Oʻzbekiston jahon tillari universiteti

Материал из УзЭнц

Oʻzbekiston jahon tillari universiteti — filologoʻqituvchilar, lingvist, tarjimon va jurnalist kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasi. 1992 yil 15 mayda Toshkent chet tillar ped. instituti (1948) va Respublika rus tili va adabiyoti instituti negizida Toshkent shahri da tashkil etilgan. Untda 9 ft (1ingliz filologiyasi, 2ingliz filologiyasi, nemis filologiyasi, fransuz filologiyasi, ispan filologiyasi, rus filologiyasi, tarjimonlik, xalqaro jurnalistika, malaka oshirish), 51 kafedra, 16 oʻquv laboratoriya, 10 ta kompyuter sinfi, 5 instituternetsinf va biznesmaktab faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, universitet qoshida 888 oʻquvchisi boʻlgan ixtisoslashgan akad. litsey ham mavjud. Untda 7 ta ixtisoslik boʻyicha (ingliz, nemis, fransuz, ispan, rus tillari, tarjimonlik, xalqaro jurnalistika) mutaxassislar tayyorlanadi. Untda ilmiy kadrlar tayyorlash ham keng yoʻlga qoʻyilgan. Bu jarayon magistratura (lingvistika, tarjima nazariyasi va amaliyoti, xalqaro jurnalistika), aspirantura (milliy tillar, umumiy tilshunoslik, roman tillari, tarjima nazariyasi, german tillari, adabiyot nazariyasi, milliy adabiyot tarixi, hozirgi milliy adabiyot, jurnalistika, folklorshunoslik, pedagogika nazariyasi va tarixi, oʻqitish nazariyasi va metodikasi), doktorantura (qiyosiytarixiy, tipologik va chogʻishtirma tilshunoslik, tarjima nazariyasi, adabiyot nazariyasi, hozirgi milliy adabiyot) yoʻli bilan amalga oshirilmoqda. German tillari (umumiy tilshunoslik, sotsiolingvistika, psixolingvistika mutaxassisliklari) hamda oʻqitish nazariyasi va metodikasi (rus tili va adabiyoti, ingliz, fransuz, nemis tillarini oʻqitish metodikasi) boʻyicha 2 ta ixtisoslashgan kengash bor.

Untda 2004—05 oʻquv yilida 6730 talaba tahsil oldi; 582 oʻqituvchi, jumladan, 16 fan doktori va prof., 97 fan nomzodi va dotsent ishladi. Untning kichik bosmaxonasi, "Filologiya masalalari" ilmiy jur. hamda "Til va dunyo" koʻp nusxali gaz., 930 oʻrinli yotoqxonasi, 1 mln. 300 ming asarga ega boʻlgan kutubxonasi, sport majmuasi bor. universitet qoshidagi Respublika til va madaniyat markazida 20 ga yaqin til oʻrgatiladi.

Untning avvalgi va hozirgi faoliyati, ilmiy va ilmiypedagog kadrlar tayyorlashdagi yutuqlari V.V.Reshetov, Gʻ.Abdurahmonov, A. Rustamov, J. Boʻronov, D.Oʻ.Ashurova, V.A.Chinnova, E.S. Aznaurova, I.A.Abutolipov, A.A.Abduazizov, Gʻ.B.Shoumarov, G.H. Boqiyeva, Oʻ.Q.Yusupov, A.S.Sodiqov, M.M.Irisqulov, M.I.Rasulova, M.J.Jusupov, I.P.Varfolomeyev, N. O. Ortiqov, M.N. Nishonov, M. Poʻlatov, H.Gʻulomov, T.Z. Mirsoatov, K.Rahmonberdiyev, G.Sh.Abdullayeva, N.M.Qambarov, J.A.Yoqubov va boshqalar prof.oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq.

Unt jahonning yetakchi oliy oʻquv yurtlari, jumladan, AQShdagi Shim.sharqiy universitet, Germaniyadagi Rur, Berlin untlari va Gyote instituti, Misrdagi Qohira unti, Xitoydagi Pekin chet tillar unti, Yaponiyadagi Tokio unti, Fransiyadagi Strasburg jurnalistika maktabi kabi 20 dan ortiq bilim dargohlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan[1].

Manbalar[править | править код]

  1. Durdona Xudayberganova, Goʻzal Ergasheva. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000