Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

Материал из УзЭнц
O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy bo‘linish sxemasi

O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy bo‘linishi 2012 yil holatiga ko‘ra uch bosqichga ega: birinchi bosqichga 12 viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri kiradi. Viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarga va viloyat (respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlarga bo‘linadi. Toshkent shahri shahar tumanlariga bo‘linadi. Viloyat va Qoraqalpog‘iston tumanlari tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarga, shahar tipidagi posyolkalarga (shaharcha) va qishloq fuqarolar yig‘inlari (QFY)ga bo‘linadi. Shuningdek, QFYlar viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar tarkibiga, shahar posyolkalari (qo‘rg‘onlar) viloyat (respublika)ga bo‘ysunuvchi shaharlar va Toshkent shahrining ichki tumanlari tarkibiga kirishi mumkin.[1].

Birinchi tartibdagi ma’muriy-hududiy bo‘linish birliklari[править | править код]

Xaritadagi
raqami
Nomlanishi Kirill alifbosida Aholisi
(2015)[2]
ming kishi
Maydoni,
ming km²[3]
Markazi
1 Toshkent shahri Тошкент шаҳри 2371,3 0,3
14 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Қорақалпоғистон Республикаси 1763,1 165,6 Nukus
2 Andijon viloyati Андижон вилояти 2857,3 4,2 Andijon
3 Buxoro viloyati Бухоро вилояти 1785,4 39,4 Buxoro
5 Jizzax viloyati Жиззах вилояти 1250,1 20,5 Jizzax
8 Qashqadaryo viloyati Қашқадарё вилояти 2958,9 28,4 Qarshi
7 Navoiy viloyati Навоий вилояти 913,2 110,8 Navoiy
6 Namangan viloyati Наманган вилояти 2554,2 7,9 Namangan
9 Samarqand viloyati Самарқанд вилояти 3514,8 16,4 Samarqand
11 Surxondaryo viloyati Сурхондарё вилояти 2358,3 20,8 Termiz
10 Sirdaryo viloyati Сирдарё вилояти 777,1 5,1 Guliston
12 Toshkent viloyati Тошкент вилояти 2758,3 15,3 Nurafshon
4 Farg‘ona viloyati Фарғона вилояти 3444,9 6,8 Farg‘ona
13 Xorazm viloyati Хоразм вилояти 1715,6 6,3 Urganch

Quyi ma’muriy-hududiy birliklar[править | править код]

Andijon viloyati[править | править код]

Andijon viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Oltinko‘l tumani Олтинкўл тумани Oltinko‘l 11 ta shahar posyolkalari (shp), 8 ta qishloq fuqarolar yig‘ini (qfy)
2 Andijon tumani Андижон тумани Kuyganyor 18 shp, 9 qfy
3 Asaka tumani Асака тумани Asaka Asaka shahri, 4 shp, 8 qfy
4 Baliqchi tumani Балиқчи тумани Baliqchi 3 shp, 9 qfy
5 Bo‘z tumani Бўз тумани Bo‘z 3 shp, 3 qfy
6 Buloqboshi tumani Булоқбоши тумани Buloqboshi 4 shp, 5 qfy
7 Jalolquduq tumani Жалолқудуқ тумани Oxunboboyev Oxunboboyev shahri, 7 shp, 8 qfy
8 Izboskan tumani Избоскан тумани Poytug‘ Poytug‘ shahri, 4 shp, 9 qfy
9 Qo‘rg‘ontepa tumani Қўрғонтепа тумани Qo‘rg‘ontepa Qorasuv, Qo‘rg‘ontepa shaharlari, 1 shp, 5 qfy
10 Marhamat tumani Марҳамат тумани Marhamat Marhamat shahri, 10 shp, 5 qfy
11 Paxtaobod tumani Пахтаобод тумани Paxtaobod Paxtaobod shahri, 3 shp, 5 qfy
12 Ulug‘nor tumani Улуғнор тумани Oqoltin 1 shp, 4 qfy
13 Xo‘jaobod tumani Хўжаобод тумани Xo‘jaobod Xo‘jaobod shahri, 5 shp, 4 qfy
14 Shahrixon tumani Шаҳрихон тумани Shahrixon Shahrixon shahri, 3 shp, 12 qfy
Andijon shahri Андижон шаҳри
Xonobod shahri Хонобод шаҳри 1 shp, 1 qfy

Buxoro viloyati[править | править код]

Buxoro viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Olot tumani Олот тумани Olot Olot shahri, 8 shp, 10 qfy
2 Buxoro tumani Бухоро тумани Galaosiyo Galaosiyo shahri, 6 shp, 14 qfy
3 Vobkent tumani Вобкент тумани Vobkent Vobkent shahri, 3 shp, 11 qfy
4 G‘ijduvon tumani Ғиждувон тумани G‘ijduvon G‘ijduvon shahri, 14 shp, 14 qfy
5 Jondor tumani Жондор тумани Jondor 9 shp, 13 qfy
6 Kogon tumani Когон тумани Kogon 2 shp, 9 qfy
7 Qorako‘l tumani Қоракўл тумани Qorako‘l Qorako‘l shahri, 12 shp, 16 qfy
8 Qorovulbozor tumani Қоровулбозор тумани Qorovulbozor Qorovulbozor shahri, 4 qfy
9 Peshku tumani Пешку тумани Yangibozor 4 shp, 10 qfy
10 Romitan tumani Ромитан тумани Romitan Gazli va Romitan shaharlari, 3 shp, 6 qfy
11 Shofirkon tumani Шофиркон тумани Shofirkon Shofirkon shahri, 8 shp, 12 qfy
Buxoro shahri Бухоро шаҳри 2 qfy
Kogon shahri Когон шаҳри

Jizzax viloyati[править | править код]

Jizzax viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Arnasoy tumani Арансой тумани G‘oliblar 2 shp, 6 qfy
2 Baxmal tumani Бахмал тумани Usmat 7 shp, 10 qfy
3 G‘allaorol tumani Ғаллаорол тумани G‘allaorol G‘allaorol shahri, 6 shp, 14 qfy
4 Jizzax tumani Жиззах тумани Uchtepa 7 shp, 12 qfy
5 Do‘stlik tumani Дўстлик тумани [Do‘stlik]] Do‘stlik shahri, 1 shp, 7 qfy
6 Zomin tumani Зомин тумани Zomin Dashtobod shahri, 4 shp, 12 qfy
7 Zarbdor tumani Зарбдор тумани Zarbdor 4 shp, 5 qfy
8 Zafarobod tumani Зафаробод тумани Zafarobod 4 shp, 6 qfy
9 Mirzacho‘l tumani Мирзачўл тумани Gagarin Gagarin shahri, 2 shp, 6 qfy
10 Paxtakor tumani Пахтакор тумани Paxtakor Paxtakor shahri, 1 shp, 7 qfy
11 Forish tumani Фориш тумани Yangiqishloq 2 shp, 10 qfy
12 Yangiobod tumani Янгиобод тумани Balandchaqir 2 shp, 5 qfy
Jizzax shahri Жиззах шаҳри

Qashqadaryo viloyati[править | править код]

Qashqadaryo viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
3 G‘uzor tumani Ғузор тумани G‘uzor G‘uzor shahri, 5 shp, 12 qfy
2 Dehqonobod tumani Деҳқонобод тумани Karashina 3 shp, 14 qfy
4 Qamashi tumani Қамаши тумани Qamashi Qamashi shahri, 5 shp, 11 qfy
5 Qarshi tumani Қарши тумани Beshkent Beshkent shahri, 15 shp, 15 qfy
6 Koson tumani Косон тумани Koson Koson shahri, 14 shp, 9 qfy
7 Kasbi tumani Касби тумани Mug‘lon 9 shp, 10 qfy
8 Kitob tumani Китоб тумани Kitob Kitob shahri, 13 shp, 12 qfy
9 Mirishkor tumani Миришкор тумани Yangi Mirishkor 3 shp, 12 qfy
10 Muborak tumani Муборак тумани Muborak Muborak shahri, 5 shp, 4 qfy
11 Nishon tumani Нишон тумани Yangi-Nishon Tolimarjon, Yangi-Nishon shaharlari, 9 shp, 8 qfy
1 Chiroqchi tumani Чироқчи тумани Chiroqchi Chiroqchi shahri, 8 shp, 20 qfy
12 Shahrisabz tumani Шаҳрисабз тумани Shahrisabz Shahrisabz shahri, 19 shp, 12 qfy
13 Yakkabog‘ tumani Яккабоғ тумани Yakkabog‘ Yakkabog‘ shahri, 14 shp, 9 qfy
Qarshi shahri Қарши шаҳри 1 shp

Navoiy viloyati[править | править код]

Navoiy viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Konimex tumani Конимех тумани Konimex 4 shp, 7 qfy
2 Karmana tumani Кармана тумани Karmana 6 shp, 6 qfy
3 Qiziltepa tumani Қизилтепа тумани Qiziltepa Qiziltepa shahri, 12 shp, 8 qfy
5 Navbahor tumani Навбаҳор тумани Beshrabot 5 shp, 7 qfy
6 Nurota tumani Нурота тумани Nurota Nurota shahri, 5 shp, 7 qfy
7 Tomdi tumani Томди тумани Tomdibuloq 1 shp, 7 qfy
8 Uchquduq tumani Учқудуқ тумани Uchquduq Uchquduq shahri, 1 shp, 5 qfy
4 Xatirchi tumani Хатирчи тумани Yangirabot Yangirabot shahri, 11 shp, 9 qfy
Zarafshon shahri Зарафшон шаҳри 1 shp
Navoiy shahri Навоий шаҳри 1 shp

Namangan viloyati[править | править код]

Namangan viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
3 Kosonsoy tumani Косонсой тумани Kosonsoy Kosonsoy shahri, 10 shp, 7 qfy
4 Mingbuloq tumani Мингбулоқ тумани Jomasho‘y 7 shp, 7 qfy
5 Namangan tumani Наманган тумани Toshbuloq 10 shp, 12 qfy
6 Norin tumani Норин тумани Haqqulobod Haqqulobod shahri, 8 shp, 8 qfy
7 Pop tumani Поп тумани Pop Pop shahri, 15 shp, 10 qfy
8 To‘raqo‘rg‘on tumani Тўрақўрғон тумани To‘raqo‘rg‘on To‘raqo‘rg‘on shahri, 13 shp, 8 qfy
10 Uychi tumani Уйчи тумани Uychi 13 shp, 8 qfy
9 Uchqo‘rg‘on tumani Учқўрғон тумани Uchqo‘rg‘on Uchqo‘rg‘on shahri, 4 shp, 8 qfy
1 Chortoq tumani Чортоқ тумани Chortoq Chortoq shahri, 10 shp, 9 qfy
2 Chust tumani Чуст тумани Chust Chust shahri, 11 shp, 11 qfy
11 Yangiqo‘rg‘on tumani Янгиқўрғон тумани Yangiqo‘rg‘on 19 shp, 11 qfy
Namangan shahri Наманган шаҳри

Samarqand viloyati[править | править код]

Samarqand viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
8 Oqdaryo tumani Оқдарё тумани Loyish 10 shp, 6 qfy
1 Bulung‘ur tumani Булунғур тумани Bulung‘ur Bulung‘ur shahri, 3 shp, 7 qfy
3 Jomboy tumani Жомбой тумани Jomboy Jomboy shahri, 5 shp, 8 qfy
2 Ishtixon tumani Иштихон тумани Ishtixon Ishtixon shahri, 12 shp, 9 qfy
4 Kattaqo‘rg‘on tumani Каттақўрғон тумани Payshanba 8 shp, 11 qfy
5 Qo‘shrabot tumani Қўшработ тумани Qo‘shrabot 2 shp, 7 qfy
6 Narpay tumani Нарпай тумани Oqtosh Oqtosh shahri, 3 shp, 9 qfy
7 Nurobod tumani Нуробод тумани Nurobod Nurobod shahri, 1 shp, 7 qfy
10 Payariq tumani Пайариқ тумани Payariq Payariq, Chelak shaharlari, 9 shp, 11 qfy
11 Pastdarg‘om tumani Пастдарғом тумани Juma Juma shahri, 12 shp, 13 qfy
9 Paxtachi tumani Пахтачи тумани Ziyovuddin 7 shp, 8 qfy
12 Samarqand tumani Самарқанд тумани Gulobod 2 shp, 8 qfy
13 Toyloq tumani Тойлоқ тумани Toyloq 3 shp, 9 qfy
14 Urgut tumani Ургут тумани Urgut Urgut shahri, 7 shp, 12 qfy
Kattaqo‘rg‘on shahri Каттақўрғон шаҳри 1 shp
Samarqand shahri]] Самарқанд шаҳри 3 shp

Surxondaryo viloyati[править | править код]

Surxondaryo viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
9 Oltinsoy tumani Олтинсой тумани Qarluq 14 shp, 9 qfy
1 Angor tumani Ангор тумани Angor 12 shp, 7 qfy
3 Boysun tumani Бойсун тумани Boysun Boysun shahri, 5 shp, 7 qfy
4 Denov tumani Денов тумани Denov Denov shahri, 12 shp, 17 qfy
5 Jarqo‘rg‘on tumani Жарқўрғон тумани Jarqo‘rg‘on Jarqo‘rg‘on shahri, 5 shp, 7 qfy
6 Qiziriq tumani Қизириқ тумани Sariq 6 shp, 10 qfy
7 Qumqo‘rg‘on tumani Қумқўрғон тумани Qumqo‘rg‘on Qumqo‘rg‘on shahri, 11 shp, 8 qfy
8 Muzrabot tumani Музработ тумани Xalqobod 10 shp, 9 qfy
10 Sariosiyo tumani Сариосиё тумани Sariosiyo Sharg‘un shahri, 4 shp, 9 qfy
13 Termiz tumani Термиз тумани Uchqizil 9 shp, 5 qfy
14 Uzun tumani Узун тумани Uzun 9 shp, 7 qfy
11 Sherobod tumani Шеробод тумани Sherobod Sherobod shahri, 7 shp, 9 qfy
12 Sho‘rchi tumani Шўрчи тумани Sho‘rchi Sho‘rchi shahri, 10 shp, 10 qfy
Termiz shahri Термиз шаҳри

Sirdaryo viloyati[править | править код]

Sirdaryo viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Oqoltin tumani Оқолтин тумани Sardoba 3 shp, 3 qfy
2 Boyovut tumani Боёвут тумани Boyovut 4 shp, 12 qfy
3 Guliston tumani Гулистон тумани Dehqonobod 5 shp, 9 qfy
5 Mirzaobod tumani Мирзаобод тумани Navro‘z 2 shp, 9 qfy
7 Sayxunobod tumani Сайхунобод тумани Sayxun 4 shp, 7 qfy
6 Sardoba tumani Сардоба тумани Paxtaobod 1 shp, 6 qfy
8 Sirdaryo tumani Сирдарё тумани Sirdaryo Baxt, Sirdaryo shaharlari, 4 shp, 9 qfy
4 Xovos tumani Ховос тумани Xovos 2 shp, 11 qfy
Guliston shahri Гулистон шаҳри 3 qfy
Shirin shahri Ширин шаҳри
Yangiyer shahri Янгиер шаҳри

Toshkent viloyati[править | править код]

Toshkent viloyatining ma’muriy bo‘lnishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
7 Oqqo‘rg‘on tumani Оққўрғон тумани Oqqo‘rg‘on Oqqo‘rg‘on shahri, 2 shp, 10 qfy
6 Ohangaron tumani Оҳангарон тумани Ohangaron Ohangaron shahri, 4 shp, 8 qfy
1 Bekobod tumani Бекобод тумани Zafar 5 shp, 12 qfy
2 Bo‘stonliq tumani Бўстонлиқ тумани G‘azalkent G‘azalkent shahri, 17 shp, 18 qfy
3 Bo‘ka tumani Бўка тумани Bo‘ka Bo‘ka shahri, 8 qfy
11 Zangiota tumani Зангиота тумани Keles Keles shahri, 21 shp, 18 qfy
5 Qibray tumani Қибрай тумани Qibray 16 shp, 10 qfy
10 Quyichirchiq tumani Қуйичирчиқ тумани Do‘stobod Do‘stobod shahri, 2 shp, 9 qfy
8 Parkent tumani Паркент тумани Parkent Parkent shahri, 3 shp, 9 qfy
9 Piskent tumani Пискент тумани Piskent Piskent shahri, 2 shp, 6 qfy
12 O‘rtachirchiq tumani Ўртачирчиқ тумани To‘ytepa To‘ytepa shahri, 5 shp, 13 qfy
4 Chinoz tumani Чиноз тумани Chinoz Chinoz shahri, 9 shp, 8 qfy
14 Yuqorichirchiq tumani Юқоричирчиқ тумани Yangibozor 3 shp, 9 qfy
13 Yangiyo‘l tumani Янгийўл тумани Yangiyo‘l Yangiyo‘l shahri, 5 shp, 8 qfy
Olmaliq shahri Олмалиқ шаҳри
Angren shahri Ангрен шаҳри Yangiobod shahri, 3 shp
Bekobod shahri Бекобод шаҳри
Chirchiq shahri Чирчиқ шаҳри

Farg‘ona viloyati[править | править код]

Farg‘ona viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Oltiariq tumani Олтиариқ тумани Oltiariq Tinchlik shahri, 14 shp, 15 qfy
2 Bag‘dod tumani Бағдод тумани Bag‘dod 21 shp, 10 qfy
3 Beshariq tumani Бешариқ тумани Beshariq Beshariq shahri, 10 shp, 9 qfy
4 Buvayda tumani Бувайда тумани Ibrat 10 shp, 11 qfy
5 Dang‘ara tumani Данғара тумани Dang‘ara 9 shp, 8 qfy
9 Quva tumani Қува тумани Quva Quva shahri, 15 shp, 11 qfy
8 Qo‘shtepa tumani Қўштепа тумани Langar 14 shp, 15 qfy
10 Rishton tumani Риштон тумани Rishton Rishton shahri, 13 shp, 11 qfy
11 So‘x tumani Сўх тумани Ravon 7 shp, 4 qfy
12 Toshloq tumani Тошлоқ тумани Toshloq 10 shp, 10 qfy
14 O‘zbekiston tumani Ўзбекистон тумани Yaypan Yaypan shahri, 22 shp, 10 qfy
13 Uchko‘prik tumani Учкўприк тумани Uchko‘prik 11 shp, 9 qfy
6 Farg‘ona tumani Фарғона тумани Chimyon 21 shp, 16 qfy
7 Furqat tumani Фурқат тумани Navbahor 8 shp, 6 qfy
15 Yozyovon tumani Ёзёвон тумани Yozyovon 9 shp, 10 qfy
Qo‘qon shahri Қўқон шаҳри 1 shp
Quvasoy shahri Қувасой шаҳри 1 shp, 6 qfy
Marg‘ilon shahri Марғилон шаҳри 1 shp
Farg‘ona shahri Фарғона шаҳри

Xorazm viloyati[править | править код]

Xorazm viloyatining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Bog‘ot tumani Боғот тумани Bog‘ot 5 shp, 10 qfy
2 Gurlan tumani Гурлан тумани Gurlan 9 shp, 9 qfy
6 Qo‘shko‘pir tumani Қўшкўпир тумани Qo‘shko‘pir 6 shp, 12 qfy
8 Urganch tumani Урганч тумани Qorovul 5 shp, 10 qfy
4 Xazorasp tumani Хазорасп тумани Xazorasp Pitnak shahri, 4 shp, 11 qfy
3 Xonqa tumani Хонқа тумани Xonqa 5 shp, 10 qfy
5 Xiva tumani Хива тумани Xiva Xiva shahri, 8 shp, 9 qfy
7 Shovot tumani Шовот тумани Shovot 7 shp, 11 qfy
9 Yangiariq tumani Янгиариқ тумани Yangiariq 6 shp, 8 qfy
10 Yangibozor tumani Янгибозор тумани Yangibozor 3 shp, 8 qfy
Urganch shahri Урганч тумани

Qoraqalpog‘iston Respublikasi[править | править код]

Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy bo‘linishi
Xaritadagi
raqami
O‘zbek tilida (lot./kir.) Qoraqalpoq tilida (lot./kir.) Markazi Tarkibi[1]
1 Amudaryo tumani
Амударё тумани
Aʻmudaʻrya rayonı
Әмудәрья районы
Mang‘it Mang‘it shahri, 4 shp, 16 qfy
2 Beruniy tumani
Беруний тумани
Biruniy rayonı
Бируний районы
Beruniy Beruniy shahri, 1 shp, 13 qfy
10 Qoraoʻzak tumani
Қораўзак тумани
Qaraoʻzek rayonı
Қараөзек районы
Qorao‘zak 1 shp, 8 qfy
5 Kegeyli tumani
Кегейли тумани
Kegeyli rayonı
Кегейли районы
Kegeyli Xalqobod, 2 shp, 9 qfy
9 Qoʻngʻirot tumani
Қўнғирот тумани
Qonʻrat rayonı
Қоңрат районы
Qo‘ng‘irot Qo‘ng‘irot shahri, 5 shp, 12 qfy
8 Qanlikoʻl tumani
Қанликўл тумани
Qanʻlıkuʻl rayonı
Қаңлыкүл районы
Qanliko‘l 1 shp, 7 qfy
6 Moʻynoq tumani
Мўйноқ тумани
Moynaq rayonı
Мойнақ районы
Mo‘ynoq Mo‘ynoq shahri, 6 qfy
7 Nukus tumani
Нукус тумани
Noʻkis rayonı
Нөкис районы
Oqmang‘it 1 shp, 6 qfy
12 Taxtakoʻpir tumani
Тахтакўпир тумани
Taxtakoʻpir rayonı
Тахтакөпир районы
Taxtako‘pir 1 shp, 8 qfy
13 Toʻrtkoʻl tumani
Тўрткўл тумани
Toʻrtkuʻl rayonı
Төрткүл районы
To‘rtko‘l To‘rtko‘l shahri, 5 shp, 15 qfy
14 Xoʻjayli tumani
Хўжайли тумани
Xojeli rayonı
Хожели районы
Xo‘jayli Taxiatosh, Xo‘jayli shaharlari, 2 shp, 10 qfy
3 Chimboy tumani
Чимбой тумани
Shimbay rayonı
Чимбай районы
Chimboy Chimboy shahri, 1 shp, 11 qfy
11 Shumanay tumani
Шуманай тумани
Shomanay rayonı
Шумоной районы
Shumanay Shumanay shahri, 7 qfy
4 Ellikqal’a tumani
Элликқалъа тумани
Ellikqala rayonı
Элликқала районы
Bo‘ston Bo‘ston shahri, 1 shp, 13 qfy
Nukus shahri
Нукус шаҳри
Noʻkis qalasi
Нөкис қаласи
1 shp

Toshkent shahri[править | править код]

Toshkent shahrining tumanlari xaritasi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Tarkibi[1]
8 Olmazor tumani Олмазор тумани
1 Bektemir tumani Бектемир тумани
4 Mirobod tumani Миробод тумани
5 Mirzo Ulug‘bek tumani Мирзо Улуғбек тумани 1 shp
6 Sirg‘ali tumani Сирғали тумани
9 Uchtepa tumani Учтепа тумани
3 Yashnobod tumani (2014 yilgacha Hamza tumani) Яшнобод тумани
2 Chilonzor tumani Чилонзор тумани
7 Shayxontoxur tumani Шайхонтохур тумани
11 Yunusobod tumani Юнусобод тумани
10 Yakkasaroy tumani Яккасарой тумани

Tarixi[править | править код]

Qisqacha tarix[править | править код]

XX asr boshlarida Rossiya qaramog‘idagi O‘rta Osiyo hududlari

Oktyabr inqilobiga qadar hozirgi O‘zbekiston hududi Rossiya imperiyasining Kaspiyorti viloyati (рус. Закаспийская область), Samarqand viloyati (рус. Самаркандская область), Sirdaryo viloyati (рус. Сырдарьинская область), Farg‘ona viloyati (рус. Ферганская область)ga hamda uning vassallari hisoblangan – Buxoro amirligi va Xiva xonligiga bo‘lingan edi. 1918 yil Turkistonda sho‘ro hokimiyati o‘rnatilganidan so‘ng, hozirgi O‘zbekiston hududida (Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududlaridan tashqari) poytaxti Toshkent shahri bo‘lgan Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etildi. 1920 yilda Buxoro va Xivada sho‘ro hokimiyati o‘rnatilishi natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzildi. 1923 yil 30 oktyabrda Xorazm XSR, 1924 yil 19 sentyabrda esa Buxoro XSR xalq sovet respublikasidan, sovet sotsialistik respublikasiga o‘zgartirildi.[4].

1924 yil 16 sentyabrda Turkiston ASSR MIQning navbatdan tashqari sessiyasida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni amalga oshirish qarori qabul qilindi. Ushbu qaror doirasida SSSR tarkibida O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil etilganligi deklaratsiya qilindi. Uning tarkibiga sobiq Samarqand, Yettisuv, Farg‘ona viloyatlarining, Buxoro SSR, Xorazm SSR hududlarining ayrim qismlari qo‘shib olindi. Bu qaror 1924 yil 14 oktyabrda Ishchi va harbiy deputatlari Sho‘rosining Butunrossiya Markaziy Iroya Qo‘mitasi (BMIQ)ning рус. Всероссийский центральный исполнительный комитет Советов рабочих и солдатских депутатов (ВЦИК) 2-sessiyasida tasdiqlandi va 1925 yilning 11 mayida 12-Butunrossiya Sho‘rolar qurultoyida (рус. Всероссийский съезд Советов) qabul qilindi. Poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan O‘zbekiston SSRning tashkil topgan sanasi 1924 yilning 27 oktyabri hisoblanadi. Bundan tashqari O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi ham tuzildi[5].

1924—1938[править | править код]

O‘zbekiston SSR 1927 yilda

1925 yili O‘zbekiston SSRda oblastlar (viloyatlar)ga bo‘linish amalga oshirildi. Oblastlar uyezdlarga, uyezdlar esa volostlarga bo‘lindi. 1926 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston SSRning ma’muriy-hududiy bo‘linishi quyidagicha edi[6]:

Oblast (viloyat) Uyezdlar
Zarafshon Buxoro, G‘ijduvon, Karmana, Nurota
Qashqadaryo Behbudiy, G‘uzor, Shahrisabz
Samarqand Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Xo‘jand
Surxondaryo Boysun, Sherobod, Yurchi
Toshkent Mirzacho‘l, Toshkent
Farg‘ona Andijon, Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona, Konibodom rayoni (tumani)
Xorazm Gurlan, Yangi-Urganch, Xiva, Sho‘raxon
Tojikiston ASSR Tog‘li-Badaxshon, Garm, Dushanbe, Ko‘lob, Qo‘rg‘ontepa, Panjikent, O‘ratepa (viloyatlari)
Konimex tumani
viloyat hisobida
yo‘q

Aytish joizki, aynan o‘sha yili viloyat va uyezdlar bekor qilinib, o‘rniga 10 ta: Andijon, Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xo‘jand va Xorazm okruglari tashkil etildi. Okruglar rayonlarga (tumanlarga) bo‘lindi. 1929 yilda Tojikiston ASSR va Xo‘jand okrugi O‘zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, ular o‘rnida Tojikiston SSR tashkil etildi. Bu qaror 1929 yilning 5 dekabrida SSSR MIQ tomonidan tasdiqlangan[7]. 1930 yilda O‘zbekiston SSRning poytaxti Toshkent shahriga ko‘chirildi. Shu yili butun Sho‘ro ittifoqida bo‘lgani kabi O‘zbekiston SSRda ham barcha okruglar bekor qilindi. Ular tarkibiga kirgan rayonlar (tumanlar) esa bevosita respublikaga bo‘ysundirildi. 1931 yil O‘zbekiston SSRda 71 ta rayon [o‘z navbatida rayonlar 1494 ta qishloq sovetiga (рус. сельсовет) bo‘lingan], respublikaga bo‘ysunuvchi 9 ta shahar (bu shaharlarga yana 204 ta qishloq soveti bo‘ysungan) bo‘lgan[8]. 1935 yilda O‘zbekiston SSR rayonlarining bir qismi Qashqadaryo okrugiga birlashtirildi. 1936 yil 5 dekabrda RSFSR tarkibidan O‘zbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpog‘iston ASSR qo‘shib berildi[9].

1938—1987[править | править код]

1938 yil 1 dekabr holatiga O‘zbekiston SSR xaritasi

1938 yil 15 yanvarda O‘zbekiston SSR tarkibida Buxoro (Surxondaryo okrugi bilan birga), Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuzildi[9]. 1938 yil 1 oktyabrdagi ma‘lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston SSRning ma’muriy-hududiy bo‘linishi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lgan[10]:

Viloyat Viloyatga bo‘ysunuvchi tuman va shaharlar (sh.)
Buxoro Beshkent, Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon, G‘uzor, Dehqonobod, Kogon, Qamashi, Qorako‘l, Qarshi, Kosonsoy, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Kitob, Romitan, Sverdlov, Chiroqchi, Shofirkon, Shaxrisabz, Yakkabog‘, Buxoro sh., G‘ijduvon sh., Kogon sh., Qarshi sh., Shahrisabz sh.
Surxondaryo okrugi
Buxoro viloyati tarkibida
Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Termiz, Sherobod, Sho‘rchi, Termiz sh.
Samarqand Oqdaryo, Bulung‘ur, G‘allaorol, Jomboy, Zomin, Qoradaryo, Kattaqo‘rg‘on, Mitan, Narpay, Nurota, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtakor, Samarqand, Urgut, Forish, Xatirchi, Samarqand sh., Jizzax sh., Kattaqo‘rg‘on sh.
Toshkent Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Yuqorichirchiq, Kalinin, Mirzacho‘l, Quyichirchiq, Orjonikidze, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Xovos, Chinoz, Yangiyo‘l, Toshkent sh., Chirchiq sh., Yangiyo‘l sh.
Farg‘ona Oyim, Oltiariq, Andijon, Bag‘dod, Baliqchi, Voroshilov, Jalolquduq, Izboskan, Kaganovich, Kosonsoy, Kirov, Qo‘qon, Kuybishev, Lenin, Marg‘ilon, Marhamat, Molotov, Namangan, Norin, Pop, Paxtaobod, Stalin, Toshloq, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Farg‘ona, Xo‘jaobod, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Farg‘ona sh., Andijon sh., Qo‘qon sh., Leninsk sh., Marg‘ilon sh., Namangan sh., Chust sh.
Xorazm Gurlan, Qo‘shko‘pir, Mang‘it, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Urganch sh., Xiva sh.
Qoraqalpoq ASSR Qorao‘zak, Kegeyli, Qipchoq, Kuybishev, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Tomdi, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shabboz, To‘rtko‘l sh., Nukus sh., Xo‘jayli sh., Chimboy sh.

1941 yil 6 martda Farg‘ona viloyati tarkibidan Andijon va Namangan ajratib olindi. Buxoro viloyati tarkibidan esa Surxondaryo okrugi ajratib olinib, Surxondaryo viloyati tashkil etildi. 1943 yil 20 yanvarda Buxoro viloyatining bir qismidan Qashqadaryo viloyati tuzildi[9]. Buning natijasida 1947 yilning 1 yanvarida O‘zbekiston SSRning ma’muriy-hududiy bo‘linishi quyidagi ko‘rinishga keldi[11]:

Viloyat Viloyatga bo‘ysunuvchi tuman va shaharlar (sh.)
Andijon Oyim, Oltinko‘l, Andijon, Baliqchi, Voroshilov, Jalolquduq, Izboskan, Lenin, Marhamat, Paxtaobod, Stalin, Xoldevonbek, Xo‘jaobod, Chinobod, Andijon sh., Leninsk sh.
Buxoro Olot, Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon, Kogon, Qorako‘l, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Romitan, Sverdlov, Tomdi, Shofirkon, Buxoro sh., G‘ijduvon sh., Kogon sh.
Qashqadaryo Beshkent, G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kitob, Ko‘kbuloq, Miroqi, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qarshi sh., Shahrisabz sh.
Namangan Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Namangan sh., Chust sh.
Samarqand Oqdaryo, Bulung‘ur, G‘allaorol, Jomboy, Jizzax, Zomin, Ishtixon, Qoradaryo, Qoraqishloq, Kattaqo‘rg‘on, Komsomolskiy, Qo‘shrabot, Mitan, Narpay, Nurota, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtakor, Samarqand, Urgut, Forish, Xatirchi, Samarqand sh., Jizzax sh., Kattaqo‘rg‘on sh.
Surxondaryo Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi, Termiz sh.
Toshkent Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘ka, Yuqorichirchiq, Kalinin, Qorasuv, Mirzacho‘l, Quyichirchiq, Orjonikidze, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Sirdaryo, Toshkent, Xovos, Chinoz, Yangiyo‘l, Toshkent sh., Angren sh., Bekobod sh., Chirchiq sh., Yangiyo‘l sh.
Farg‘ona Oltiariq, Oxunboboyev, Bag‘dod, Buvayda, Vodil, Gorskiy, Kaganovich, Kirov, Qo‘qon, Quvasoy, Quva, Kuybishev, Molotov, So‘x, Toshloq, Farg‘ona, Frunze, Farg‘ona sh., Qo‘qon sh., Marg‘ilon sh.
Xorazm Gurlan, Qo‘shko‘pir, Mang‘it, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Urganch sh., Xiva sh.
Qoraqalpog‘iston ASSR Qorao‘zak, Kegeyli, Qipchoq, Kuybishev, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shabboz, To‘rtko‘l sh., Nukus sh., Xo‘jayli sh., Chimboy sh.
1950-60 yillarda O‘zbekiston SSR chegaralarining o‘zgarishi

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956 yil 13 fevraldagi Qozog‘iston SSR va O‘zbekiston SSR o‘rtasidagi chegaraning qisman o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi Qaroriga (рус. Указ Президиума ВС СССР от 13.02.1956 о частичном изменении границы между Казахской ССР и Узбекской ССР muvofiq Qozog‘iston SSRdan Mirzacho‘l (qoz. -{Мырзашөл}-) cho‘lining va Bo‘stondiq (qoz. -{Бостандық}-, hozir O‘zbekistonda – Bo‘stonliq) tumanining bir qismi O‘zbekiston SSR tarkibiga qo‘shildi. 1963 yil SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qaroriga muvofiq Chimkent (qoz. -{Шымкент}-) va Qizilo‘rda (qoz. -{Қызылорда}-) viloyatlarining 36,6 ming km² hududi O‘zbekiston SSR tarkibiga qo‘shib berildi. 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo va Namangan viloyatlari bekor qilindi. Qashqadaryo viloyatining hududlari Surxondaryo viloyati tarkibiga qo‘shildi. Namangan viloyati esa Andijon va Farg‘ona viloyatlari o‘rtasida bo‘lib berildi. 1963 yil 16 fevralda Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xo‘jaligi uchun unumlashtirilgan yerlari ajratib olinib, yangi Sirdaryo viloyati tuzildi (ma’muriy markazi avval Yangiyer bo‘lgan, 1963 yil noyabr oyida Gulistonga o‘zgartirilgan). 1964 yil 7 fevralda Qashqadaryo, 1967 yil 18 dekabrda esa Namangan viloyatlari qayta tuzildi[9]. 1971 yilning 28 iyunida Sirdaryo viloyatining uncha katta bo‘lmagan Jetisoy, Kirov va Paxtaorol tumanlari Qozog‘iston SSRning Chimkent viloyatiga qo‘shib olindi[12]. 1973 yil 29 dekabrda Sirdaryo viloyatining bir qismidan Jizzax viloyati tashkil etildi. 1982 yil 20 aprelda Buxoro va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlaridan Navoiy viloyati tashkil etildi[9]. Natijada, 1987 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston SSRning ma'muriy-hududiy bo‘linishi quyidagi ko‘rinishga keldi[13]:

