Alzet - (14,35 km², 28 000 kishi)
  • Diekirch - Dikirsh - (12,42 km², 6 165 kishi)
  • Vianden - Vianden - (9,67 km², 1 561 kishi)
  • Rumelange - Ryo'meleng - (6,83 km², 4 495 kishi)
  • Remich - Remish - (5,29 km², 2 986 kishi)

Hukumat[править | править код]

Luksemburgda davlat idorasining turi — Konstitutsional Rohiblik hisoblanadi. Davlat rahbari - Buyuk Gersog. Konstitutsiyaga binoan ijro etuvchi hokimiyat uning qo'l ostida faoliyat olib boradi. Shuningdek Buyuk Gersog hukumat faoliyatini tartibini aniqlashdan tashqari, qonunlarni tasdiqlaydi, fuqarolik va harbiy mansablarga tayinlaydi, xalqaro kelishuvlarni imzolaydi. Bundan tashqari u Luksemburg qurolli kuchlari yetakchisi hisoblanadi.

Qonunlar 60 kishidan iborat bir palatalik parlament deputatlari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular ommaviy, ochiq saylovlar natijasida 5 yilga saylanishadi. Saylash huquqiga 18 yoshga to'lgan fuqarolar egadir.

Sud tizimi Yarashish sudlari, Tuman sudlari, Konstitutsion sud, Administrativ sud, va Oliy suddan iborat. Asosiy huquqni himoya qilish organi bu Luksemburg Buyuk Gersogligining Politsiyasi. Tumanlarda rahbarlikni komissarlar, kantonlarda - burgmistrlar tomonidan amalga oshiriladi. Kommunlarda esa saylanadigan Kengash mahalliy hukumat hisoblanadi.

Madaniyat[править | править код]

Sport[править | править код]

Turizm[править | править код]

Havolalar[править | править код]



Manbalar[править | править код]