Oʻgʻuz tili

Материал из УзЭнц
Oʻgʻuz tili
Milliy nomi: -{{{{milliy nom}}}}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar: Orololdi, shimoliy Kaspiyoldi, Sirdaryo etaklari
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy oilasi
Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Oʻgʻuz tili — turkiy tillar oilasining oʻgʻuz tillari guruhiga mansub oʻlik til; 10—11-asrlarda mavjud boʻlgan oʻgʻuz (oʻgʻuz, toʻqqiz oʻgʻuz, oʻn oʻgʻuz) qabilalarining ogʻzaki soʻzlashuv tili. Oʻgʻuz tili haqidagi dastlabki maʼlumotlar Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida uchraydi. Jamoliddin ibn Muhannaning "Hilyat ulinson va xalibat ullison" ("Inson ziynati va til jozibasi", 13-asr oxiri) asarida ham Oʻgʻuz tili xususiyatlari boshqa turkiy tillarga qiyoslab izohlanadi. Bu davrdagi Oʻgʻuz tili oʻz fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga koʻra qipchoq tillariga ancha yaqin, chunki qadimda qipchoq va oʻgʻuz tillari bitta — qipchoqoʻgʻuz tilidan paydo boʻlgan.

10—11-asrlarda Oʻgʻuz tili keyinchalik 3 tar5"oqqa ajralib rivojlangan oʻgʻuzlar uchun asos til (bobo til) boʻlib qolgan: sharqiy (yoki asosiy) tarmoq oʻgʻuzlarida oxirgi davrlarda turkman va truxmen tillari; shim. tarmoq oʻgʻuzlarida ilk davrlarda qadimiy oʻz va bijanak tillari, keyingi davrda gagauz tili; jan. tarmoq oʻgʻuzlarida ilk davrlarda eski ozarbayjon, eski usmonli turk tillari, keyinchalik ozarbayjon, turk tillari, qrimtatar tilining jan. lahjasi paydo boʻlgan. Oʻzbek tilining oʻgʻuz lahjasi doirasidagi shevalar ham genetik jihatdan Oʻgʻuz tiliga borib taqaladi.

Oʻgʻuz tili — hozirda oʻgʻuzlarning oʻlik tili. Turkiy tillarga mansub. Orololdi, shimoliy Kaspiyoldi pasttekisligi mintaqalarida, Sirdaryo etaklarida tarqalgan boʻlgan. XIX asrlarda Oʻgʻuz davlatida muloqot tili hisoblangan; keyinchalik turk, ozarbayjon, turkman va boshqa ayrim tillar asosiga kirgan.

Oʻgʻuzlar oʻz davlatchiligiga ega boʻlganlar, oʻgʻuz tili esa, Gʻaznaviylar davlati va Saljuklar sultonligida rasmiy til sifatida xizmat qilgan.

Shuningdek qarang[править | править код]