Osetin tili

Материал из УзЭнц
Osetin tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Osetin tili — hind-yevropa tillari oilasining eroniy tillar guruhiga mansub, asosan Shim. OsetiyaAla-niyada va Jan. Osetiya muxtor viloyatida, shuningdek, Kabarda-Balkariyada tarqalgan til. 500 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. 2 asosiy lahjasi bor: adabiy tilga asos boʻlgan iron lahjasi va digor lahjasi. Digor lahjasi Shim. Osetiyaning gʻarbida, iron lahjasi esa Shim. Osetiyaning qolgan hududlarida va Jan. Osetiyada qoʻllanadi.

Osetin tilining oʻziga xos tomoni shundaki, u ham qad. Yevropa tillari, ham Kavkaz tillari bilan uzoq yillar aloqada boʻlgan. Natijada boshqa eroniy tillardan farqli ravishda uning fonetikasida portlovchi boʻgʻiz undoshlari, morfo-logiyasida koʻp kelishikli agglyutina-tiv turlanish paydo boʻlgan.

Yozuvi 18-asr oxiridan mavjud. 1844 yilda akad. A. Shyogren kirillitsa asosida yozuv yaratgan edi. Osetin tili 1923—38 yillarda lotin grafikasidan foydalangan. 1938 yildan yozuvi rus grafikasi asosida; jan. osetinlar 1938—54 yillarda gruzin yozuvidan foydalanganlar.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil