Mustay Karim

Материал из УзЭнц
Mustay Karim
Мостай Кәрим
Файл:Mustay Karim.jpg
Toʻliq ismi:Mustafo Safo o‘g‘li Karimov
Tavallud sanasi: 20-oktabr 1919-yil(1919-10-20)
Tavallud joyi:Klyashevo qishlog‘i, Safarov volosti, Ufa uyezdi, RSFSR
Vafot sanasi:21-sentabr 2005-yil(2005-09-21)
(85 yoshda)
Vafot joyi:Ufa, Boshqirdiston, Rossiya Federatsiyasi
Fuqarolik:SSSR SSSRRossiya Rossiya
Kasb: shoir, prozaik, dramaturg
Faoliyat:1930-2005
Yoʻnalish:Sotsialistik realizm
Janr:nazm, poema, pyesa, povest
Mukofot:Lenin mukofoti-1984SSSR Davlat mukofoti-1972K.S.Stanislavskiy nomidagi RSFSR Davlat mukofoti-1967"O‘roq va bolg‘a" medali-1979

II darajali Vatan oldidagi xizmatlari uchun ordeni-2004 III darajali Vatan oldidagi xizmatlari uchun ordeni-1995

I darajali Ulug‘ Vatan urushi ordeni II darajali Ulug‘ Vatan urushi ordeni-1945

Mehnat Qizil Bayrog‘i ordeni Mehnat Qizil Bayrog‘i ordeni Xalqlar Do‘stligi ordeni

"Iftixor belgisi" ordeni Yuksak xizmatlari uchun medal 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan G‘alaba medali 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushi G‘alabasining 20 yilligi medali

1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushi G‘alabasining 40 yilligi medali 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushi G‘alabasining 50 yilligi medali 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushi G‘alabasining 60 yilligi medali "Budapeshtning olinganligi uchun" medal

"Belgradning ozod qilinishi uchun" medal "Mehnat Faxriysi" medali SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi medali SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi medali

SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi medali Jukov Medali

Salavat Yulayev ordeni


Mustay Karim (boshq. -{Мостай Кәрим}-, asl ismi Mustafo Safo o‘g‘li Karimov, boshq. -{Мостафа Сафа улы Кәримов}-) (1919.20.10 — 2005.21.09) — boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963).

Boshqirdiston pedagogika insitutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. „Bahor sadolari“ (1940), „Mening tulporim“ (1943), „Sheʼrlar“ (1944), „Qaytish“ (1947), „Tanlangan asarlar“, „Yevropa—Osiyo“ (1954) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi.

Mustay Karimning „Toʻy davom etadi“ (1947), „Yolgʻiz qayin“ (1950), „Qiz o’gʻirlash“ (1959), „Aytilmagan qoʻshiq“ (1961), „Oy tutilgan tunda“ (1964), „Oygul vatani“ (1969) kabi pyesalari zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan boʻlib, ularda boshqird xalqining turmush tarzi o’z ifodasini topgan.

„Uzundan-uzoq bolalik“ (1974—78) avtobiografik qissasi va „Olovni tashlama, Prometey“ (1976) tragediyasi bor. Alisher Navoiy, Oybek, Hamid Olimjon, Zulfiya haqida bir qancha maqolalar yozgan. „Oy tutilgan tunda“ asari Zulfiya tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib (1972), Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Adabiyot[править | править код]

  • Oilamiz quvonchi, T., 1956; Qirgʻoqlar, Sheʼrlar, T., 1970.