Mulkdor

Материал из УзЭнц

Mulkdor — mulk subʼyekta; mulk obʼyektiga nisbatan egalik, foydalanish, tasarruf etish huquqiy tamo-yillari asosida mustahkamlangan huquqlarga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Oʻzbekistonda M.lar qatlamini shakllantirish mulkni davlat tasarrufidan chsharshi va xususiylashtirish jarayonlari orqali amalga oshirildi. 1991 — 94 yillarda kichik xususiylashtirish deb atalgan iqtisodiy islohotlarning 1-bosqichida aholi ixtiyorida boʻlgan davlat uy-joy fondlari tekin yoki imtiyozli tarzda xususiylashtirildi. Umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari bevosita aholiga sotildi. Aksiyadorlar jami-yatita oʻtish, fermer va dehqon xoʻjaliklar, ijara korxonalarining tuzilishi ham bu borada muhim rol oʻynadi. Mamlakatimizda oʻrta mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga alohida eʼti-bor qaratilmoqda (qarang Davlat mulki, Davlat mulkini xususiylashtirish).[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil