Ozarbayjon: различия между версиями

Нет изменений в размере ,  2 года назад
м
Text replacement - "[[Fayl:" to "[[File:"
м (Text replacement - "[[Turkum" to "[[Category")
м (Text replacement - "[[Fayl:" to "[[File:")
Строка 62:
 
== Musiqasi ==
[[FaylFile:Stamps of Azerbaijan, 2011-991.jpg|thumbnail|[[Ozarbayjon Respublikasining madhiyasi]]]]
O. hududidan topilgan qoya rasmlari (miloddan avvalgi 5—3-ming yillikda yaratilgan), arxeologik materiallar bu yerda musiqaning juda ham qadimiyligini koʻrsatadi. Mehnat qoʻshiqlari, tarixiy va lirik qoʻshikdar, hazil qoʻshiqlar keng tarkalgan. Qoʻshikdar koʻpincha yakka, baʼzan guruh boʻlib ijro etiladi. Chertib chalinadigan tor, soz, ud tori, ishqab chalinadigan kamoncha, puflama tutak, bolomon, surnay, zarb berib chalinadigan nogʻora, qoʻsh nogʻora, doira kabi musiqa asboblari ozarbayjon xalqining qad. sevimli cholgʻu asboblari sanaladi. Oʻrta asrlardayoq maqomlar tad-qiq qilingan. O. maqomlari nazariyasi U. Hojibekov tomonidan yozilgan ("Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari", 1945 yilda nashr etilgan). U. Hojibekov Fuzuliy dostoni asosida "Layli va Majnun" (1908) operasini, "Arshin mol olon" (1913) komediyasini yaratdi. 1921 yilda konservatoriya, 1931 yilda birinchi notali xalq cholgʻu asboblari orke-stri tashkil qilindi. 1938 yilda simfonik orkestr tashkil topdi. 1927 yilda R. Glierning "Shohsanam" operasi sah-naga qoʻyildi. M. Magomayevning "Nargiz" (1935), U. Hojibekovning "Koʻroʻgʻli" (1937) operalari O. musiqa sanʼati rivojida muhim voqea boʻldi. Q. Qorayev, J. Hojiyev, F. Amirovning opera va simfoniyalari mashhur. Sh. Mamedova, Bulbul, R. Beybutov, P. Bulbul oʻgʻli, M. Magomayev kabi xonandalarning faoliyati diqqatga sazovor.