Viloyat Viloyatlarga bo‘ysunuvchi tuman va shaharlar
Qoraqalpog‘iston ASSR Amudaryo, Beruniy, Bo‘zatov, Qorao‘zak, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Leninobod, Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, To‘rtko‘l sh., Nukus sh., Beruniy sh., Qo‘ng‘irot sh., Mo‘ynoq sh., Taxiatosh sh., Xo‘jayli sh., Chimboy sh.
Andijon Oltinko‘l, Andijon, Baliqchi, Bo‘z, Jalolquduq, Izboskan, Komsomolobod, Lenin, Marhamat, Moskva, Paxtaobod, Xo‘jaobod, Andijon sh., Leninsk sh., Sovetobod sh., Shahrixon sh.
Buxoro Olot, Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon, Kogon, Qorako‘l, Peshku, Romitan, Sverdlov, Shofirkon, Buxoro sh., G‘ijduvon sh., Kogon sh.
Jizzax Arnasoy, Baxmal, G‘allaorol, Jizzax, Do‘stlik, Zomin, Zarbdor, Mirzacho‘l, Oktyabrskiy, Paxtakor, Forish, Jizzax sh.
Qashqadaryo Bahoriston, G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kitob, Muborak, Nishon, Ulyanovskiy, Usmon Yusupov, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qarshi sh., Koson sh., Kitob sh, Muborak sh., Shahrisabz sh.
Navoiy Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Navoiy sh., Zarafshon sh., Uchquduq sh.
Namangan Zadaryo (Daryoorti), Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Namangan sh., Kosonsoy sh., Uchqo‘rg‘on sh., Chortoq sh., Chust sh.
Samarqand Oqdaryo, Bolshevik, Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Narpay, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Sovetobod, Urgut, Samarqand sh., Oqtosh sh., Kattaqo‘rg‘on sh., Urgut sh.
Surxondaryo Oltinsoy, Angor, Boysun, Gagarin, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Leninyo‘li, Sariosiyo, Termiz, Sherobod, Sho‘rchi, Termiz sh., Denov sh.
Sirdaryo Oqoltin, Boyovut, Voroshilov, Guliston, Ilich, Komsomol, Mehnatobod, Sirdaryo, Xovos, Guliston sh., Sirdaryo sh., Shirin sh., Yangiyer sh.
Toshkent Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, G‘alaba, Kalinin, Kommunist, Orjonikidze, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Toshkent, Chinoz, Yangiyo‘l, Olmaliq sh., Angren sh., Ohangaron sh., Bekobod sh., Narimonov sh., Chirchiq sh., Yangiobod sh., Yangiyo‘l sh.
Farg‘ona Oltiariq, Oxunboboyev, Bag‘dod, Buvayda, Kirov, Quva, Leningrad, Rishton, Toshloq, O‘zbekiston, Farg‘ona, Frunze, Yozyovon, Farg‘ona sh., Qo‘qon sh., Quva sh., Quvasoy sh., Marg‘ilon sh.
Xorazm Bog‘ot, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Urganch sh., Gurlan sh., Drujba sh., Xonqa sh., Xiva sh., Shovot sh.
Toshkent shahri Akmal Ikromov, Kirov, Kuybishev, Lenin, Oktyabrskiy, Sobir Rahimov, Sirg‘ali, Frunze, Xamza, Chilonzor

1987 yildan keyin[править | править код]

1988 yil 6 sentyabrda Jizzax va Navoiy viloyatlari bekor qilinib, Jizzax viloyati Sirdaryo, Navoiy esa, Samarqand viloyati tarkibiga qo‘shildi. 1989 yil mayida sobiq Navoiy viloyatining katta qismi Buxoro viloyatiga qo‘shildi. 1990 yil fevralda Jizzax viloyati, 1992 yil esa Navoiy viloyati qayta tiklandi[9]. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Qoraqalpog‘iston ASSR maqomi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga o‘zgartirildi. 1990 yillar boshlarida sho‘roviy ideologik nomga ega tuman va shaharlarning nomlari o‘zgartirildi. O‘zbekistondagi oxirgi (2012 yilgi holatga ko‘ra) yirik ma’muriy-hududiy o‘zgarish 1999 yilda qiligan bo‘lib, unga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Yangirabot tumani Jizzax viloyati tarkibiga qo‘shildi.

Manbalar[править | править код]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 СОАТО Система обозначений административно-территориальных образований. Узстат. Asl nusxadan arxivlandi (2012-06-26). 2014-04-18.
  2. Doimiy aholining soni (1991 — 2015 yillarda O‘zbekiston va shaharlari aholisining o‘sib borishi) // O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika boshqarmasi. Demografik ma'lumotlar
  3. ПРЕДСТАВИТЕЛЬСТВО ТОРГОВО-ПРОМЫШЛЕННОЙ ПАЛАТЫ РФ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ. Asl nusxadan arxivlandi (2012-06-26). 2012-06-21.
  4. Большая советская энциклопедия, 2-е изд, М., издательство БСЭ, 1949-1960 гг., том 44, страница 17
  5. Большая советская энциклопедия, 2-е изд., М., издательство БСЭ, 1949-1960 гг., том 29, страницы 293-294
  6. Территориальное и административное деление Союза ССР на 1-е января 1926 года. — Издательство Главного управления коммунального хозяйства НКВД, 1926. — С. 139. — 288 с. — 4000 экз.
  7. Большая советская энциклопедия. — 2-е изд. — БСЭ, 1949-1960. — Т. 41. — С. 477-478.
  8. Административно-территориальное деление Союза ССР. — "Власть Советов", 1931. — С. 152-155. — 316 с. — 8000 экз.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 Д. В. Заяц Изменение административно-территориального деления союзных республик : газета. — 2001. — № 28.
  10. СССР. Административно-территориальное деление союзных республик на 1 октября 1938 года. — "Власть Советов", 1938. — 328 с. — 50 000 экз.
  11. СССР. Административно-территориальное деление союзных республик на 1 января 1947 года. — "Известия Советов депутатов трудящихся СССР", 1947. — 488 с. — 75 000 экз.
  12. СССР. Административно-территориальное деление союзных республик на 1 июля 1971 г.. — «Известия Советов Народных Депутатов СССР», 1971. — 688 с. — 100 000 экз.
  13. СССР. Административно-территориальное деление союзных республик. — "Известия Советов Народных Депутатов СССР", 1987. — 672 с. — 103 800 экз.

Havolalar[править | править код]

Шаблон:Shoʻro Ittifoqi Jumhuriyatlari Шаблон:MDH