Portugal tili
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Portugal tili | |
---|---|
Milliy nomi: | -{-{Língua portuguesa}-}- |
Mamlakatlar: | 25pxPortugaliya 25pxBraziliya 25pxAngola 25pxKabo-Verde 25pxSharqiy Timor 25pxGvineya-Bisso 25pxMakao 25pxEkvatorli Gvineya 25pxSan-Tome va Prinsipi 25pxMozambik |
Mintaqalar: | |
Rasmiylik holati: | 25pxPortugaliya 25pxBraziliya 25pxAngola 25pxKabo-Verde 25pxSharqiy Timor 25pxGvineya-Bisso 25pxMakao 25pxEkvatorli Gvineya 25pxSan-Tome va Prinsipi 25pxMozambik |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | 193 million |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | |
Indoevropa tili | |
Alifbosi: | lotin |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | pt}- |
-{ISO 639-2 | por}- |
-{ISO 639-3 | por, }- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
Portugal tili — roman tillaridan biri. Portugaliya, Braziliyada, Afrikaning bir qancha mamlakatlarida, Osiyoda Aominda va Hindistonning ayrim hududlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 190 mln. kishidan ortiqroq (jumladan, Portugaliyada 15 mln.ga yaqin, Braziliyada 160 mln. kishidan ortiq). Portugaliya, Braziliya, Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi respublikalarining rasmiy tili. Portugal tili 12— 14-asrlardajan. va shim. por-tugalgalisiy shevalarining aralashuvi natijasida shakllangan. 16-asr boshida Portugaliyaning mustamlakachilik harakatlari tufayli Braziliyaga kirib keladi va asta-sekin mahalliy indeys tillarini siqib chiqaradi. Hozirgi Portugal tilining 2 asosiy varianti — portu-galcha va brazilcha variantlari mavjud (ular, asosan, fonetika va leksika sohasida oʻzaro farqlanadi); brazilcha variantda mahalliy narsa-ashyolarni ifodalovchi indeys soʻzlari koʻplab uchraydi. Portugal tili ning afrikancha varianti esa shakllanish arafasida. Portugaliya hududida 3 ta lahja guruhi mavjud; Jan., Markaziy va Shim. Braziliyada shim. va jan. laxjalarga ajralsada, ular deyarli oʻzaro farqlanmaydi.
Portugal tilining fonetik qurilishi urgʻusiz boʻgʻinlarning , asosan, soʻz oxirida reduksiyaga uchrashi, ochiq va yopiq, shuningdek, burun unlilarining , ay-niqsa, burun diftonglarining mavjudligi bilan boshqa roman tillaridan farqlanadi. Hozirgi Portugal tilida lotincha zamon shakllaridan uzoq oʻtgan zamon (ga suf-fiksli) va shartli kelasi zamon (-re suffiksli) shakllari saqlanib qolgan.
Portugal tilidagi dastlabki adabiy yodgorlik va hujjatlar 12-asrga mansub. Hozirgi adabiy Portugal tili 16-asrda, Luish di Kamoens ijod qilgan davrda shakllangan. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.
Manbalar
- REDIRECT Template:OʻzME