Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi

Материал из УзЭнц
(перенаправлено с «MDH»)
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi

MDH Bayrogʻi

MDH Emblemasi
MDH xaritasi. Privedeni zayavlennie granitsi stran-chlenov ООН.
  MDH a'zolari
  MDH assotsiatsiya a'zosi
  MDHni tark etgan davlatlar
  MDH de-yure a'zosi emas, MDH de-fakto a'zosi
  Kuzatuvchi sifatida MDHning ayrim tuzilishlarida qatnashuvchi davlat
Shtab kvartirasi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Belarus, Minsk

Rossiya bayrogʻi Rossiya , Moskva

Suhbatlashish tili Rus tili
Ijro etuvchi kotib Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Sergey Lebedev
Majlis oʻtkazuvchi mamlakat Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Rossiya Federatsiyasi
Maʼlumoti 1991-yil 8-dekabr
Aholi 279.506.000 odam. (2012)
Rasmiy sayti http://cis.minsk.by

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH, рус. Содру́жество незави́симых госуда́рств (СНГ)) — davlatlararo tashkilot.

1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi.

1991 yil 21 dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar.

1993 yil MDHga Gruziya qoʻshildi. 1993 yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriqlashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi.

MDHda haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin.

Tashkilot organlari[править | править код]

MDHning quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliqlari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi Sankt-Peterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqalar.

MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi-maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2 marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.

MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichma-bosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan tashqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning koʻpi bajarilmadi. Hozir MDHga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 million kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 million iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.

MDH doirasida Oʻzbekiston faoliyati[править | править код]

Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.[1]

2019-yil martida Oʻzbekiston cheklangan miqdorda badal toʻlash sharti bilan MDH parlamentlararo Assambleyasiga aʻzo boʻldi.[2]

MDHning 20 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi

Aʼzolar[править | править код]

Bu tashkilotga 11 davlat aʼzodir:

Davlat Imzoladi
Armaniston 21-dekabr 1991
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 21-dekabr 1991
Belorussiya bayrogʻi Belarus 8-dekabr 1991
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 21-dekabr 1991
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 21-dekabr 1991
Moldova bayrogʻi Moldova 21-dekabr 1991
Rossiya bayrogʻi Rossiya 8-dekabr 1991
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 21-dekabr 1991
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 21-dekabr 1991
Ukraina bayrogʻi Ukraina 8-dekabr 1991
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 21-dekabr 1991

Shuningdek dunyoning boshqa mamlakatlari, jumladan:

2008-yili MDH tarkibiga kirish hoxishini bildirdi, MDHning „Parlamentlararo Assambleya“sida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.

Oʻzining MDH tarkibiga kirishini xohlayotgan qator tan olinmagan davlatlar, avtonom rayonlar va BMT aʼzolari bildirishgan. Ushbu davlatlar bilan MDH kelishuvni amalga oshirmagan. Bular:

Tarixi[править | править код]

1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Viskuli (Belovej pushchasi)da SSSRning tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdi. Shu bilan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) tashkil topdi. MDH ga asta-sekin 12 respublika aʼzo boʻLib kirdi. Boltiqboʻyi davlatlari bundan mustasno. Har bir respublikaga oʻz hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari koʻrsatkichi nasib etdi.

1985—1988-yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon boʻla boshladi. Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan, keyinchalik respublikalarni xoʻjalik hisobiga oʻtkazish va, nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar. 1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomoni dan saylangan Baltika assambleyasi bu respublikalarning SSSR tarkibida boʻlishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bayon qildi.

MDHning barcha sammitlari[править | править код]

  • 12.1991-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Almati
  • 10.1992-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Bishkek
  • 04.1993-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Minsk
  • 10.1994-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Moskva
  • 05.1995-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Minsk
  • 05.1996-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Moskva
  • 01.1997-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Moskva
  • 04.1998-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Moskva
  • 04.1999-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Moskva
  • 06.2000-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Moskva
  • 10.2001-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Moskva
  • 10.2002-yil Moldova bayrogʻi Kishinyov
  • 09.2003-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Yalta
  • 09.2009-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Astana
  • 08.2005-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Qozon
  • 10.2006-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Minsk
  • 10.2007-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Dushanbe
  • 10.2008-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Bishkek
  • 10.2009-yil Moldova bayrogʻi Kishinyov
  • 05.2010-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Moskva
  • 09.2011-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Dushanbe
  • 05.2012-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Moskva
  • 12.2012-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Ashxobod
  • 09.2013-yil Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Minsk

MDHning barcha aʼzolari (alfavit boʻyicha)[править | править код]

Manbalar[править | править код]

  1. Sayfiddin Joʻrayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Oʻzbekiston MDH Parlamentlararo assambleyasiga qoʻshildi, [1]

Adabiyot[править | править код]

  • Oʻzbekistonda politologiya [2001 yil 18 oktabrda Toshkent shahrida oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari], T., 2002;
  • Neshatayeva T. N., Mejdunarodnie organizatsii i pravo. Novie tendensii v mejdunarodno-pravovom regulirovanii, M., 1999.

Havolalar[править | править код]