Mehmonxona — turar joylarda mehmon uchun moʻljallab alohida qurilgan katta xona.

Oʻrta Osiyo xalqlarida mehmonxona qadimdan mavjud boʻlib, odatda, tashqi hovlida eng qulay joyda 2 xona (dahliz hamda ichkixona) qilib qurilgan. mehmonxona hovli va uy mujassamotining asosiy va muhim oʻrnini egallagan, boshqa xonalarga nisbatan keng, baland, hashamatli qilib qurilgan, boʻyama va oʻyma naqshlar bilan serhasham bezatilgan.

Har bir viloyatning mehmonxonalari oʻziga xos tuzilishga ega boʻlib, taxmon va tokchalar ishlangan. Palak, gulkoʻrpa, choyshab, zardevor, gilam va boshqa mehmon kutish uchun kerakli boʻlgan buyumlar bilan jihozlangan (yana qarang Ahmad-bekhoji mehmonxonasi, Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat muzeyi va boshqalar).