Malayziya tili

Материал из УзЭнц
Malayziya tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Malayziya tili — avstronez tillari oilasiga mansub, Malakka ya. o. va unga yaqin orollarda, Shim. Kalimantanda tarqalgan. Malayziya Federatsiyasining rasmiy tili hisoblangan, 10 mln.dan ziyod kishi soʻzlashuvchi til; 1969 yilgacha u bilan birga "malayya tili" termini ham qoʻllangan. Malayziya tili Malakka ya. o.dagi malay lahjalari, xususan, joxor lahjasi asosida rivojlanib kelmoqda. Bu laxja baʼzi tovushlari, fo-netik uzgarishlari va grammatik belgilari bilan adabiy tildan farq qiladi. Adabiy tilda bogʻlovchi va old koʻmakchilar miqdorining koʻpayishi, murakkab sintaktik tuzilmalarning rivojlanishi kuzatiladi; barcha sathlarda (terminologiya, soʻz yasalishi, sintaktik qoliplar va boshqalar) indonez tilining taʼsiri seziladi. Lugʻat tarkibida arab va ingliz tillaridan oʻzlashmalar anchagina, terminlarning aksariyati inglizcha birikmalar qoli-pi asosida yaratilmoqda. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil