Muin xalfa bobo maqbarasi

Материал из УзЭнц
Muin xalfa bobo maqbarasi

Muin xalfa bobo maqbarasiToshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr). Samarqandlik xalfa (quruvchi, usta) Muin oʻzi uchun qurdirgan. Makbara peshtoq gumbazli, bir xonali. Umumiy tarhi 5,48×6,16 m, goʻrxona murabba tarhli (3,05×3,05 m). Unda Muin buva va oʻgʻli Umarxon sagʻanasi saqlangan. Xonaga yorugʻlik gʻarbiy devoridagi panjara bilan bezatilgan tobadondan tushadi. Qurilishida silliqlangan pishiqgʻisht (24×25×3,5 sm) dan foydalanilgan.

Adabiyot[править | править код]

  • Булатова В., Маньковская Л. Памятники зодчества Ташкента XIV—XIX вв., T., 1983.[1]

Manbalar[править | править код]