Parfiya tili

Материал из УзЭнц
Parfiya tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Parfiya tili, parfiy tili — hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruxiga mansub ulik til. Arshakiylar sulolasi xukmronligi davrida (miloddan avvalgi 3-asr —mil 3-asr) Parfiya davlatining rasmiy tili (ilk davrlarda grek va oromiy tillari bilan birga). Arshakiylar davrigacha tarixiy Parfiya viloyatida hamda Kaspiy dengizining jan.sharkida, arshakiylar davrida esa Eron, Armaniston, Iroq va Oʻrta Osiyoda ham tarqalgan. 3—6-asrlarda sosoniylar saltanatida rasmiy til paqlaviy (oʻrta fors tili) boʻlganda ham qisman qoʻllanishda boʻlgan va asta-sekin fors tiliga aralashib singib ketgan (6-asr oxirlari). Parfiya yozuvi oromiy yozuvndan kelib chiqqan. Qad. yozma yodgorliklari — sopolaklarda saqlanib qolgan xoʻjalik hujjatlari miloddan avvalgi 1-asrga mansub.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil