Pecheneg tili

Материал из УзЭнц
Pecheneg tili
Milliy nomi: -{Peçenek}-
Mamlakatlar: Шаблон:Country data Crimea
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 xpc}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Pecheneg tili, bijanak tili — 8—11-asrlarda Volga va Ural daryolari buylari, Orol va Kaspiy dengizlari oraligʻidagi dashtlarda yashagan pecheneg (bijanak)lar tili; turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub. Fonetik xususiyatlariga koʻra qipchoq tiliga yaqin boʻlgan, yaʼni soʻz oʻrtasi va oxirida ayrim undoshlarning yum-shashi, reduksiyaga uchrashi yoki boshqa undoshlarga almashinishi; ayrim un-doshlar taʼsirida til orqa a unlisining til oldi a unlisiga aylanishi; birinchi boʻgʻinda a ning e tarzida, e ning i tarzida talaffuz etilishi va boshqa Mahmud Koshgʻariy pecheneglarni oʻgʻuz urugʻlari qatorida tilga olgan va Pecheneg tili bilan bulyur tilidat oʻxshashliklarni qayd etgan. Rus turkiyshunosi Ye.A. Baskakov Pecheneg tilini turkiy tillar oʻgʻuz guruhining oʻgʻuz-bulgʻor guruhchasiga kiritadi.

Pecheneglar ittifoqi tarqab ketgach, Pecheneg tili ham ulik tilga aylangan. Vizantiya, venger, slavyan manbalarida sakdanib qolgan pecheneg qabila va urugʻlarining nomlari, atokli ismlari, mansab, lavozim hamda joy nomlari asosida Pecheneg tilining xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin.[1]

Pecheneg tili — oʻrta aselarda sharqiy Evropada yashashgan pecheneglarning tili. Hozirgi kunda holati oʻlik tillar qatoriga kiradi.

Bu til turkiy tillarning oʻgʻuz guruhiga kirishi mumkin[2], biroq bu tilda yozilgan hujjatlarning yoʻqchiligi bois va uning „meros til“ qoldirmay yoʻqolib ketishi uning aniq klassifikatsiyasini qiyinlashtiradi.

Quyidagiga qarang[править | править код]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Baskakov, N. A. Tyurkskie yaziki, Moskva 1960, s. 126—131