Maxash Bolmahambetov

Материал из УзЭнц
Maxash Bolmahambetov
Tugʻilgan sanasi 1914
Tugʻilgan joyi Qoraoʻzak tumani
Vafot sanasi 29-sentabr 1977
Vafot joyi Nukus
Xizmatdagi yillari 1943 — 1945
Unvoni Gvardiyachi Serjant
Harbiy qism 2-rotasining boʻlinma komandiri
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
[[commons:Category:Ошибка Lua: callParserFunction: function "#property" was not found.|Maxash Bolmahambetov]] Vikiomborda

Maxash Bolmahambetov (1914—1977, Nukus) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi serjant. Dasht fronti 7-armiyasining 73-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi alohida oʻqchi bataloni 2-rotasining boʻlinma komandiri. Bolmahambetov 1943 yil 9 sentabrda oʻz boʻlinmasi bilan batalonda birinchilardan boʻlib Dnepr boʻyidagi Borodayevka qishlogʻiga yorib kirib, tungi hujum vaqtidagi nayzabozlik jangida koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944). Dushmanning bir nechta oʻt ochish nuqtasini portlatgan. Urushdan keyin Nukus shaharda yashagan.[1][2]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Балмагамбетов Махаш warheroes.ru (23 Fevral 2018) (Rus)