Pierre de Fermat

Материал из УзЭнц

Pierre de Fermat (1601.17.8, BomondeLoman — 1665.12.1, Kastr) — fransuz matematigi. 1631 yildan Tuluzada parlament maslahatchisi. Bir necha asar muallifi boʻlib, ularning koʻpchiligi Fermat vafotidan keyin ugli tomonidan "Har xil matematik asarlar" (1679) nomi bilan nashr ettirilgan. Fermat hayotligida uning ishlari maktublari va shaxsiy aloqalari orqali boshqa olimlarga maʼlum boʻlgan.

Fermat darajalarni differensiallashning umumiy qonunini yaratdi va uni kasrli darajalarga tatbiq etdi. Koordinatalar usulini rivojlantirib, toʻgʻri chiziq va ikkinchi tartibli chiziklar tenglamalarini berdi. Hamma ikkinchi tartibli chiziklar — konus kesimli egri chiziklar ekanligini isbotlab, analitik geometriyaga asos soldi. Ekstremumlarni topish qoidasini yaratdi. Sonlar nazariyasida ikkita mashhur teorema, yaʼni Fermaning buyuk teoremasi va Fermaning kichik teoremasi Fermat nomi bilan bogʻliq. Fermat fizikada geometrik optikaga asos soldi. Differensial hisobva integral hisobsh F.ning hissasi katta.