Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi

Материал из УзЭнц


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi
JoylashuviToshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani, Intizor ko‘chasi, 46-uy
BoshliqBahodir Matlyubov
Vebsaytiakadmvd.uz

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi Markaziy Osiyoda huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha eng yirik oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Akademiyaning faoliyati Ustav asosida amalga oshiriladi[1].

Tarixi[править | править код]

1932-yilda tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-sentabrdagi 447-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining 1994-yil 20-oktyabrdagi 264-sonli buyrug‘i asosida qayta tashkil etilgan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi tizimiga kiradi. Akademiya oliy taʼlimning asosiy va qo‘shimcha kasbiy o‘quv dasturlari asosida taʼlim faoliyatini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, o‘quv-metodik, ilmiy va boshqa faoliyatlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Akademiyaning tuzilishi[править | править код]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Akademiyaning tashkiliy shtat tuzilishi tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq taʼlim muassasasi o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiradi:

  • jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilish, jinoyatchilarni qidirish va aholining xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha ichki ishlar organlari bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil qila oladigan rahbar kadrlarni tayyorlash;
  • jinoyatchilikka qarshi kurashda profilaktik, operativ, jinoyat-protsessual, ekspert va boshqa tadbirlarni mustaqil o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari ofitserlari — mutaxassislarni tayyorlash;
  • ichki ishlar organlari uchun o‘zida mutaxassis va komandir xususiyatlari hamda ixtisosligini uyg‘unlashtirgan, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika, jamoat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha tadbirlarni hayotga samarali tatbiq eta oladigan serjantlar tarkibini tayyorlash;
  • IIV xodimlarining uzluksiz taʼlimi tizimida ichki ishlar organlari ofitserlari tarkibining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
  • jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi dolzarb muammolarga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish, ilmiy-pedagogik kadrlarning kasbiy va metodik darajasini oshirish.
Akademiya tarkibida 23 ta kafedra mavjud

maʼmuriy huquq, tezkor qidiruv huquqi, kriminalistika, jinoyatlarning oldini olish, ichki ishlar idoralarida boshqaruvni tashkil etish, transportda xavfsizlikni tashkil etish, jinoyat huquqi, davlat va huquq tarixi va nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, inson huquqlari umumiy nazariyasi va amaliyoti, fuqaroviy-huquqiy fanlar, umumharbiy fanlar, jismoniy tayyorgarlik, psixologiya va kasb etikasi, informatika, hisoblash texnikasi va aloqa, tibbiy tayyorgarlik, O‘zbekiston tarixi, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa va siyosatshunoslik, iqtisodiy fanlar, malaka oshirish fakultetining maxsus fanlar va yuridik fanlar kafedralari, tillar va adabiyot kafedrasi. Shuningdek, Serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy kurslarda 4 ta sikl: maxsus fanlar, yuridik fanlar, harbiy-xizmat va jismoniy tayyorgarlik hamda gumanitar va ijtimoiy-huquqiy fanlar sikllari mavjud.

Akademiyada o‘quv-tarbiya jarayoni va xizmat olib borishni o‘quv bo‘limi, tarbiyaviy ishlar bo‘limi, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi, saf qismi va shtab tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi dolzarb masalalar loyihasi tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.

Moliyaviy-iqtisodiy va moddiy-texnik taʼminotni tegishli bo‘lim va xizmatlar amalga oshiradi.

Taʼlim muassasasi rahbarlari[править | править код]

Toshkent rahbar kadrlar militsiya maktabining rahbarlari
  • Dementev I.I. (1932-1938)
  • Kislov M.S. (1938-1945)
  • Uspenskiy S.V. (1945-1947)
  • Ismailov D.I. (1947-1951)
  • Grinenko A. (1951-1953)
Toshkent o‘rta-maxsus militsiya maktabining boshliqlari
  • Demin D.A. (1953-1960)
  • Teshabayev G.T. (1960-1963)
  • Sovetov N.I. (1963-1967)
  • Aminov A.N. (1967-1970)
  • Yusupbekov A.Yu. (1970-1972)
  • Pasitdinov N.P. (1972-1974)
  • Filyutovich Ye.N. (1974-1987)
  • Chumovatov V.I. (1988-1990)
  • Gritsenko I.E. (1990-1991)
  • Pulatov U.P. (1991-1994)
Moskva IIV oliy maktabining Toshkent sirtqi taʼlim fakulteti boshliqlari
  • Teshabayev G.T. (1958-1960)
  • Niyazov A.N. (1960-1964)
Toshkent IIV oliy maktabining boshliqlari
  • Djalilov T.A. (1964-1984)
  • Ojiganov N.I. (1984-1992)
  • Tadjixanov U.T. (1992-1994)
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshliqlari
  • Tadjixanov U.T. (1994-2004)
  • Zakirov X.A. (2004-2005)
  • Mullajanov T.A. (2006-2007)
  • Yakubov A.S. (2007-2010)
  • Ikramov Sh.T. (2011-2016)[2]

Manbalar[править | править код]