Panjobi

Материал из УзЭнц

Panjobi, panjob tili — hind (hind-oriy) tillaridan biri. Hindistondagi Panjob shtatining rasmiy tili; shuningdek, Pokistonning ayni nomdagi viloyatida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 90 mln. kishidan ortiq (Hindistonda 30 mln.ga yakin, Pokistonda 60 mln.dan koʻproq). Asl P. (sharqiy P.) bir qancha laxjalarga boʻlinadi; ularning asosiylari: majhi (adabiy tilga asos boʻlgan) va dogri (alohida xususiyatlarga ega boʻlib bormoqda). Unga lingvistik adabiyotlarda "lahnda (lendi)" degan umumiy nom olgan gʻarbiy panjob tillari va lah-jalari qoʻshilib ketadi.

Tuzilishiga koʻra, P. hindiy va urdu tillariga yaqin. Aslida agglyutinativ til boʻlgan P.da keyinchalik fleksiya ham rivojlangan. Leksik, grammatik jihatlari hindiy tiliga oʻxshasada, fonetik jihatdan undan keskin farq qiladi. P.da choʻziq va qisqa unlilar, oʻziga xos undosh tovushlar bor; soʻz urgʻusi kuchli. Otlar 2 jins va 6 kelishik shakllari bilan oʻzgaradi. Lugʻat tarkibining taxminan 60%ini qad. hind tiliga mansub soʻzlar tashkil etadi. Unda arab, fors, turkiy va ingliz tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

P.da yaratilgan dastlabki badiiy asarlar 12—13-a.larga taalluqli boʻlsada, u asosan 16-a.dan rivojlangan. P. Hin-distonda hindiy tili, Pokistonda urdu tili taʼsirida rivojlanmoqda. P. Hin-distonda sikxlar tomonidan 16-a.da yaratilgan gurmukhi yozuvi hamda devanagaridan, Pokistonda arab alifbosi asosidagi urdu yozuvidan foydalanadi.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil