Moldavan tili

Материал из УзЭнц
Moldavan tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Moldavan tili — roman tillaridan biri, Moldaviya Respublikasida va unga qoʻshni davlatlarda tarqalgan; 3 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Shevalari shim.-gʻarbiy, shim.-sharqiy, markaziy va jan.-gʻarbiy guruxdarga ajratiladi. Moldavan tili rumin tiliga yaqin boʻlib, grammatik xususiyatlariga koʻra, bir-biriga oʻxshaydi; faqat adabiy meʼyor sohasida, xususan, fonetikada (talaffuz jonli tilga yaqin) va leksikada (rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp) baʼzi tafovutlar kuzatiladi. Moldavan tilida 4 artikl, lablanmagan unlilardan I, E, diftonglar, 2 ta grammatik jins kategoriyasi mavjud. Adabiy Moldavan tilining shakllanishi 16— 17-asrlarda boshlanib, 19-asrning 2-yarmida nihoyasiga yetgan. Yozuvi 19-asrgacha slavyan alifbosi (kirillitsa), 19-asrdan rus alifbosi asosida (1932—39 ylarda lotin grafikasi amshvda boʻlgan). 1989 yilda lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtish haqida qaror qabul qilingan.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil