Muzrob Ikromov

Материал из УзЭнц
Ikromov Muzrob Muborakxojiyevich
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Hisob palatasi raisi
2017-yildan
Prezident: Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Olimxon Rustamov
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаziri
2015-yildan — 2017-yilgacha
Prezident: Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Vorisi: Ruslanbek Davletov
 
Tavalludi: 14-sentabr 1973 (1973-09-14) (50 yosh)
Toshkent

Ikromov Muzrob Muborakxojiyevich — O’zbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаziri (2015-2017)[1], Oʻzbekiston Hisob palatasi raisi (2017-yildan).

Biografiya[править | править код]

1973-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tug’ilgan. Ma'lumoti - oliy, huquqshunos. 1995-yil Toshkent yuridik institutini, 2007-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 1995-1997 - Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo’yicha qonunchilik va me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi 1997-2003 - Adliya vazirligi idoraviy me'yoriy hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish boshqarmasi bo’lim boshlig’i, boshqarma boshlig’i, Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi, 2003-2008 - Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig’i – vazirlik huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta'minlash markazi rahbari, 2008-2012 - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi huquqiy ekspertiza bo’limi mudiri, 2012-2013 - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish bo’yicha sho'ba mudiri. 2013-2015 - O’zbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаzirining o’rinbosari, birinchi o’rinbosari. 2015-2017 - O’zbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаziri. 2017-yildan - Oʻzbekiston hisob palatasi raisi.

Manbalar[править | править код]